Ronaldu yangi jahon rekordini o‘rnatdi

© AFP 2023 / Gerard JulienKrishtianu Ronaldu vo vremya matcha Real Madrid i RC Deportivo La Coruna, 2016 god
Krishtianu Ronaldu vo vremya matcha Real Madrid i RC Deportivo La Coruna, 2016 god - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2023
Obuna bo‘lish
Ronaldu milliy terma jamoalar safida maydonga tushish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu milliy terma jamoalarda o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha rekordi bilan faxrlanishini ma’lum qildi.
Payshanba kuni Portugaliya terma jamoasi Yevropa chempionati saralashida Lixtenshteynni 4:0 hisobida mag‘lub etdi. Ikki marta gol urgan Ronaldu milliy terma jamoalar safida maydonga tushish bo‘yicha yangi jahon rekordini o‘rnatdi (197). Avvalgi rekord quvaytlik Bader al-Mutavaga tegishli edi.
Shuningdek, 38 yoshli hujumchi hisobida milliy terma jamoa safida 120 ta gol mavjud va u bu ko‘rsatkich bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.
“Terma jamoa tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi ekanligimdan faxrlanaman”, - deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Avvalroq Ronaldu rekordlar uning faoliyatini davom ettirishi uchun eng yaxshi motivatsiya ekanligini tan olgandi.
Yangiliklar lentasi
0