Qashqadaryoda tibbiy chaqiriqlarga eshakda qatnagan hamshiraga orden berildi — foto

© Qashqadaryo viloyati hokimligiQashqadaryoda tibbiy chaqiriqlarga eshakda qatnagan hamshiraga orden berildi
Qashqadaryoda tibbiy chaqiriqlarga eshakda qatnagan hamshiraga orden berildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2023
Obuna bo‘lish
Hamshira bemor yordamga muhtoj bo‘lganida eshakda yetib boradi.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Qashqadaryoda hamshira Xolbeka Boboqulova prezident farmoniga ko‘ra II darajali “Salomatlik” ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
© Novosti KashkadariQashqadaryoda tibbiy chaqiriqlarga eshakda qatnagan hamshiraga orden berildi
Qashqadaryoda tibbiy chaqiriqlarga eshakda qatnagan hamshiraga orden berildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2023
Qashqadaryoda tibbiy chaqiriqlarga eshakda qatnagan hamshiraga orden berildi
37 yildan buyon hamshiralik faoliyatini olib borayotgan 54 yoshli Xolbeka Boboqulova bemorlarning oldiga eshakda qatnagani bilan mashhur.
Ayol Chiroqchi markazidan 30 km uzoqlikda joylashgan tog‘li Dashtqizilchorva qishlog‘ida yashaydi. Qishloq fuqarolarining uylari bir-biridan 2-3 km uzoqlikda joylashgan.
Hamshira hech qanday texnikaga ega emasligini tan oladi va shuning uchun bemor yordamga muhtoj bo‘lganida, u eshakda yetib boradi.
Ta’kidlanishicha, mas’ullar tomonidan bir necha yil avval qishloqqa mahalliy tibbiyot konteyneri ajratilgan. Hozirda Xolbeka Boboqulova mazkur konteynerdan foydalanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0