https://oz.sputniknews.uz/20230324/deputatlar-ayollar-va-voyaga-etmaganlarni-himoya-qilish-33176328.html
Ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazo og‘irlashtirilmoqda
Ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazo og‘irlashtirilmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Deputatlar ayollar va voyaga yetmaganlarni himoya qilish bo‘yicha hujjat qabul qilishdi.
2023-03-24T08:20+0500
2023-03-24T08:20+0500
2023-03-24T11:12+0500
jamiyat
o‘zbekiston
oliy majlis qonunchilik palatasi
deputatlar
ayollar
bolalar
nogironligi bo‘lgan shaxslar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/18/33176556_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_6a6b3d46fdc5dcfddd5d8fc7df012e77.jpg
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Qonunchilik palatasi deputatlari ayollar va voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasini qabul qilishdi, deya xabar berdi matbuot xizmati.Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Xotin-qizlar va bolalarni turli xil zo‘ravonlik, tahdidlardan himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.Qonun loyihasi bilan quyidagilar bilan bog‘liq jinoiy xatti-harakatlar uchun jazo choralari og‘irlashtirilmoqda:Nogironligi bo‘lgan shaxslar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlikNogironligi bo‘lgan shaxslarga, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy daxlsizlikka va erkinlikka qarshi jinoyatlarni sodir etganlik, shuningdek, ushbu jinoyatlarni jabrlanuvchini tarbiyalash, o‘qitish yoki unga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan sodir etish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.Shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi, sha’ni, nomusini kamsituvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik, shahvoniy shilqimlik qilish, voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash borasidagi majburiyatlarini bajarmaslik kabi harakatlar uchun javobgarlik kiritilmoqda.Oilaviy zo‘ravonlikShuningdek, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik kiritilmoqda. Unga ko‘ra, xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini himoya qilishda jismoniy zo‘ravonlik bilan bir qatorda iqtisodiy va ruhiy zo‘ravonlik uchun ham ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.Aliment majburiyatlari bajarilishini ta’minlovchi chora sifatida haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb qilish kabi yangi ma’muriy jazo chorasi kiritilmoqda.Shu bilan birga ilgari voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning bolalarga ta’lim, tarbiya berish, ularni sog‘lomlashtirish, bolalar sport, ijodiy tashkilotlarda ishlashini taqiqlovchi norma kiritilmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/18/33176556_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_ce55ba946fa4874a9570f18fb3b29980.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
zo‘ravonlik jazo qonun o‘zbekiston oliy majlis qonunchilik palatasi ayollar bolalar
zo‘ravonlik jazo qonun o‘zbekiston oliy majlis qonunchilik palatasi ayollar bolalar
Ayollar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik uchun jazo og‘irlashtirilmoqda
08:20 24.03.2023 (yangilandi: 11:12 24.03.2023) Deputatlar ayollar va voyaga yetmaganlarni himoya qilish bo‘yicha hujjat qabul qilishdi.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Qonunchilik palatasi deputatlari ayollar va voyaga yetmaganlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasini qabul qilishdi, deya xabar berdi
matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Xotin-qizlar va bolalarni turli xil zo‘ravonlik, tahdidlardan himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan quyidagilar bilan bog‘liq jinoiy xatti-harakatlar uchun jazo choralari og‘irlashtirilmoqda:
nomusga tegish yoxud jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish;
shaxsni jinsiy aloqa qilishga majburlash;
o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish;
ularga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlarni sodir etish;
voyaga yetmagan shaxs ishtirokidagi pornografik mahsulotni tayyorlash va tarqatish.
Mazkur jinoyatlarni sodir etgan shaxslar uchun jazo tayinlashni yengillashtiruvchi holatlar, shu jumladan, jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilishni qo‘llash taqiqlanmoqda.
Nogironligi bo‘lgan shaxslar va voyaga yetmaganlarga nisbatan zo‘ravonlik
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga, voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy daxlsizlikka va erkinlikka qarshi jinoyatlarni sodir etganlik, shuningdek, ushbu jinoyatlarni jabrlanuvchini tarbiyalash, o‘qitish yoki unga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan sodir etish uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Shaxs hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi, sha’ni, nomusini kamsituvchi ma’lumotlarni oshkor qilganlik, shahvoniy shilqimlik qilish, voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash borasidagi majburiyatlarini bajarmaslik kabi harakatlar uchun javobgarlik kiritilmoqda.
Shuningdek, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik kiritilmoqda. Unga ko‘ra, xotin-qizlar va bolalarning huquqlarini himoya qilishda jismoniy zo‘ravonlik bilan bir qatorda iqtisodiy va ruhiy zo‘ravonlik uchun ham ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilanmoqda.
Aliment majburiyatlari bajarilishini ta’minlovchi chora sifatida haq to‘lanadigan jamoat ishlariga majburiy ravishda jalb qilish kabi yangi ma’muriy jazo chorasi kiritilmoqda.
Shu bilan birga ilgari voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning bolalarga ta’lim, tarbiya berish, ularni sog‘lomlashtirish, bolalar sport, ijodiy tashkilotlarda ishlashini taqiqlovchi norma kiritilmoqda.