Bugun qator hududlarda chang to‘zoni kuzatiladi

© SputnikPilnaya burya v Uzbekistane
Pilnaya burya v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida shamol tezligi kuchayib, chang to‘zonlar kuzatilishi mumkin.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Bugun respublikaning qator hududlarida chang to‘zoni kuzatilishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkent shahrida harorat kechasi +8-10 daraja, kunduzi +22-24 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda esa chang to‘zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +2-7 daraja, kunduzi +20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim hududlarda chang to‘zoni bo‘lishi mumkin. Harorat kechasi +7-12 daraja, kunduzi +22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ham shamol chang to‘zoni bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +5-10 daraja, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim hududlarida chang to‘zoni kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +7-12 daraja, kunduzi +23-28 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida harorat +5-10 daraja iliq, kunduzi +20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘ hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2-7 daraja, kunduzi +10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0