https://oz.sputniknews.uz/20230323/tadbirkorlar-mablag-ajratish-33157280.html
Endi ayrim tadbirkorlarga banklar ishtirokisiz mablag‘ ajratiladi
Endi ayrim tadbirkorlarga banklar ishtirokisiz mablag‘ ajratiladi
Sputnik O‘zbekiston
Tadbirkorlarga bank ustamasisiz, bozorga qaraganda ancha arzon kredit olish imkoniyati yaratiladi.
2023-03-23T15:59+0500
2023-03-23T15:59+0500
2023-03-23T15:59+0500
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
tadbirkor
bank
iqtisod
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/17/33157507_0:63:1205:740_1920x0_80_0_0_a93568d538c277de2c2210a849647aef.jpg
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. 1-apreldan 130 million dollar mablag‘ banklar ishtirokisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadbirkorlarga ajratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.Qayd etilishicha, oziq-ovqat yetishtirishni ko‘paytirish uchun shu yilning o‘zida 6,2 trillion so‘m yangicha mexanizmlar asosida ajratiladi.Jumladan:Ushbu mablag‘lar mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va xarid qilish, texnika sotib olish uchun 10-yilgacha 14 foizdan ajratiladi.Shu bilan birga, intensiv bog‘ va tokzorlar, logistika obyektlari tayyor qurilib, tadbirkorlarga lizingga beriladi. Endi tadbirkor 20 foizini oldindan to‘laydi, qolgan 80 foizini 10-yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lab boradi.Bunda tadbirkorlar o‘z loyihalarini Qishloq xo‘jaligi vazirligining shaffof elektron platformasi orqali taqdim qiladi. Vazirlik loyihalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zi moliyalashtiradi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/17/33157507_66:0:1137:803_1920x0_80_0_0_bebc743996ca7125876f7aca8c9cf9bc.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston shavkat mirziyoyev tadbirkorlar kredit
o‘zbekiston shavkat mirziyoyev tadbirkorlar kredit
Endi ayrim tadbirkorlarga banklar ishtirokisiz mablag‘ ajratiladi
Tadbirkorlarga bank ustamasisiz, bozorga qaraganda ancha arzon kredit olish imkoniyati yaratiladi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. 1-apreldan 130 million dollar mablag‘ banklar ishtirokisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadbirkorlarga ajratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish, bahorgi ekin mavsumini samarali tashkil etish bo‘yicha asosiy vazifalar muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, oziq-ovqat yetishtirishni ko‘paytirish uchun shu yilning o‘zida 6,2 trillion so‘m yangicha mexanizmlar asosida ajratiladi.
qishloq xo‘jaligi jamg‘armasidan meva-sabzavotchilikning aylanma mablag‘lari uchun 700 milliard so‘m ajratiladi;
aholiga berilgan yerlarda ko‘chat, urug‘, o‘g‘it va texnika yetkazib berish uchun jami 500 milliard so‘m beriladi.
“1 apreldan 130 million dollar mablag‘ banklar ishtirokisiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tadbirkorlarga ajratiladi. Bunda bank ustamasi bo‘lmaydi va tadbirkor bozorga qaraganda ancha arzon kredit olish imkoniga ega bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.
Ushbu mablag‘lar mahsulot yetishtirish, qayta ishlash va xarid qilish, texnika sotib olish uchun 10-yilgacha 14 foizdan ajratiladi.
Shu bilan birga, intensiv bog‘ va tokzorlar, logistika obyektlari tayyor qurilib, tadbirkorlarga lizingga beriladi. Endi tadbirkor 20 foizini oldindan to‘laydi, qolgan 80 foizini 10-yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lab boradi.
Bunda tadbirkorlar o‘z loyihalarini Qishloq xo‘jaligi vazirligining shaffof elektron platformasi orqali taqdim qiladi. Vazirlik loyihalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zi moliyalashtiradi.