Zelenskiy G‘arbdan qurol yetkazib berishni keskin talab qilishga o‘tdi — jurnalist

© AP Photo / Olivier MatthysVladimir Zelenskiy vistupayet na press-konferensii na sammite YeS v Brussele v chetverg, 9-fevralya 2023 goda.
Vladimir Zelenskiy vistupayet na press-konferensii na sammite YeS v Brussele v chetverg, 9-fevralya 2023 goda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Obuna bo‘lish
Jurnalist Yevropa Ittifoqi sammitida so‘zga chiqqan Ukraina prezidenti juda keskin gapirgani uchun uning nutqi e’lon qilinmaganini aytmoqda.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Yevropa Ittifoqi sammitida Ukraina prezidenti juda keskin va emotsional tarzda gapirib, zudlik bilan qurol yetkazib berishni talab qildi. Biroq uning nutqi e’lon qilinmadi. Bu haqda RIA Novosti "Europe Diplomatic" nashri jurnalistiga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi sammitidagi muhokamalar chog‘ida Vladimir Zelenskiyga so‘z berilgan, u muzokaralarda ishtirok etgan.
Shu bilan birga, “diplomatlar bilan yaqindan tanish” jurnalistlar Zelenskiy ukrainalik harbiylar qurshovida gapirgani va uning nutqi juda emotsional bo‘lganini ma’lum qilishdi.
Uning ta’kidlashicha, agar harbiy yordam zudlik bilan yetkazilmasa, uni yetkazib beradigan "hech kim bo‘lmaydi". Ya’ni u savolni ko‘ngdalang qo‘ydi, u juda keskin, o‘ta emotsional edi, shuning uchun uning nutqi e’lon qilinmadi.

"Ehtimol, bu nutq paydo bo‘lmaydi, chunki u haqiqatan ham o‘z fikrlarini juda keskin shaklda ifodalagan, u hech qanday harakat bo‘lmasa, bu siyosiy deklaratsiyalarning barchasi foydasiz degan fikrda", - deya qo‘shimcha qildi jurnalist.

Rossiya o‘tgan yil bahorda Ukrainaga qurol yetkazib berilayotgani sababli NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov harbiy texnika bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini aytib o‘tgan edi. Diplomat aytishiga ko‘ra, AQSh va alyans mojaroda bevosita ishtirok etmoqda – nafaqat qurol yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlash bilan ham.
Rossiya o‘tgan yilning 24-fevralida Ukrainada harbiy operatsiya boshlagan edi. Rossiya rahbari Vladimir Putin uning maqsadini "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish" deb atagan. Buning uchun “Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya" qilish, Donbassdagi “tinch aholiga qarshi qonli jinoyatlar” uchun javobgar bo‘lgan barcha harbiy jinoyatchilarni javobgarlikka tortish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0