Rossiya va Xitoy birlashishi AQSh uchun qanday xavf tug‘diradi — siyosatchi javobi

© Depositphotos.com / RyzhovFlagi Rossii i Kitaya
Flagi Rossii i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2023
Obuna bo‘lish
Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori Mayk Pompeo: Oq uyning Xitoy yetakchisi Si Szinpinning Moskvaga tashrifini ahamiyatsiz qoldirishga urinishlari “katta strategik xato”dir.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi yaqinlashuv AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyatining strategik xatosidir. Bu haqda Amerika Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori va sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo Fox News telekanali efirida ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uyning Xitoy yetakchisi Si Szinpinning Moskvaga tashrifini ahamiyatsiz qoldirishga urinishlari “katta strategik xato”dir.

"Bayden ma’muriyati muvaffaqiyatsizlikka uchradi, ular ruslar va xitoyliklarning birlashishiga imkon berishdi va bu AQSh va har bir fuqaro uchun katta xavf tug‘diradi", - dedi Pompeo.

Uning ta’kidlashicha, hozirda BMT Xavfsizlik kengashining ikki doimiy a’zosi "AQShga qarshi birlashgan" va bu Vashington uchun salbiy oqibatlarga olib keladi.

"Bu ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik muhim, bu AQSh va mamlakatimiz bo‘ylab ish joylariga ta’sir qiladi va biz bunga qarshi kurashishga mutlaqo tayyor bo‘lishimiz kerak", - deya qo‘shimcha qildi sobiq davlat kotibi.

Si Szinpin Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan 20-22 mart kunlari davlat tashrifi bilan Moskvada bo‘ldi. Bu uning Xitoy raisi lavozimiga uchinchi muddatga saylangandan keyin amalga oshirgan ilk xorijiy safari edi. Ikki davlat yetakchilarining Kremldagi norasmiy uchrashuvi to‘rt soatdan ziyod davom etdi, 21-mart kuni rasmiy muzokaralar o‘tkazishdi.
Tashrif doirasida Rossiya-Xitoy iqtisodiy hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini 2030-yilgacha rivojlashtirishga oid qo‘shma bayonot imzolandi.
Putin va Si “Katta yurish”ni davom ettiradi
Yangiliklar lentasi
0