Tojikiston va Afg‘onistonda ketma-ket zilzilalar kuzatildi

© AFP 2023 / FREDERICK FLORINSeysmografiya, arxivnoe foto
Seysmografiya, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2023
Obuna bo‘lish
Tojikiston va Afg‘onistonda ketma-ket zilzilalar sodir bo‘lmoqda.
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Bugun Tojikiston va Afg‘onistonda ketma-ket zilzilalar sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent vaqti bilan soat 13:20 da Tojikistonda 3,9 balli zilzila sodir bo‘ldi. Silkinish epimarkazi Toshkentdan 510 km janubi-sharqda joylashgan.
Oradan 39 daqiqa o‘tib, soat 13:59 da Afg‘onistonda 4,2 balli silkinish qayd etildi. Bu safar zilzila epimarkazi O‘zbekiston poytaxtidan 538 km janubi-sharqda joylashgan.
Yana bir zilzila soat 15:34 da Afg‘onistonda kuzatildi. 4 balli silkinish epimarkazi Toshkentdan 532 km janubi-sharqda joylashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston va Tojikistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekiston hududida ham sezilgani xabar qilingan edi. O‘zbekistonning ayrim joylarida uning kuchi 5-6 ballni tashkil etgan. Mamlakat FVV zilzila oqibatida respublika hududida hech qanday ko‘ngilsiz hodisalar kuzatilmaganini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0