"S7 Airlines" aviakompaniyasi Irkutskdan Farg‘onaga parvozlarni tiklamoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishSamolet aviakompanii S7 Airlines
Samolet aviakompanii S7 Airlines  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2023
Obuna bo‘lish
​​Uzoq tanaffusdan so‘ng, 5-maydan boshlab “Irkutsk — Farg‘ona — Irkutsk” yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar tiklanadi.
TOShKENT, 25 mar — Sputnik. Rossiyaning “S7 Airlines” aviakompaniyasi Irkutskdan Farg‘onaga parvozlarni tiklamoqda. Bu haqda Uzbekistan airports xabar berdi.
​​Uzoq tanaffusdan so‘ng, 5-maydan boshlab “Irkutsk — Farg‘ona — Irkutsk” yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar tiklanadi.
Reyslar Boeing 737-800 samolyotlarida haftada bir marta — juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Bugungi kunda S7 Airlines aviakompaniyasi Toshkent, Buxoro, Samarqand, Urganch va Namangan xalqaro ayeroportlariga parvozlarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
Ma’lumot uchun, S7 Airlines Rossiyadagi eng yirik xususiy aviatashuvchi bo‘lib, 26 mamlakatning 180 dan ortiq shaharlariga yo‘lovchi tashuvlarini amalga oshiradi.
Yangiliklar lentasi
0