Android smartfonlardagi seysmik ogohlantirish tizimi qanday ishlaydi — mutaxassis javobi

© Sputnik / Stas EtveshSmartfon, arxivnoe foto
Smartfon, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Obuna bo‘lish
Google ning erta ogohlantirish tizimi bu yer qimirlashini prognozlash usuli emas. U yer qimirlashi sodir bo‘lganidan so‘ng yaqin atrofda joylashgan foydalanuvchilarni imkon qadar tez ogohlantirish uchun mo‘ljallangan.
TOShKENT, 24 mar - Sputnik. Seysmologiya instituti direktori o‘rinbosari Vohidxon Ismoilov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Android smartfonlardagi seysmik ogohlantirish tizimi qanday ishlashini tushuntirib berdi.
Eslatib o‘tamiz, Android qurilmasidan foydalanuvchi O‘zbekiston axolisi 21-mart soat 21:47 da Afg‘oniston hududida sodir bo‘lgan kuchli zilzilaning seysmik tebranishlar tug‘risida ilk bor erta ogohlantirish tizimi orqali ma’lumotlar olishgan edi. Ushbu tizim O‘zbekiston hududida ilk bor ishlagani sababli fuqarolarda turli savollar paydo bo‘ldi.
© SputnikOpoveshenie o zemletraseniyax Google Earthquake
Opoveshenie o zemletraseniyax Google Earthquake - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Opoveshenie o zemletraseniyax Google Earthquake
Mutaxassisning aytishiga ko‘ra, Googlening erta ogohlantirish tizimi bu yer qimirlashini prognozlash usuli emas.
Google tizimi bu zilzilani prognoz qilish usuli emas, balki zilzila sodir bo‘lgandan so‘ng seysmik to‘lqinlarni tarqalishi haqida yaqin atrofda yashaydigan aholini ogohlantirish tizimidir.
Zilzila o‘chog‘idan tarqalgan to‘lqin yaqin atrofdagi seysmik stansiyalarda qayd qilingandan so‘ng 3 soniya ichida ushbu zilzila to‘g‘risidagi ma’lumot (ya’ni o‘choqning chuqurligi, zilzila kuchi, oradagi masofa) Google ogohlantirish tizimi orqali dunyoga tarqaladi.

Yaratilgan erta ogohlantirish tizimining asosiy afzaligi bu barcha mobil foydalanuvchilariga qisqa vaqtda kutilayotgan seysmik to‘lqinlar to‘g‘risidagi ma’lumotni yetkazishdir, - deydi mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Google kompaniyasi tomonidan 2020-yili ishlab chiqilgan va Android tizimiga o‘rnatilgan zilzila to‘g‘risida erta ogohlantirish dasturi ilk bor AQShning Kaliforniya shtatida sinovdan o‘tgan.
Albatta, bu g‘oya yangilik emas, chunki Yaponiya hududi uchun zilzilalarni erta ogohlantirish tizimi Yaponiya metereologik agentligi tomonidan yaratilgan va qo‘llanib kelinmoqda. Xuddi shunday mintaqaviy tizim Meksikada, Xitoyda, Tayvanda, Italiyada, Ruminiyada va boshqa davlatlarda ham qo‘llanilmoqda. Lekin Google kompaniyasi yaratgan mobil dastur butun jahonni qamrab olish imkoniyatiga ega.
Xitoy tadqiqotchilarining bergan ma’lumotga ko‘ra, erta ogoxlantirish tizimi joriy qilinganda 3 soniya ichida shikastlanishlarni 14 foizga, 10 soniyada jaroxatlanish va qurbonlarni 39 foizga va 20 soniyada 63 foizga qisqartirishi mumkin.

Bugungi kunda zilzilani erta ogohlantirish tizimini mavjudligi seysmik xavfsizlikni ta’minlashning samarali yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Yaponiya axolining 65 foizi erta ogohlantirish tizimidan samarali foydalanishar ekan.
Yangiliklar lentasi
0