https://oz.sputniknews.uz/20230324/mahkumlar-koloniya-sud-33188747.html
Endi mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga o‘tkazish sud tomonidan hal etiladi
Endi mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga o‘tkazish sud tomonidan hal etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Prezident imzolagan tegishli hujjat bilan Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
2023-03-24T15:16+0500
2023-03-24T15:16+0500
2023-03-24T15:49+0500
jamiyat
o‘zbekiston
sud
yangi qonun
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/447/74/4477412_0:161:3067:1886_1920x0_80_0_0_4baa1494868a6cb11dedf8b6749022f8.jpg
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga o‘tkazish sud tomonidan hal etiladi. Bu haqda prezident imzolagan O‘RQ–825-sonli qonunda nazarda tutilgan.Hujjat bilan Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishEndilikda muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum og‘ir jinoyati uchun jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini o‘taganidan keyin qo‘llaniladi. Ilgari bu muddatning yarmiga teng bo‘lgan.O‘ta og‘ir jinoyat uchun esa to‘rtdan uch qismi o‘talganidan keyin qo‘llaniladi. Ilgari muddatning uchdan ikki qismi edi.Mazkur jinoyatlar uchun jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish esa tegishli og‘ir jinoyat uchun jazoning yarmini (ilgari uchdan bir qismini edi) hamda o‘ta og‘ir jinoyat uchun jazoning uchdan ikki qismini (ilgari yarmini edi) o‘taganidan keyin qo‘llaniladi.Jinoyat-ijroiya kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlarJinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirishga va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bilan birga jazoni ijro etuvchi organning ruxsati ham olinishiga oid talab qo‘yildi.Mahkumlarga navbatdagi uchrashuvdan mahrum qilish tarzidagi intizomiy jazo chorasi kiritildi.Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlarga nisbatan sudga quyidagilar to‘g‘risida taqdimnoma kiritiladi:Ilgari mazkur tartiblar intizomiy jazo sifatida Jazoni ijro etish muassasalari tomonidan qo‘llanilgan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/447/74/4477412_168:0:2899:2048_1920x0_80_0_0_d499bd61730674d8b297a73d8f4dc862.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston yangi qonun sud
o‘zbekiston yangi qonun sud
Endi mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga o‘tkazish sud tomonidan hal etiladi
15:16 24.03.2023 (yangilandi: 15:49 24.03.2023) Prezident imzolagan tegishli hujjat bilan Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Mahkumlarni bir koloniyadan boshqasiga o‘tkazish sud tomonidan hal etiladi. Bu haqda prezident imzolagan O‘RQ–825-sonli qonunda
nazarda tutilgan. Hujjat bilan Jinoyat hamda Jinoyat-ijroiya kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish
Endilikda muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum og‘ir jinoyati uchun jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini o‘taganidan keyin qo‘llaniladi. Ilgari bu muddatning yarmiga teng bo‘lgan.
O‘ta og‘ir jinoyat uchun esa to‘rtdan uch qismi o‘talganidan keyin qo‘llaniladi. Ilgari muddatning uchdan ikki qismi edi.
Mazkur jinoyatlar uchun jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish esa tegishli og‘ir jinoyat uchun jazoning yarmini (ilgari uchdan bir qismini edi) hamda o‘ta og‘ir jinoyat uchun jazoning uchdan ikki qismini (ilgari yarmini edi) o‘taganidan keyin qo‘llaniladi.
Jinoyat-ijroiya kodeksiga kiritilgan o‘zgarishlar
Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarni kino-, foto-, videotasvirga tushirishga va ulardan intervyu olishga ularning yozma roziligi bilan birga jazoni ijro etuvchi organning ruxsati ham olinishiga oid talab qo‘yildi.
Mahkumlarga navbatdagi uchrashuvdan mahrum qilish tarzidagi intizomiy jazo chorasi kiritildi.
Saqlash rejimini ashaddiy buzuvchi deb topilgan mahkumlarga nisbatan sudga quyidagilar to‘g‘risida taqdimnoma kiritiladi:
manzil-koloniyadan umumiy tartibli koloniyaga, umumiy, qattiq yoki maxsus tartibli koloniyalardan – turmaga o‘tkazish to‘g‘risida;
manzil-koloniyadan umumiy yoki qattiq tartibli koloniyaga, qattiq tartibli koloniyadan – maxsus tartibli koloniyaga, koloniyadan – turmaga qaytarish haqida.
Ilgari mazkur tartiblar intizomiy jazo sifatida Jazoni ijro etish muassasalari tomonidan qo‘llanilgan.