O‘zbekiston suv resurslarining katta qismi aprel oyida to‘planishni boshlaydi — mutaxassis

© Tabiat resurslari vazirligi O‘zbekistonning eng g‘aroyib ko‘llari
O‘zbekistonning eng g‘aroyib ko‘llari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2023
Obuna bo‘lish
Hozirda respublikada suv zaxirasi 116 mlrd m kubni tashkil etmoqda.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekiston suv resurslarining katta qismi aprel oyida to‘planishni boshlaydi. Bu haqda Toshkentda bo‘lib o‘tgan “AgroInsurance 2023” II xalqaro konferensiyasida ma’lum qilindi, deya xabar berdi Sputnik muxbiri.
Davlatlararo suv xo‘jaligini koordinatsiyalash komissiyasi Ilmiy-informatsion markazi direktor o‘rinbosari Alisher Nazariy qayd etishicha, iqlimning issiq darajaga o‘zgarishi zaxira kamayishiga va suv resurslari taqchilligiga olib keladi.

“Suv resurslarining katta qismi aprel oyida to‘planadi. Qishloq xo‘jaligida suv resurslari Sirdaryo va Amudaryo hafzalaridan, qo‘shimcha ravishda yomg‘ir va erigan muzlardan hosil bo‘ladi. 25% yomg‘irdan to‘plansa, 15% muzlarning erishiga to‘g‘ri keladi. Sug‘orish tizimida esa bug‘lanish katta o‘rin tutadi”, deydi Alisher Nazariy.

Hozirda respublikada suv zaxirasi 116 mlrd m kubni tashkil etmoqda. Orol dengiziga Tojikiston va O‘zbekiston hududidagi suvlar borib quyiladi.
Ta’kidlanishicha, suv resurslarining taqchilligi agrar sohasi taraqqiyotiga salbiy ta’sir qiladi.
Sankt-Peterburg agrar universiteti pedagogi, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Anton Lavrishevning so‘zlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi uchun 4,5 mln gektar yer maydoni ishlatilmoqda, uning 3/4 qismi sug‘oriladigan yerlarga kiradi. Qolgan qismi botqoqlar, sho‘rxok, la’lmi, tuproq yerlarni tashkil etadi.
“Yerning tuzlanishi natijasida hosildorlik 10-17% gacha pasayib ketadi. Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston hududidagi yerlar yuqori darajada tuzlanib ketgan. Qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun yaroqsiz hisoblanadi. Samarqand, Toshkent va Farg‘ona yerlari nisbatan tuzlanmagan bo‘lib, hosildorligi ancha yuqori”, dedi mutaxassis.
Yerning tuzlanish darajasini yo‘qotishda, yer maydonlarini yuvish, yer osti suvlari orqali namlatish, egat oralab va tomchilatib sug‘orish tavsiya etiladi.
“Tadqiqotlarga ko‘ra, 4 mln gektar yerdan 720 000 gektar yer maydoni eroziyaga duch keladi. Natijada hosildorlik darajasi kamayib ketadi. Buni bartaraf etishda biokimyo tadqiqotlar o‘tkazish, agrokimyo laboratoriyalarida yer sifatini tekshirish, differensial tarzda mineral o‘g‘itlardan foydalanish lozim”, deya qo‘shimcha qildi Lavrishev.
Bunda ammofos, azot, fosfor, kaliy, sulfat, diammofos kabi mineral o‘g‘itlardan foydalanish mumkin.
Mavzuga oid:
O‘zbekistonning eng g‘aroyib 10 ta ko‘li — foto.
Yangiliklar lentasi
0