Aksariyat mamlakatlar Rossiya bilan hamkorlik qilish uchun sanksiyalarga qarshi chiqdi - OAV

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishNeftanie kachalki v Tatarstane
Neftanie kachalki v Tatarstane - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.03.2023
Obuna bo‘lish
Neft va gaz iqtisodchisi Tilak Doshi Rossiya bilan qarama-qarshilik sabab dunyo ikkiga bo‘linganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalari sharoitida dunyo ikki blokka bo‘lingan – sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlovchi va ularning raqiblari. Bunday fikr neft va gaz iqtisodchisi Tilak Doshining "Forbes" jurnalida e’lon qilingan maqolasida bildirilgan, deya xabar berdi RIA Novosti.

"Braziliya, Hindiston, Xitoy yoki Janubiy Afrika kabi faol rivojlanayotgan mamlakatlar uchun xalqaro moliya institutlarida G‘arb gegemonligiga tahdid solayotgan g‘arbiylashuvdan o‘zlarini himoya qilish ham, Rossiya kabi foydali sheriklar bilan samarali munosabatlarni saqlab qolish ham bir xil darajada muhimdir" - deb yozgan maqola muallifi.

Doshining ishonch bildirishicha, dollarning xalqaro zaxira valyutasi sifatidagi roli yaqin kelajakda o‘zgarmasa-da, jahon iqtisodiyotining bifurkatsiya jarayoni allaqachon boshlangan.

“Hozir biz xomashoga asoslangan savdo, sarmoya, moliya va kreditlashda moliyaviy bloklar paydo bo‘layotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bunga BRIKSning yangi taraqqiyot banki va Xitoyning Osiyo infratuzilma investitsiya banki kabi yangi moliya institutlari hamda mintaqaviy energiya savdosida AQSh dollaridan tashqari boshqa valyutalardan ko‘proq foydalanish yordam beradi”, - deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, Moskva va Pekin G‘arb moliyaviy sanksiyalariga qarshi turish uchun BRIKS valyutalarining tovar savatchasi asosida xalqaro zaxira valyutasi va banklararo hisob-kitoblarning yaxlit tizimini yaratish ustida ishlamoqda.
Iqtisodchi energetika bozoridagi mavjud vaziyat dunyoga qanday ta’sir qilishi haqida ham bir qancha bashoratlarni aytdi.
Muallifning fikricha, Yevropa arzon Rossiya gazini abadiy yo‘qotdi, shu sababli Yevropa Ittifoqi sanoatsizlanishga va turmush darajasining sezilarli darajada pasayishiga mahkum bo‘ladi.
Uning fikricha, AQSh bundan foydalanib, energiya resurslarini qimmat narxda sotib, Yevropa Ittifoqini o‘z vassaliga aylantiradi.
Shu bilan birga, Doshining fikricha, rivojlanayotgan mamlakatlar uchun Rossiya va Xitoy bilan hamkorlikka intilish foydali bo‘ladi
Yangiliklar lentasi
0