"O‘zavtosanoat" kompaniyasiga yangi rais tayinlandi

© Sputnik / Dmitriy AstaxovMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Obuna bo‘lish
Ulug‘bek Rozuqulov ilgari ham "O‘zavtosanoat" boshqaruvi raisi bo‘lgan.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Ulug‘bek Rozuqulov "O‘zavtosanoat" kompaniyasi boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Rozuqulov (1969 yilda tug‘ilgan) Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti bitiruvchisi, Rossiya Fanlar akademiyasi Iqtisodiyot instituti aspiranturasini tamomlagan, iqtisod fanlari nomzodi.
U bu lavozimga tayinlangunga qadar 2018-yildan O‘zbekistonning Indoneziyadagi, 2019-yilning oktabr oyidan esa Vyetnamdagi elchisi bo‘lib ishlagan.
Rozuqulov 2017-2018 yillarda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi boshqaruvi raisi lavozimida ham ishlagan.
Shuningdek, unga qadar bosh vazir o‘rinbosari — "O‘zavtosanoat" boshqaruvi raisi, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori, Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari, Vazirlar Mahkamasi Tashqi iqtisodiy aloqalar departamenti direktori lavozimlarida mehnat qilgan.
Avvalroq "O‘zavtosanoat" kompaniyasining sobiq raisi Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0