Dam olish kunlari havo harorati +29 darajagacha ko‘tariladi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Mediabankka o‘tishDevushka v jarkuyu pogodu v Aleksandrovskom sadu v Moskve
Devushka v jarkuyu pogodu v Aleksandrovskom sadu v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, dam olish kunlari respublikaning shimol, janub va cho‘l hududlarida harorat +29 darajani tashkil etadi.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Shanba va yakshanba kunlari respublika hududi bo‘yicha quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, harorat +29 darajagacha ko‘tariladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, dam olish kunlari mamlakatda kunduzgi havo harorati 25 darajagacha ko‘tariladi. Shimol, janub va cho‘l hududlarida +27+29 darajani tashkil etadi.
Respublikaning tog‘li hududlarining ayrim joylarida 24-26 mart kunlari yomg‘ir yog‘ishi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi. Kuchsiz shamol esadi. Harorat kechasi +8+10 daraja, kunduzi +22+25 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0