“Tashabbusli budjet” loyihasiga Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi

© Depositphotos.com / RawpixelProgrammist v protsesse raboti
Programmist v protsesse raboti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2023
Obuna bo‘lish
Iqtisodiyot va moliya vazirligi barcha mahallalar aholisi uchun loyihalarni amalga oshirishda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida bir qancha texnik va uslubiy yechimlar ishlab chiqmoqda.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. “Tashabbusli budjet” loyihasiga Face ID orqali ovoz berish tizimi joriy etiladi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, yirik mahallalar aholi soni yuqori bo‘lganligi sababli ovoz berishda ustunlikka ega bo‘lish holatlari mavjud.
Ovoz berishda tengsizlikka yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek, barcha mahallalar aholisi uchun loyihalarni amalga oshirishda teng imkoniyatlar yaratish maqsadida vazirlik tomonidan bir qancha texnik va uslubiy yechimlar ishlab chiqilmoqda.
Jumladan:
FACE ID yordamida identifikatsiya qilish mexanizmini joriy etish. Bunda, tasdiqlangan foydalanuvchilar tomonidan berilgan ovozlar SMS orqali berilgan 5 yoki 10 ovozga tenglashtirilish;
kam sonli aholi yashaydigan mahallalar aholisi tomonidan ilgari surilgan loyihalar uchun ko‘paytirish koeffitsiyenti joriy etish amaliyoti ko‘rib chiqiladi.
Bunda, kichik mahallalar loyihalariga katta mahallalar aholisi tashabbusi bilan teng sharoitlarda raqobatlashish imkoniyati yaratilishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, tashabbuslar uchun ovoz berishning shaffofligi va adolatliligini ta’minlashga qaratilgan boshqa takliflar ishlab chiqilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni “Tashabbusli budjet” loyihasining 1-mavsum doirasida ovoz berish jarayoni boshlandi. Avvalroq ovoz berish jarayonida ishtirok etish tartibi haqida ma’lum berilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0