https://oz.sputniknews.uz/20230324/abramslarning-ukrainaga-shoshilishi-natoning-strategik-maglubiyatidan-dalolat-beradi-33194326.html
"Abrams"larning Ukrainaga shoshilishi NATOning strategik mag‘lubiyatidan dalolat beradi
"Abrams"larning Ukrainaga shoshilishi NATOning strategik mag‘lubiyatidan dalolat beradi
Sputnik O‘zbekiston
AQSh nima sababdan Ukrainaga zaif va muammoli eski tanklarni jo‘natishga shoshilmoqda? Bu Ukraina Qurolli kuchlariga qanday yordam beradi? Batafsil maqolamizda. 24.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-24T21:44+0500
2023-03-24T21:44+0500
2023-04-05T18:44+0500
kolumnistlar
ukraina
qurolli kuchlar
rossiya mudofaa vazirligi
aqsh
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1a/21536957_0:168:3045:1881_1920x0_80_0_0_3a3e15c611b14a69b3ef53fe5bf0e785.jpg
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiya qo‘shinlarining maxsus harbiy operatsiya (MHO) hududida hujumkor harakatlari, NATOning bo‘shab qolayotgan Yevropadagi arsenallari va Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) jangovar qobiliyatining sezilarli darajada yo‘qolishi AQShni Abrams tanklarini Kiyev rejimiga jo‘natishni tezlashtirishga majbur qilmoqda. Ukraina Harbiy harakatlar teatrida (HHT) 30 ta eskirgan M1A1 versiya mashinalar vaziyatni o‘zgartirmaydi, lekin cho‘kayotgan xasga yopishar.Pentagon Abrams tanklarini rejalashtirilganidek 2024-yil boshida emas, 2023-yilning kuzida Ukrainaga yuborishini ma’lum qildi. Bunday tezlashtirish jangovar samaradorlikning pasayishiga olib keladi – ilgari va’da qilingan M1A2 modifikatsiyasining yangi tanklari o‘rniga amerikaliklar "ta’mirlangan korpusli" ishlatilgan M1A1 ni AQSh armiyasidan UQKga jo‘natadi. Ushbu mashinalar 32-yil oldin “Cho‘l bo‘roni” operatsiyasida qatnashgan.Pentagon matbuot kotibi Pet Rayderning ta’kidlashicha, M1A1 Abrams M1A2 bilan “juda o‘xshash imkoniyatlarga” ega bo‘ladi, jumladan, “ilg‘or qurol tizimlari” – 120-mm to‘p va 12,7 mm kalibrli pulemot. Tankka qarshi raketa tizimida (TQRT) va avtomatik o‘qlash sistemasi mavjud emas. Avtomat rolini ekipajning to‘rtinchi a’zosi – o‘qlovchi bajaradi va bu NATO tanklarining umumiy texnologik muammosi (fransuzlarning "Leklerk"i bundan mustasno). Snarad gilzalari qisman yonuvchan bo‘lib, otishmalardan keyin qaynoq qoldiqlar tank ichida “eriydi”. Va’da qilingan M1A2 qo‘mondon va haydovchi uchun termal tasvir optikasi bilan jihozlangan bo‘lib, ekipajning vaziyatdan xabardorligini oshiradi. UQK uchun “Abrams” qurollarini boshqarish tizimi imkon qadar soddalashtiriladi (Ukraina ekipajlari tayyorlovini tezlashtirish uchun), bortda faqat lazer masofa o‘lchagich va to‘pni otish uchun elektron ballistik kompyuter qoladi.M1A1 Abrams ning asosiy texnik xususiyatlari Amerika qurollarining kuchi haqidagi afsonani puchga chiqaradi. Jangovar og‘irligi - 63 tonna, juda og‘ir mashina, har qanday ko‘prik ham bardosh bera olmaydi. Tankning korpusi va minorasi payvandlash uslubida yasalgan. Minoraning yuqori zirhlari atigi 38 mm qalinlikda va jangovar qismidagi korpusning 30 mm tomoni qo‘shimcha ravishda 32 mm zirh plitalari bilan mustahkamlangan – bu zaif hisoblanadi. Dinamik himoya yo‘q. 1500 ot kuchiga ega gaz turbinali dvigatel 72 km / soat maksimal tezlikga imkon beradi (odatdagi tezlik - 40 km / soat). Shosse yo‘lda to‘liq bak (1900 litr) bilan odatiy masofa - 440 kmni tashkil qiladi.Abrams va T-90Mni solishtirishNATO tanklari juda “afsonalashtirilgan” va rossiyalik raqiblari bilan solishtirishga dosh bera olmaydi. Ukraina HHTdaAmerika “Abrams” va Rossiya T-90M o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan duel nihoyat G‘arb qurollarining texnologik ustunligi haqidagi afsonalarniyo‘q qiladi. T-90M “Proriv” o‘zini harbiy operatsiyaning eng yaxshi tanki sifatida namoyish qilishga muvaffaq bo‘ldi va bugun RF Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev T-90Mni shunchaki jimjimador ta’rif uchun emas, balki “dunyodagi eng yaxshi tank” deb atadi.Xuddi shu to‘p lazer yordamida boshqariladigan “Refleks” tankka (jumladan vertolotlarga) qarshi “Refleks” raketasi bilan 5000 metr masofada joylashgan nishonga uradi.Eslatib o‘tamiz, “Abrams” va boshqa NATO taklarining nishonga olish masofasi 3500 metrdan oshmaydi. Shuningdek, faqat rus tanklari va nemis “Leopard”lari tanklarga qarshi boshqariladigan raketa bilan qurollangan. Albatta, Rossiya raketalari samaraliroq. Jangovar ustunligi shubhasizdir. T-90M ning og‘irligi - taxminan 48 tonnani tashkil qiladi.Eng yuqori jangovar ko‘rsatkichlari T-90MS eksport variantini dunyodagi eng mashhur tankka aylantirdi. Mashina Ozarbayjon, Jazoir, Armaniston, Vyetnam, Turkmaniston, Uganda, Iroq armiyalari tomonidan muvaffaqiyatli ekspluatatsiya qilinmoqda. Kuvayt va Saudiya Arabistoni ham ushbu tank bilan qiziqmoqda. Rossiyaning T-90 tanki so‘nggi yillarda 2000 donadan ortiq ishlab chiqarildi va bu dunyoning ko‘plab mamlakatlari uchun orzu bo‘lib qolmoqda. Ushbu tankni litsenziya asosida ishlab chiqarish Hindistonda tashkil etilgan. Misr 500 ta T-90M agregatlarini yig‘ish bo‘yicha o‘z zavodini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. RF Mudofaa vazirligida yuzlab bunday mashinalar mavjud va miqdorni doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Dmitriy Medvedev bergan ma’lumotga ko‘ra, Rossiya joriy yilda 1500 ta tank ishlab chiqaradi."Abrams"ning jangovar tajribasi“Cho‘l bo‘roni” operatsiyasi (1991) 18 ta "Abrams" uchun so‘nggi jang bo‘lib, ularning bir nechtasi Iroq armiyasining T-72 tanklari zarbasi bilan vayron qilingan, yettita mashina “do‘stona hujum” natijasida halok bo‘lgan. Iroqda M1A1 modifikatsiyasining ikki mingdan ortiq Abarms tanklaridan uzoq muddatli jangovar foydalanish (1984 yil) gaz turbinali dvigatelning o‘ta ishonchsizligi ko‘rsatdi (chang tufayli barchasi ishdan chiqgan).Iroq urushi paytida (2003-2011) Abrams tanklar guruhi katta yo‘qotishlarga uchradi. Birinchi ikki yil ichida Amerika flotining 70 foizi 1135 Abrams tankidan o‘qqa tutilgan (asosan Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan tankga qarshi granatomotlar bilan) va shikastlangan. Keyinchalik, AQSh Iroqda o‘z qo‘li bilan tashkil qilgan armiyaga 140 ta M1A1 Abrams tanklarini topshirdi, ulardan 2016-yil oxiriga kelib, faqat tankka qarshi raketalar yordamida “jihodchilar” 47 ta mashinani yo‘q qilishdi. Tankning minorasi va korpusi o‘rtasidagi sezilarli bo‘shliq mavjudligi portativ granatomotlarning muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi.Barcha reklamaga qaramay, “Abrams”ning zamonaviy modifikatsiyalari ham jang maydonida juda zaif bo‘lib chiqdi. Saudiya Arabistoni 2015-yilda husiylarga qarshi kurashayotgan Yaman kuchlariga o‘nlab M1A2S tanklarini sovg‘a qilgan edi. Yil davomida “isonchilar” Saudiyaning 20 ta mashinasini, shu jumladan uchta M1A2S Abrams tankini tankka qarshi raketalar bilan yo‘q qilishdi.Ukrainaga qaytadigan bo‘lsak, NATO tanklari hech qachon havo himoyasisiz ishlamagan, ular hech qachon texnologik jihatdan ustun bo‘lgan dushmanning armiyasi va hujum samolyotlari tomonidan yo‘q qilinmagan. Ukraina HHTda Leopard 2A4 birinchi nemis tanklarining paydo bo‘lishi rus qo‘shinlarining zarbasi, taktik va strategik ustunligiga ta’sir qilmadi.MHO hududidv zaiflashtirilgan uranli Amerika M829 snaradlaridan foydalanish – AQShga hech qanday yaxshilikni va’da bermaydi.Ukraina HHTda operativ vaziyat UQK va NATOning strategik mag‘lubiyatidan dalolat beradi. Rossiya qo‘shinlari Kiyev tomonidan nazorat qilinadigan hududda shoshilinch ravishda yig‘ilgan “hujumchi gvardiya” ni, UQKning yoqilg‘i va o‘q-dorilar omborlarini, G‘arb davlatlarining ishlatilgan harbiy texnikalarini mohirona va qayta tiklanmaydigan qilib yo‘q qilmoqda.Agar NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg haligacha Rossiya bilan jamoaviy harbiy qarama-qarshilik bo‘yicha uzoq muddatli rejalarni “chizayotgan” bo‘lsa, ittifoqchilar Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari tugab borayotgani haqida tobora baland ovozda xabar bermoqda. Hatto Amerika nashrlari, shu jumladan, Foreign Policy jurnali ham sodir bo‘layotgan voqealarning mohiyatini yashirmaydi: “Ukrainaning shoshilinch tuzilgan armiyasi ko‘proq befoyda o‘yinchoqlarga ega bo‘lmoqda”.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0b/1a/21536957_157:0:2888:2048_1920x0_80_0_0_b6a073a9c14aecde64edb6e9a72b51fc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
kolumnistlar, ukraina, qurolli kuchlar, rossiya mudofaa vazirligi, aqsh, rossiya
kolumnistlar, ukraina, qurolli kuchlar, rossiya mudofaa vazirligi, aqsh, rossiya
"Abrams"larning Ukrainaga shoshilishi NATOning strategik mag‘lubiyatidan dalolat beradi
21:44 24.03.2023 (yangilandi: 18:44 05.04.2023) AQSh nima sababdan Ukrainaga zaif va muammoli eski tanklarni jo‘natishga shoshilmoqda? Bu Ukraina Qurolli kuchlariga qanday yordam beradi? Batafsil maqolamizda.
TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Rossiya qo‘shinlarining maxsus harbiy operatsiya (MHO) hududida hujumkor harakatlari, NATOning bo‘shab qolayotgan Yevropadagi arsenallari va Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) jangovar qobiliyatining sezilarli darajada yo‘qolishi AQShni Abrams tanklarini Kiyev rejimiga jo‘natishni tezlashtirishga majbur qilmoqda. Ukraina Harbiy harakatlar teatrida (HHT) 30 ta eskirgan M1A1 versiya mashinalar vaziyatni o‘zgartirmaydi, lekin cho‘kayotgan xasga yopishar.
Pentagon Abrams tanklarini rejalashtirilganidek 2024-yil boshida emas, 2023-yilning kuzida Ukrainaga yuborishini ma’lum qildi. Bunday tezlashtirish jangovar samaradorlikning pasayishiga olib keladi – ilgari va’da qilingan M1A2 modifikatsiyasining yangi tanklari o‘rniga amerikaliklar "ta’mirlangan korpusli" ishlatilgan M1A1 ni AQSh armiyasidan UQKga jo‘natadi. Ushbu mashinalar 32-yil oldin “Cho‘l bo‘roni” operatsiyasida qatnashgan.
Pentagon matbuot kotibi Pet Rayderning ta’kidlashicha, M1A1 Abrams M1A2 bilan “juda o‘xshash imkoniyatlarga” ega bo‘ladi, jumladan, “ilg‘or qurol tizimlari” – 120-mm to‘p va 12,7 mm kalibrli pulemot.
Ushbu modifikatsiyada uran zirhlari yo‘q, lekin M1A1 Abrams M829 kam boyitilgan uran yadroli zirhni teshuvchi snaradlarni o‘z ichiga oladi. Uning jangovar zarba berish masofasi – 3500 m ni tashkil qiladi. "Abrams"ning jami 40 ta snaraddan iborat oboymasida, shuningdek, qisqa masofali – 3000 m gacha kumulyativ M830, beton teshuvchi-fugasli M908, yirik pitrali snarad M1028 ham bor.
Tankka qarshi raketa tizimida (TQRT) va avtomatik o‘qlash sistemasi mavjud emas. Avtomat rolini ekipajning to‘rtinchi a’zosi – o‘qlovchi bajaradi va bu NATO tanklarining umumiy texnologik muammosi (fransuzlarning "Leklerk"i bundan mustasno). Snarad gilzalari qisman yonuvchan bo‘lib, otishmalardan keyin qaynoq qoldiqlar tank ichida “eriydi”. Va’da qilingan M1A2 qo‘mondon va haydovchi uchun termal tasvir optikasi bilan jihozlangan bo‘lib, ekipajning vaziyatdan xabardorligini oshiradi. UQK uchun “Abrams” qurollarini boshqarish tizimi imkon qadar soddalashtiriladi (Ukraina ekipajlari tayyorlovini tezlashtirish uchun), bortda faqat lazer masofa o‘lchagich va to‘pni otish uchun elektron ballistik kompyuter qoladi.
M1A1 Abrams ning asosiy texnik xususiyatlari Amerika qurollarining kuchi haqidagi afsonani puchga chiqaradi. Jangovar og‘irligi - 63 tonna, juda og‘ir mashina, har qanday ko‘prik ham bardosh bera olmaydi. Tankning korpusi va minorasi payvandlash uslubida yasalgan. Minoraning yuqori zirhlari atigi 38 mm qalinlikda va jangovar qismidagi korpusning 30 mm tomoni qo‘shimcha ravishda 32 mm zirh plitalari bilan mustahkamlangan – bu zaif hisoblanadi. Dinamik himoya yo‘q. 1500 ot kuchiga ega gaz turbinali dvigatel 72 km / soat maksimal tezlikga imkon beradi (odatdagi tezlik - 40 km / soat). Shosse yo‘lda to‘liq bak (1900 litr) bilan odatiy masofa - 440 kmni tashkil qiladi.
Abrams va T-90Mni solishtirish
NATO tanklari juda “afsonalashtirilgan” va rossiyalik raqiblari bilan solishtirishga dosh bera olmaydi. Ukraina HHTdaAmerika “Abrams” va Rossiya T-90M o‘rtasidagi mumkin bo‘lgan duel nihoyat G‘arb qurollarining texnologik ustunligi haqidagi afsonalarniyo‘q qiladi. T-90M “Proriv” o‘zini harbiy operatsiyaning eng yaxshi tanki sifatida namoyish qilishga muvaffaq bo‘ldi va bugun RF Xavfsizlik Kengashi raisining o‘rinbosari Dmitriy Medvedev T-90Mni shunchaki jimjimador ta’rif uchun emas, balki “dunyodagi eng yaxshi tank” deb atadi.
Rossiyaning asosiy jangovar tanki T-90M “Proriv”ning jangovar kuchi, yurish masofasi, tezligi va manevrlik qobiliyati bo‘yicha NATOdagi o‘z avlodi tanklaridan ustundir. T-90M ning asosiy quroli silliq stvolli 125-mmli to‘p bo‘lib, uning samarali zarba berish masofasi 4000 metrgacha. Parchalanuvchi-fugas snaradlar ballistik trayektoriya bo‘yicha otilganda– 10 ming metrgacha.
Xuddi shu to‘p lazer yordamida boshqariladigan “Refleks” tankka (jumladan vertolotlarga) qarshi “Refleks” raketasi bilan 5000 metr masofada joylashgan nishonga uradi.
Eslatib o‘tamiz, “Abrams” va boshqa NATO taklarining nishonga olish masofasi 3500 metrdan oshmaydi. Shuningdek, faqat rus tanklari va nemis “Leopard”lari tanklarga qarshi boshqariladigan raketa bilan qurollangan. Albatta, Rossiya raketalari samaraliroq. Jangovar ustunligi shubhasizdir. T-90M ning og‘irligi - taxminan 48 tonnani tashkil qiladi.
Barcha zamonaviy umumqo‘shin tanklari orasida sharpasi eng past va “Relikt” dinamik himoya kompleksi bilan jihozlangan. U tankni zirhni teshuvchi subkalibrli snaradlardan ishonchli himoya qiladi, T-90M ni jang maydonida mustahkam qolishiga imkon beradi.
Eng yuqori jangovar ko‘rsatkichlari T-90MS eksport variantini dunyodagi eng mashhur tankka aylantirdi. Mashina Ozarbayjon, Jazoir, Armaniston, Vyetnam, Turkmaniston, Uganda, Iroq armiyalari tomonidan muvaffaqiyatli ekspluatatsiya qilinmoqda. Kuvayt va Saudiya Arabistoni ham ushbu tank bilan qiziqmoqda. Rossiyaning T-90 tanki so‘nggi yillarda 2000 donadan ortiq ishlab chiqarildi va bu dunyoning ko‘plab mamlakatlari uchun orzu bo‘lib qolmoqda. Ushbu tankni litsenziya asosida ishlab chiqarish Hindistonda tashkil etilgan. Misr 500 ta T-90M agregatlarini yig‘ish bo‘yicha o‘z zavodini ishga tushirishni rejalashtirmoqda. RF Mudofaa vazirligida yuzlab bunday mashinalar mavjud va miqdorni doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Dmitriy Medvedev bergan ma’lumotga ko‘ra, Rossiya joriy yilda 1500 ta tank ishlab chiqaradi.
"Abrams"ning jangovar tajribasi
“Cho‘l bo‘roni” operatsiyasi (1991) 18 ta "Abrams" uchun so‘nggi jang bo‘lib, ularning bir nechtasi Iroq armiyasining T-72 tanklari zarbasi bilan vayron qilingan, yettita mashina “do‘stona hujum” natijasida halok bo‘lgan. Iroqda M1A1 modifikatsiyasining ikki mingdan ortiq Abarms tanklaridan uzoq muddatli jangovar foydalanish (1984 yil) gaz turbinali dvigatelning o‘ta ishonchsizligi ko‘rsatdi (chang tufayli barchasi ishdan chiqgan).
Iroq urushi paytida (2003-2011) Abrams tanklar guruhi katta yo‘qotishlarga uchradi. Birinchi ikki yil ichida Amerika flotining 70 foizi 1135 Abrams tankidan o‘qqa tutilgan (asosan Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan tankga qarshi granatomotlar bilan) va shikastlangan. Keyinchalik, AQSh Iroqda o‘z qo‘li bilan tashkil qilgan armiyaga 140 ta M1A1 Abrams tanklarini topshirdi, ulardan 2016-yil oxiriga kelib, faqat tankka qarshi raketalar yordamida “jihodchilar” 47 ta mashinani yo‘q qilishdi. Tankning minorasi va korpusi o‘rtasidagi sezilarli bo‘shliq mavjudligi portativ granatomotlarning muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi.
Barcha reklamaga qaramay, “Abrams”ning zamonaviy modifikatsiyalari ham jang maydonida juda zaif bo‘lib chiqdi. Saudiya Arabistoni 2015-yilda husiylarga qarshi kurashayotgan Yaman kuchlariga o‘nlab M1A2S tanklarini sovg‘a qilgan edi. Yil davomida “isonchilar” Saudiyaning 20 ta mashinasini, shu jumladan uchta M1A2S Abrams tankini tankka qarshi raketalar bilan yo‘q qilishdi.
Ukrainaga qaytadigan bo‘lsak, NATO tanklari hech qachon havo himoyasisiz ishlamagan, ular hech qachon texnologik jihatdan ustun bo‘lgan dushmanning armiyasi va hujum samolyotlari tomonidan yo‘q qilinmagan. Ukraina HHTda Leopard 2A4 birinchi nemis tanklarining paydo bo‘lishi rus qo‘shinlarining zarbasi, taktik va strategik ustunligiga ta’sir qilmadi.
Eslatib o‘tamiz, Suriyada “jihodchilar” faqat Al-Bob shahri uchun bo‘lgan janglarda 10 ta Leopard 2A4 tankini – Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan “Fagot” va “Konkurs” tankga qarshi tizimlari yordamida yo‘q qilishgan. Pentagon o‘zining 30 ta emas, balki 300 ta M1A1 Abrams tankini Kiyev rejimiga topshirgan taqdirda ham, Rossiya harbiy mudofaasi yo‘nalishini yoki natijasini o‘zgartirishga qodir emas.
MHO hududidv zaiflashtirilgan uranli Amerika M829 snaradlaridan foydalanish – AQShga hech qanday yaxshilikni va’da bermaydi.
Ukraina HHTda operativ vaziyat UQK va NATOning strategik mag‘lubiyatidan dalolat beradi. Rossiya qo‘shinlari Kiyev tomonidan nazorat qilinadigan hududda shoshilinch ravishda yig‘ilgan “hujumchi gvardiya” ni, UQKning yoqilg‘i va o‘q-dorilar omborlarini, G‘arb davlatlarining ishlatilgan harbiy texnikalarini mohirona va qayta tiklanmaydigan qilib yo‘q qilmoqda.
Agar NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg haligacha Rossiya bilan jamoaviy harbiy qarama-qarshilik bo‘yicha uzoq muddatli rejalarni “chizayotgan” bo‘lsa, ittifoqchilar Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlari tugab borayotgani haqida tobora baland ovozda xabar bermoqda. Hatto Amerika nashrlari, shu jumladan, Foreign Policy jurnali ham sodir bo‘layotgan voqealarning mohiyatini yashirmaydi: “Ukrainaning shoshilinch tuzilgan armiyasi ko‘proq befoyda o‘yinchoqlarga ega bo‘lmoqda”.