Toza ichimlik suvi tanqisligi yiliga millionlab insonlarning o‘limiga sabab bo‘lmoqda

© Depositphotos / RteeNattapongRebenok protagivayet ruki k kranu s vodoy
Rebenok protagivayet ruki k kranu s vodoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Obuna bo‘lish
Dunyoda millionlab bolalar va kattalar sovun kabi oddiy gigiyena vositasidan foydalanish ko‘nikmasiga ega emas. Qator sog‘liqni saqlash muassasalarida suv, dezinfeksiya vositalari va spirtli eritmalar yo‘q.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Dunyoda toza ichimlik suvi tanqisligi yiliga 1,4 millionga yaqin insonning o‘limiga sabab bo‘lmoqda. Bu xaqda Sog‘liqni saqlash vazirligi JSST va YuNISEF tomonidan e’lon qilingan hisobotga tayanib xabar berdi.
Qayd etilishicha, dunyo bo‘yicha 2 milliard odamning toza ichimlik suvi, 3,6 milliard kishining sanitariya-gigiyena vositalaridan foydalanish imkoniyati cheklangan. Shu ikki omil yiliga 1,4 millionga yaqin insonning o‘limiga sabab bo‘lmoqda.
Hatto millionlab bolalar va kattalar sovun kabi oddiy gigiyena vositasidan foydalanish ko‘nikmasiga ega emas. Qator sog‘liqni saqlash muassasalarida suv, dezinfeksiya vositalari va spirtli eritmalar yo‘q.
Qolaversa, mutaxassislar kanalizatsiya tarmoqlari yetishmasligi halokatli oqibatlarga sabab bo‘lishidan ogohlantirmoqda.
Qo‘shma hisobotda hukumatlarga suv va kanalizatsiya uchun davlat xarajatlarini oshirish hamda bu sohada innovatsion yechimlarni joriy etish tavsiya etilgan.
Yangiliklar lentasi
0