https://oz.sputniknews.uz/20230324/koprik-33184980.html
Qoraqalpog‘istonda yangi qurilayotgan temir yo‘l ko‘prigining bir qismi qulab tushdi
Qoraqalpog‘istonda yangi qurilayotgan temir yo‘l ko‘prigining bir qismi qulab tushdi
Sputnik O‘zbekiston
Amudaryo ustida qurilayotgan Qoraqalpog‘iston va Xorazmni bog‘lovchi ko‘prikning vaqtinchalik tayanch ikkita balkasi noma’lum sabablarga ko‘ra qulab tushgan. 24.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-24T13:56+0500
2023-03-24T13:56+0500
2023-03-24T14:21+0500
hodisalar
qoraqalpog‘iston
ko‘prik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/18/33185119_3:0:1278:717_1920x0_80_0_0_557732a24abed9d4d0d9afe5c026b9b0.jpg
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida 23-mart kuni yangi qurilayotgan temir yo‘l ko‘prigining bir qismi qulab tushdi. Tuman hokimligi holat yuzasidan munosabat bildirdi.Xabarda yozilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini bog‘lovchi Amudaryo ustiga avtomobil va temir yo‘l qo‘shma ko‘prigini qurish ishlari boshlangan.Yangi ko‘prik qurilishi loyihasiga buyurtmachi etib “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi, bosh loyihachi etib “Boshtransloyiha” AJ, bosh pudratchi etib “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tarkibiy bo‘linmalari belgilangan.Amudaryo tumani hududidan Xorazm viloyati hududiga temiryo‘l transporti tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish maqsadida, Amudaryo tumani hududining shimoliy qismidan o‘tuvchi A-380 G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu avtomobil yo‘lining 717—718-kilometr oralig‘idan osma ko‘prik o‘tkazilgan.Bu ko‘prikka 14-sonli ko‘prik qurilish otradi vaqtinchalik tayanch balkalarni o‘rnatgan. Mazkur balkalar ko‘prik qurilishida vaqtinchalik vazifa bajaruvchi, yordamchi vosita hisoblanadi.23 mart kuni ertalab ushbu ko‘prikning vaqtinchalik tayanch ikkita balkasi noma’lum sabablarga ko‘ra qulab tushgan.Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozir bu holatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahridan tegishli mutaxassislar va laboratoriya xodimlari chaqirilgan.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/18/33185119_162:0:1118:717_1920x0_80_0_0_7bfcb400852ec984e37246ebcb348440.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hodisalar , qoraqalpog‘iston, ko‘prik
hodisalar , qoraqalpog‘iston, ko‘prik
Qoraqalpog‘istonda yangi qurilayotgan temir yo‘l ko‘prigining bir qismi qulab tushdi
13:56 24.03.2023 (yangilandi: 14:21 24.03.2023) Amudaryo ustida qurilayotgan Qoraqalpog‘iston va Xorazmni bog‘lovchi ko‘prikning vaqtinchalik tayanch ikkita balkasi noma’lum sabablarga ko‘ra qulab tushgan.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida 23-mart kuni yangi qurilayotgan temir yo‘l ko‘prigining bir qismi qulab tushdi. Tuman hokimligi holat yuzasidan
munosabat bildirdi.
Xabarda yozilishicha, prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini bog‘lovchi Amudaryo ustiga avtomobil va temir yo‘l qo‘shma ko‘prigini qurish ishlari boshlangan.
Yangi ko‘prik qurilishi loyihasiga buyurtmachi etib “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi, bosh loyihachi etib “Boshtransloyiha” AJ, bosh pudratchi etib “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning tarkibiy bo‘linmalari belgilangan.
Amudaryo tumani hududidan Xorazm viloyati hududiga temiryo‘l transporti tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish maqsadida, Amudaryo tumani hududining shimoliy qismidan o‘tuvchi A-380 G‘uzor—Buxoro—Nukus—Beyneu avtomobil yo‘lining 717—718-kilometr oralig‘idan osma ko‘prik o‘tkazilgan.
Bu ko‘prikka 14-sonli ko‘prik qurilish otradi vaqtinchalik tayanch balkalarni o‘rnatgan. Mazkur balkalar ko‘prik qurilishida vaqtinchalik vazifa bajaruvchi, yordamchi vosita hisoblanadi.
23 mart kuni ertalab ushbu ko‘prikning vaqtinchalik tayanch ikkita balkasi noma’lum sabablarga ko‘ra qulab tushgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozir bu holatga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent shahridan tegishli mutaxassislar va laboratoriya xodimlari chaqirilgan.