O‘zbekistondagi davlat teatrlariga kirish ikki kun bepul — tafsilotlar

© SputnikUzbekskiy natsionalniy teatr kukol
Uzbekskiy natsionalniy teatr kukol - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlarida ochiq eshiklar haftaligi o‘tkazilmoqda. Shu kunlari teatrlariga kirish mutlaqo bepul.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekistonda 27-mart kuniga qadar barcha davlat teatrlariga kirish mutlaqo bepul. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.
Jahonning 100 dan ziyod mamlakatlari 27-mart kuni xalqaro teatr kunini nishonlaydi. Shu munosabat bilan O‘zbekistondagi barcha davlat teatrlarida ochiq eshiklar haftaligi o‘tkazilmoqda.

“24–27 mart kunlari barcha davlat teatrlariga kirish mutlaqo bepul”, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakatda faoliyat ko‘rsatayotgan teatrlar soni 50 tani tashkil etmoqda. Ularda jami 9476 ta spektakl sahna yuzini ko‘rgan bo‘lsa, shundan 719 tasi bepul namoyish etilgan.
Yangiliklar lentasi
0