https://oz.sputniknews.uz/20230325/mdh-chegarachilari-moskvada-axborot-siyosatini-muhokama-qiladi-33213804.html
MDH chegarachilari Moskvada axborot siyosatini muhokama qiladi
MDH chegarachilari Moskvada axborot siyosatini muhokama qiladi
Sputnik O‘zbekiston
Konferensiyada Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondan yetakchi mutaxassislar, ekspertlar hamda olimlar va boshqalar ishtirok etadi.
2023-03-25T15:32+0500
2023-03-25T15:32+0500
2023-03-25T15:32+0500
dunyoda
mdh
moskva
xalqaro konferensiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0c/30681882_0:257:2727:1791_1920x0_80_0_0_9bbe87d23b484344ea7beb2081413db2.jpg
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. 28-mart kuni Moskvada “MDHga a’zo davlatlarning chegara xavfsizligini ta’minlash sohasida axborot siyosatini shakllantirishga yondashuvlar to‘g‘risida”gi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasiga tayanib, Sputnik Qozog‘iston yozmoqda.Ta’kidlanishicha, forum Hamdo‘stlikning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Tashqi chegaralarda chegara xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlik dasturining qadamlaridan biridir.Konferensiyaning maqsadi MDH davlatlarida chegara xavfsizligini ta’minlash sohasida axborot siyosatini amalga oshirishga amaliy yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, konferensiya dasturi Hamdo‘stlik davlatlarining axborot siyosatining mazmun-mohiyatini muhokama qilishga bag‘ishlangan yalpi majlis, davra suhbati va tematik bo‘limlardan iborat.Konferensiyada Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondan yetakchi mutaxassislar, ekspertlar hamda olimlar va boshqalar ishtirok etadi.Manfaatdor idoralar vakillari MDH davlatlarining chegara idoralari faoliyatiga oid fotoko‘rgazma va turkum videofilmlar bilan tanishadi.Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishining yakunlari bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilinishi rejalashtirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0c/0c/30681882_0:1:2727:2046_1920x0_80_0_0_ed9f1ef23f1626c519244e32075074c2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mdh moskva xalqaro konferensiya
mdh moskva xalqaro konferensiya
MDH chegarachilari Moskvada axborot siyosatini muhokama qiladi
Konferensiyada Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondan yetakchi mutaxassislar, ekspertlar hamda olimlar va boshqalar ishtirok etadi.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. 28-mart kuni Moskvada “MDHga a’zo davlatlarning chegara xavfsizligini ta’minlash sohasida axborot siyosatini shakllantirishga yondashuvlar to‘g‘risida”gi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. Bu haqda MDH Ijroiya qo‘mitasiga tayanib, Sputnik Qozog‘iston
yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, forum Hamdo‘stlikning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Tashqi chegaralarda chegara xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha hamkorlik dasturining qadamlaridan biridir.
“Konferensiya Chegara qo‘shinlari qo‘mondonlari kengashi tomonidan tashkil etilmoqda”, - deyiladi xabarda.
Konferensiyaning maqsadi MDH davlatlarida chegara xavfsizligini ta’minlash sohasida axborot siyosatini amalga oshirishga amaliy yondashuvlarni ishlab chiqishdan iborat.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, konferensiya dasturi Hamdo‘stlik davlatlarining axborot siyosatining mazmun-mohiyatini muhokama qilishga bag‘ishlangan yalpi majlis, davra suhbati va tematik bo‘limlardan iborat.
Konferensiyada Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekistondan yetakchi mutaxassislar, ekspertlar hamda olimlar va boshqalar ishtirok etadi.
Manfaatdor idoralar vakillari MDH davlatlarining chegara idoralari faoliyatiga oid fotoko‘rgazma va turkum videofilmlar bilan tanishadi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ishining yakunlari bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilinishi rejalashtirilgan.