Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya tanklari soni Ukrainanikidan uch baravar ko‘p bo‘ladi – Putin

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiyaning harbiy-sanoat kompleksi juda tez sur’atlarda rivojlanmoqda, dedi Putin.
TOShKENT, 26 mar — Sputnik. Rossiya tanklarining umumiy soni Ukrainadagi tanklar sonidan uch baravar ko‘p bo‘ladi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
“Rossiyaning harbiy-sanoat kompleksi juda tez sur’atlarda rivojlanmoqda - ko‘pchilik kutmagan sur’atda... Va shu vaqt ichida Rossiya sanoatining o‘zi uch baravar ko‘p, hatto uch baravardan ham ko‘proq o‘q-dorilarni ishlab chiqaradi”, - dedi Putin “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, urush olovini yoquvchilar Ukrainaga 400 dan ortiq tank jo‘natmoqchi.
“Bu vaqt ichida biz yangilarini ishlab chiqaramiz, mavjudlari ham modernizatsiya qilinadi, 1600 dan ortiq tanklar, RF tanklarining umumiy soni esa Ukraina Qurolli kuchlari tanklari sonidan uch baravar, hatto uch baravardan ham ko‘proq bo‘ladi”, - deya qo‘shimcha qildi Putin.
Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0