Shimoliy Koreya suv osti yadroviy dronni sinovdan o‘tkazdi - foto

© YonhapSevernaya Koreya provela ispitaniya yadernogo podvodnogo bespilotnika
Severnaya Koreya provela ispitaniya yadernogo podvodnogo bespilotnika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Obuna bo‘lish
KXDR yangi suv osti apparati Janubiy Koreyaning istalgan portiga va hatto AQShning Yaponiya va Guamdagi bazalariga ham zarba berishi mumkin - ekspert.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Shimoliy Koreya yangi suv osti yadro quroli tizimini sinovdan o‘tkazdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti mahalliy OAVlar xabariga asosan.
© YonhapSevernaya Koreya provela ispitaniya yadernogo podvodnogo bespilotnika
Severnaya Koreya provela ispitaniya yadernogo podvodnogo bespilotnika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Severnaya Koreya provela ispitaniya yadernogo podvodnogo bespilotnika
Gap dushman harbiy-dengiz kuchlarini yo‘q qilish va “katta radioaktiv tsunami” yaratish uchun mo‘ljallangan jangovar suv osti dronlari haqida bormoqda.
Shimoliy Koreya davlat matbuotining xabar berishicha, sinovlarni Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In boshqargan va u "dushmanlarni o‘ylamasdan amalga oshirayotgan harbiy mashg‘ulotlarni to‘xtatish haqida jiddiy ogohlantirgan”.
© YonhapSevernaya Koreya provela ispitaniya yadernogo podvodnogo bespilotnika
Severnaya Koreya provela ispitaniya yadernogo podvodnogo bespilotnika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Severnaya Koreya provela ispitaniya yadernogo podvodnogo bespilotnika
Nashrlarning ta’kidlashicha, seshanba kuni Hamgongnam-do provinsiyasining Yvon okrugi qirg‘oqlarida suv osti zarbasi beruvchi yadroviy suv osti droni sinovi bo‘lib o‘tgan. Suv osti kemasi Xonvon ko‘rfazi suvlaridagi "dushman porti" nishoniga yetgan. Uning sinov kallagi payshanba kuni tushdan keyin suv ostida portlatilgan. Dron Yapon dengizida 80 dan 150 metrgacha chuqurlikda 59 soat 12 daqiqa harakat qilgan.

Shimoliy Koreyaning yadroviy qurolga ega bo‘lgan yangi suv osti apparati Janubiy Koreyaning barcha portlariga zarba berish imkoniyatiga ega. Agar u tijorat kemalaridan suvga qo‘yib
yuborilsa, AQShning Yaponiya va Guamdagi bazalariga yetib borishi mumkin, - dedi janubiy koreyalik ekspert Kim Dong Yup RIA Novostiga.

© YonhapSevernaya Koreya provela ispitaniya yadernogo podvodnogo bespilotnika
Severnaya Koreya provela ispitaniya yadernogo podvodnogo bespilotnika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Severnaya Koreya provela ispitaniya yadernogo podvodnogo bespilotnika
Pxenyan, shuningdek, ikkita "Xvasar-1" strategik qanotli raketa va ikkita "Xvasar-2" raketasi sinovdan o‘tkazilganini tasdiqladi. Ular yadro quroliga taqlid qiluvchi kallaklar bilan jihozlangan.
© YonhapSevernaya Koreya provela ispitaniya yadernogo podvodnogo bespilotnika
Severnaya Koreya provela ispitaniya yadernogo podvodnogo bespilotnika - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Severnaya Koreya provela ispitaniya yadernogo podvodnogo bespilotnika
Yangiliklar lentasi
0