Ukrainada misli ko‘rilmagan talonchilik sodir bo‘lmoqda - Viktor Medvedchuk don bitimi haqida

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishZasedanie suda po delu V. Medvedchuka v Kiyeve
Zasedanie suda po delu V. Medvedchuka v Kiyeve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Obuna bo‘lish
Birovga — ochlik, boshqaga — o‘lim va azob uqubatlar, o‘zlariga esa — daromad. Medvedchuk "Don bitimi" haqida.
TOShKENT, 24 mar - Sputnik. Ukraina muxolifati yetakchisi Viktor Medvedchukning "Don bitimi" haqidagi maqolasi.
“G‘arb siyosatchilari Ukrainadagi jangovar harakatlar yana uzoq davom etadi deyishsa, bu shunchaki ular bundan pul topayotganini anglatadi va "qon savdogarlari" ziyofatni davom ettirishni talab qilmoqda. Ukraina qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bankrot bo‘layotgan bir paytda, G‘arb turli vositachilar orqali Ukraina donidan foyda olmoqda.
Dastlab, don bitimi Afrikaning ochlikdan azob chekayotgan mamlakatlarini qutqarish uchun mo‘ljallangan edi. Go‘yoki ularga achinayotgan aholi ko‘z yoshlari Temza yoki Potomak qirg‘oqlaridan oshib ketishi mumkindek edi. Ularning aytishicha Ukrainadagi jangovar harakatlar don savdosi imkoniyatlarini to‘xtatib, qashshoq mamlakatlarda ocharchilikni keltirib chiqarishi mumkin deyilgan edi. Shu bilan birga, G‘arbning o‘zi bu jangovar harakatlarni tugatish uchun hech narsa taklif qilmagan bo‘lsa-da, ular ochlikdan faol ravishda foyda ko‘rmoqda. Mo‘may daromad keltirsa, nega bu qonli sirkni to‘xtatish kerak?
Axir, hamma narsa "yaxshi ketmoqda": birovga — ochlik, boshqaga — o‘lim va azob uqubatlar, o‘zlariga esa — daromad. G‘allaga muhtoj bo‘lgan mamlakatlar ro‘yxati bor, ular ochlikdan azob chekmaayotgan bo‘lsa ham, Ukrainadan don sotib oluvchilar ro‘yxatida. Ukraina g‘allasi bilan savdo qiluvchi davlatlar, aniqrog‘i, don savdosi bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar ro‘yxatdan o‘tgan mamlakatlar bor.
Ajablanarlisi shundaki, bu ikki ro‘yxatdagi mamlakatlar bir-biriga mos kelmaydi. Va, albatta, savdo qiluvchilar ro‘yxatiga an’anaviy offshor kompaniyalar va boshqa past soliqli yurisdiksiyalar kiradi. Nega kambag‘al davlatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olmaydilar? Ularning ahmoqmi yoki ular Ukraina qayerda ekanini bilishmaydimi? Yo‘q, siz shunchaki Ukraina donini sotib ololmaysiz. "Don bitimi" buning uchun ixtiro qilingan emas. Afrikaning och qolgan bolalari ko‘z yoshini pesh qilib tuzilgan bitim, ularga Ukrainadan to‘g‘ridan-to‘g‘ri oziq-ovqat sotib olish imkonini bermaydi.
Bug‘doy uchun to‘lov, o‘ta arzon bozordan past narxlarda Shveysariya yoki Britaniya kabi badavlat mamlakatlardan amalga oshiriladi. Taniqli don savdogarlari bor va ajoyib holatlar mavjud. Misol uchun, don bitimi imzolanganidan so‘ng atigi 4 kun o‘tib Britaniya ofshorida ro‘yxatdan o‘tgan, nizom kapitali 100 funt va mulkdori shunchaki tasodif tufayli Ukraina fuqarosi bo‘lgan kompaniyalar ham bor. Don — kerakli joyga, pullar esa — Britaniyaga ketmoqda.
Ular Ukrainada bug‘doyni demping narxlarida - tonnasi uchun 198 dollardan (bozordagi yarim narx) sotib olishadi va uni dunyodagi eng qashshoq mamlakatlardan biri - Bangladeshga - tonnasi uchun 363 dollardan sotishadi. Oddiy sxema: ular donni kambag‘allardan olib, kambag‘allarga sotishadi va orada o‘zlari boyib ketishadi.
Endi nima uchun ba’zi mamlakatlar oziq-ovqat ta’minotini to‘ldirishga muhtoj bo‘lsada, Ukraina donini sotib olishdan bosh tortganligi ajablanarli emas. Ular moliyaviy jihatdan bunday "demping" ni ko‘tara olmadilar.
Lekin bu hammasi emas. Hatto to‘lovning minimal miqdori ham Ukrainaga qaytib kelmasligi mumkin, chunki bunday "savdogarlar" to‘lovni amalga oshirish muddati tugamasdan turib o‘z kompaniyalarini yopishga ulgurmoqdalar. Ukraina doni puli shunchaki G‘arbda yo‘qolib ketmoqda.
Qurol, moliya va gumanitar yordam yetkazib beruvchi mehribon amaki niqobi ostida Ukrainada misli ko‘rilmagan talonchilik sodir bo‘lmoqda. O‘tgan yili Ukrainaning barcha eksporti 44 milliard dollarni tashkil etdi. Ularning 20 milliardi ofshor orqali o‘tgan, ya’ni Ukraina eksportining offshorizatsiyasi - 46%.
Bu ham hali hammasi emas. Agar Ukraina g‘aznasi hamma tashqi va ichki daromadini, valyuta tushumlari va korxonalar soliqlarini yig‘ib olgan taqdirda ham — oddiy fuqaro uchun vaziyat o‘zgarmagan bo‘lardi.
Ukraina hozir topayotgan hamma narsa G‘arb nazorati ostida, birinchi navbatda, Vashingtonlik janoblar. Hamma narsa cheksiz qurol yetkazib berish bo‘yicha qarzlar uchun ketadi. O‘lchov birliklarida, kvadrat metr yoki kubometrda ifodalangan barcha yerlar - qora tuproq va oddiy hududlar - bularning barchasi endi ukrainlarga, hatto ukrain oligarxlariga yoki aslida mavjud bo‘lmagan hukumatga ham tegishli emas.
G‘alla bitimi bilan bog‘liq ushbu murakkab "sxema"larning hammasi esa - talon-taroj qilish, bugun ana shunday imkoniyatga ega bo‘lganlarning cho‘ntagini to‘ldirishga urinishdir. Chunki bu vaqtinchalik ishchilar "ertaga" kelmasligi mumkinligini tushunishadi.
Lekin ular o‘zlarining palma daraxtlari ostidagi bulutsiz kelajagi haqida noto‘g‘ri orzular qilishmoqda. Chunki ular bosh mijoz uchun shunchaki "chiqindi material"dir. Ular o‘z vazifalarini bajargan mavrlardir.
Ular qanday qilib, Ukrainada urush va vayronagarchilikni uyushtirgani, o‘z xalqini qanday talaganining barchasi haqidagi yozuvlar, dalillar va cheklar Amerika va Britaniya razvedka xizmatlarining qo‘lida. Vaqtida kelganda ular bunlay sotqinlarning har biridan qanday qilib va necha pul qoqib olish mumkinligini juda yaxshi bilishadi. Tarixda misollar juda ko‘p bunga.
Shu vaqtning o‘zida omadimiz chopdi deb quvonayotgan panlar manfaati yo‘lida tinch Ukraina fuqarolari qurbon bo‘lishda davom etmoqda. Vaholanki ular ham tinch-totuv yashashi, mehnat qilishi, o‘z bola va nabiralarni katta qilishi mumkin edi"
Yangiliklar lentasi
0