Toshkentda issiq suv vaqtincha o‘chiriladi — sana va manzillar

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishKran v vannoy komnate, arxivnoe foto
Kran v vannoy komnate, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Obuna bo‘lish
Issiq suv ta’minotida 27-martdan 5-aprelga qadar bir kunlik uzilishlar kuzatiladi.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Issiqlik tarmoqlarini sinovlardan o‘tkazish uchun Toshkent shahrida 1 kunga issiq suv o‘chiriladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, 27-martdan 5-aprelga qadar issiq suv ta’minotida bir kunlik uzilishlar kuzatiladi.

“Issiqlik tarmoqlaridagi nuqsonlarni aniqlash va keyingi isitish mavsumi boshlanishidan oldin ularni bartaraf etish uchun issiqlik tarmoqlarini mo‘ljallangan harorat bo‘yicha sinovdan o‘tkazish kerak”, - deyiladi xabarda.

Sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi va issiq suv yo‘llar va yo‘laklarga chiqishi mumkin.
Haydovchilar, piyodalar hamda ma’muriy va turar-joy binolarida yashovchi fuqarolardan e’tiborli va ehtiyot bo‘lishlarini so‘ralmoqda. Nosozliklar aniqlansa, (78) 129-01-85 telefon raqami orqali ma’lum qilish mumkin.
Sana va manzillar:
27 mart, 6-IM - Munis, Sariko‘l, Eski Sariko‘l, Yangizamon, Yangi Qo‘yliq, Abdurauf Fitrat, Farg‘ona yo‘li, Tolimarjon, Fayzobod, Mehrjon, Sayhun, Surxon ko‘chalari, Qo‘yliq-1-7, Qo‘yliq-Aylanma dahalari;
27 mart, 3-IM (M-1,4) - Bunyodkor shoh ko‘chasi, Navoiy, Olmazor, Beruniy, Islom Karimov, Qoratosh, Furqat, Afrosiyob, Kichik halqa yo‘li, Shifonur, Ziyo, Qoraqamish, Talabalar, Universitet, Samarqand Darvoza, Abay, Abdulla Qodiriy, Ko‘kcha Darvoza, Beshog‘och, Nurafshon, Paxtakor, Huvaydo, Gulobod ko‘chalari, Chorsu maydoni, Chorsu, Qoratosh, Olmazor, Beshog‘och, M - 10, 11, 13, 14, M-26, 27, 28, B-1, B-2, B-3, Qoraqamish 2/1 dahalari, Talabalar shaharchasi, ToshDTU hududi;
28 mart, 1-IM (M-1,4) - Mustaqillik shoh ko‘chasi, Mirzo Ulug‘bek, Buyuk ipak yo‘li, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Oqqo‘rg‘on, O‘tkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, Navnihol 3-ko‘chasi, Yassi, Qalandar, Bo‘zko‘cha, Sayram 5-tor ko‘chasi, Sayram 7-tor ko‘chasi, Chust, Katta Darxon, Katta Darxon 2-tor ko‘chasi, Geologiya, Ibrohim Mo‘minov, Niyozbek yo‘li, Kichik halqa yo‘li, Katta halqa yo‘li, Do‘rmon yo‘li, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bog‘ishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirqyigit, Tamaraxonim tor ko‘chasi, Ozodlik ko‘chalari, Yalong‘och, Toshqishloqmash, Mavlono Riyoziy, Bo‘z-1 dahalari, ToshGRES posolkasi, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent Davlat Agrar Universiteti hududi:
28 mart 8-IM - Yangi Sergeli yo‘li, Mehrigiyo, So‘g‘diyona, Qipchoq, Chinor, Davlatobod, Do‘stlik, Mirzo Tursunzoda, Jahonaro, Qo‘rg‘ontepa ko‘chalari, Sergeli 1-8A, Yo‘ldosh-1-18, M-1,2,3, Do‘stlik-1,2 dahalari;
29 mart, 7-IM - Qorasuv, Beshariq, Birlashgan, Birlashgan 2-tor ko‘chasi, Elbek, Asalobod, Quruvchilar, Uysozlar, Parkent, Cho‘lpon, Alimkent ko‘chalari, Ohangaron shossesi, Tuzel-1,2,3,4, Uysozlar-1, Asalobod-1,2, Aviasozlar shaharchasi -1,1a,2,3,4 dahalari;
30 mart, "Sanoatenergo" qozonxonasi - "Quruvchi" mavzesi;
31 mart, ToshIEM (M-5,8) - Amir Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, Navoiy, Bobur, Glinka, Afrosiyob, Qumariq, Yahyo G‘ulomov, Buyuk Turon, Istiqbol, Zarafshon, Maxtumquli, Islom Karimov, Buxoro, Istiqlol, Sodiq Azimov, Said Baraka, Matbuotchilar, Sayilgoh, Elbek, Kichik halqa yo‘li, Shahrisabz, Taras Shevchenko, Nukus, Oybek, Kichik Beshog‘och, Abdulla Qahhor, Haydar Aliyev, Oltin vodiy, Fidokor, Avliyoota, Moshtabib, Mirobod ko‘chalari, M-7, Qushbegi, Boshliq dahalari, Uchuvchilar shaharchasi;
3 aprel, 4-IM (M-0,1) -Amir Temur, Mustaqillik shoh ko‘chalari, Osiyo, Bog‘ishamol, Mingo‘rik, Minor 1-berk, Chingiz Aytmatov, Kichik halqa yo‘li, Hamid Olimjon, Shastri, Yahyo G‘ulomov, Sodiq Azimov, Abdulla Qodiriy, Bodomzor, Ko‘rgazma, Qozitarnov, Girgirtepa, Shivli, Shuhrat, Bog‘iravon, Mukarrama Turg‘unboyeva, Gulsaroy, Sebzor, Oltinsoy, Shimoliy Olmazor, Zulfiyaxonim, Labzak, Nurafshon, Qoraqamish, Qoraqamish 1-ko‘chasi, Beltepa, Forobiy, Beruniy, Muxbir, Mirzo G‘olib, Shifokorlar, Talabalar, Universitet, Shifokorlar 2-ko‘chasi, Qamarniso ko‘chalari, M-1,2,4,5,6,12,15, M-17,18 (Sebzor), Taxtapul, Qoraqamish 1/1, 1/2, 1/3, 1/4, 2/1, 2/3, 2/4,2/5, Beltepa, Ibn Sino 1,2, Jarariq, Qamarniso, Beshqo‘rg‘on-1, 2,3,4, Olimpiya dahalari, Shifokorlar shaharchasi, Talabalar shaharchasi, O‘zMU, ToshDTU hududlari, Hamid Olimjon maydoni;
3 aprel, "Vodnik" qozonxonasi - Husayn Boyqaro ko‘chasi, "Suvsoz" mavzesi doirasida;
4 aprel, 4-IM (M-4,8) - Amir Temur shoh ko‘chasi, Ahmad Donish, Yangishahar, Dexqonobod, Sohibkor, Katta halqa yo‘li, Shahriston, Uch Qahramon, Moyqo‘rg‘on, Rixsiliy, Yangi Yunusobod, Yunusota, Jumamasjid, Yunusobod dahasi 1-19 mavzelari;
4 aprel, 5-IM (M-0,4) - Zargarlik, Lutfiy, Guliston, Farhod, Kichik halqa yo‘li, Naqqoshlik, Shirin, Maqsud Shayxzoda, Al Xorazmiy, Qatortol 2-ko‘chasi, Katta Xirmontepa, Taqachi, Katta halqa yo‘li, O‘rikzor, Beshqayrag‘och, To‘qimachi, Nashriyot, Yusuf Sakkokiy, Foziltepa, ko‘chalari, Chilonzor dahasi 7, 10-26, 30, 31, G9A, 20A mavzelari, Naqqoshlik, Sharq, Guliston, Al-Xorazmiy-1,2, Beshqayrag‘och, Izza dahalari, O‘rikzor bozori doirasida;
5 aprel, 2-IM - Mirzo Ulug‘bek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Feruza, Mirishkor, Shukur Burxonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Do‘rmon yo‘li ko‘chalari, Qorasuv-1,2,3,4,6, Feruza, Bo‘z-2 dahalari;
5 aprel, ToshIEM (M-0)- Sharof Rashidov, Bobur, Shota Rustaveli, Bog‘ibo‘ston, Arnasoy, Katta Chilonzor, Afrosiyob, Fidokor, Shoxjahon, Jamshid Shoshiy, Abdulla Avloniy, Belariq, Imom at-Termiziy, O‘rikzor, Bog‘tepa 5-tor ko‘chasi, Jiydazor 1-tor ko‘chasi, Muqimiy, Yakub Kolos, Chimkent, Seul, Askiya, Cho‘ponota, Qatortol, Qatortol 1-ko‘chasi, Nurafshon, Gulxaniy, Lutfiy, Bog‘iston, Samarqand Darvoza, Do‘mbirobod, Do‘mbirobod 4-tor ko‘chasi, Serquyosh, O‘smir, Taxiatosh ko‘chalari, M-7, Oqtepa dahalari, Chilonzor dahasi 1-10, 16, E, I, S, Do‘mbirobod, Oqtepa mavzelari.
Yangiliklar lentasi
0