Diyora Keldiyorova Tbilisi “Katta dubulg‘a” turniri g‘olibiga aylandi — video

© NOKDiyora Keldiyorova
Diyora Keldiyorova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Obuna bo‘lish
Olimpiada chempionini 40 soniyada mag‘lub etgan Keldiyorova Tbilisi “Katta dubulg‘a” turniri g‘olibiga aylandi.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Diyora Keldiyorova Tbilisida bo‘lib o‘tayotgan “Katta dubulg‘a” turniri g‘olibiga aylandi, deb xabar qilmoqda MOQ.
Diyora Keldiyorova 52 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratiib, musobaqa g‘olibiga aylandi.
Barcha bellashuvlarni muddatidan avval yakunlab kelayotgan samarqandlik dzudochi qiz finalda ham ko‘p vaqt sarflamadi. Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni kosovolik Distriya Krasnichi atigi 40 soniya ichida taslim etildi.
Bu Keldiyorova uchun “Katta dubulg‘a” turnirlaridagi to‘rtinchi oltin medal hisoblanadi. Ushbu g‘alaba orqali u jahon reytingi uchun 1000, Parij-2024 yo‘lida 500 ochkoni o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ymoqda.
Yangiliklar lentasi
0