Shavkat Umurzoqov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Umurzakov
Shavkat Umurzakov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2023
Obuna bo‘lish
Bungacha “O‘zavtosanoat” AJ kompaniyasi raisi bo‘lib kelgan Umurzoqov poytaxtga rahbarlik qiladi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Shavkat Umurzoqov poytaxt hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tasdiqlandi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Umurzoqov 2018-yilning iyun oyidan buyon "O‘zavtosanoat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shavkat Umurzoqov 1979-yilda tug‘ilgan. 2011-yilning iyun oyidan 2013-yilning sentabrigacha Toshkent viloyati prokuraturasida uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
2013-2018 yillarda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish departamentini boshqargan.
2022 yil 22-fevral kuni Shavkat Umurzoqov O‘zbekiston gimnastika federatsiyasi prezidenti etib saylangan.
Toshkentning sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev 16-yanvar kuni ishdan olingan edi. Uning o‘rniga hokimning birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi.
Yangiliklar lentasi
0