Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Xitoy rejasi AQShni boshi berk ko‘chaga kiritib qo‘yishi mumkin — OAV

© AP Photo / Jacquelyn MartinAmerikanskiy i ukrainskiy flagi na ulitsax Vashingtona. Arxivnoe foto.
Amerikanskiy i ukrainskiy flagi na ulitsax Vashingtona. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2023
Obuna bo‘lish
AQSh Xitoyning Ukrainada tinchlik o‘rnatish rejasini hisobga olmasa, Pekin boshqa davlatlarga Vashington Ukrainada tinchlik o‘rnatishdan manfaatdor emasligini isbotlashga harakat qiladi - OAV.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. AQSh hukumati Xitoy taklif qilgan tinchlik rejasi tufayli “boshi berk ko‘chaga kirib qolish”dan qo‘rqmoqda, deb xabar bermoqda Bloomberg o‘zining AQSh ma’muriyatidagi manbasiga tayanib.
Chunki yaqinda Si Siznpinning Moskvaga tashrifi davomida Rossiya va Xitoy rahbarlari ushbu rejani muhokama qilishdi va Vladimir Putin Xitoy taklifiga xayrixohliq bildirdi. "Xitoy rejasi Ukrainda tinchlik o‘rnatishga asos bo‘lishi mumkin", - dedi Rossiya prezidenti.

"Vashington esa XXR g‘oyasiga boshidan shubha bilan qaradi va Pekinning o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi chaqirig‘i Rossiya “yutuqlarini mustahkamlashi” imkonini berishini ta’kidladi. Biroq Qo‘shma Shtatlar Xitoy rejasini e’tiborsiz qoldira olmaydi, chunki bu Xitoyga va jangovar harakatlar va iqtisodiy zararlardan charchagan boshqa davlatlarga “Vashington tinchlikdan manfaatdor emasligini” isbotlash imkonini beradi", — deb yozadi nashr.

Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi tadqiqotchisi Bonni Lin bu fikrga qo‘shildi – uning fikricha, Xitoy “AQShni salbiy ko‘rinishda ko‘rsatish” uchun Vashington o‘t ochishni to‘xtatishga qarshi turishini ta’kidlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Xitoy o‘zining Ukrainadagi mojaroni hal qilish rejasini 24-fevral kuni taqdim etgan edi. Hujjat 12 banddan iborat bo‘lib, uning talablari qatorida harbiy harakatlarni to‘xtatish, eskalatsiyani bas qilish hamda Moskva va Kiyev o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini qayta boshlash kabi bo‘limlar bor.
Hujjat e’lon qilingan vaqtida AQSh prezidenti Jo Bayden Xitoy taklifi faqat Rossiya manfaatlariga javob beradi deb aytgan edi.
Yangiliklar lentasi
0