Rossiya Britaniyaning kam boyitilgan uraniga qanday javob qaytaradi?
22:10 23.03.2023 (yangilandi: 18:44 05.04.2023)
© AP Photo / Hidajet Delic30-millimetroviy broneboyniy snarad, soderjashiy obednenniy uran, kotoriy ispolzovalsya NATO vo vremya aviaudarov po Bosnii v 1995 godu
© AP Photo / Hidajet Delic
Obuna bo‘lish
Ukraina Qurolli kuchlari chekinayotgan, Moskva esa o‘zining qutratini yangi va kuchli do‘stlar bilan orttirayotgan vaziyatda, NATO vahimaga tushib eng falokatli yo‘lni tanlamoqda.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Britaniyaning Kiyev rejimiga kam boyitilgan uranli snaradlar yetkazib berishi Ukraina harbiy harakatlar teatrida kutilayotgan falokat va ko‘p qutbli dunyoning muqarrar shakllanishi oldidagi G‘arbning umidsizligidan dalolat beradi.
Rossiyaning yangi hududlarida bunday snaradlardan foydalanish UQK va NATOning muddati cheklanmagan harbiy jinoyati hisoblanadi, chunki jang maydonidagi zaharli uran changlari tinch aholi uchun asrlar davomida o‘ta zararli bo‘lib qoladi. Yadroviy-raketali Rossiya – Yugoslaviya emas va NATO urushni qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan munosib jazo muqarrar.
Maxsus harbiy operatsiya (MHO) hududida – Artemovsk, Avdeyevka va Seversk hududlaridagi Rossiya kuchlarining muvaffaqiyatlari, Rossiya-Xitoy hamkorligini mustahkamlash va RFning "Global janub" mamlakatlari tomonidan sezilarli qo‘llab-quvvatlanishi AQSh va uning limitroflarini vahima bosishiga sabab bo‘lmoqda. Vashingtonning G‘arb uchun qulay bo‘lgan, belgilanmagan "qoidalari"ga asoslangan odatiy tizimi barbod bo‘lmoqda. Kiyev rejimi Amerika proksi urushida yutqazmoqda.
Pentagon va ittifoqchilarning arsenallari shiddat bilan bo‘shab bormoqda. Gaagadagi qo‘g‘irchoq sudning Rossiyaga qarshi qarori ustidan insoniyatning 90 foizi kulmoqda. G‘arb davlatlarida sog‘lom fikrning ovozi tobora balandroq yangrab bormoqda, Ruminiya parlamenti esa allaqachon NATOdan chiqishni taklif qilgan. Tarixning bu qizg‘in nuqtasida Britaniya Ukrainaga L26A1 va L27A1 kam boyitilgan uranli kichik kalibrli zirh teshuvchi snaradlarni Challenger -2 tanklari uchun yubormoqda. Yetkazib berish muddati – mart oyining oxiri.
RF prezidenti Vladimir Putin kecha G‘arbning yadroviy qurolidan foydalanishiga Rossiya munosabat bildirishini ta’kidladi. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, “dunyo yadroviy to‘qnashuvga bir qadam yaqinlashdi”. Avvalroq, harbiy xavfsizlik va qurol nazorati bo‘yicha Venada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda (YeXHT forumi) Rossiya delegatsiyasi rahbari Konstantin Gavrilov UQKtomonidan NATOning uran yadroli snaradlarini qo‘llanishini Moskva Rossiyaga qarshi jirkanch yadroviy bombalar qo‘llanishi sifatida qabul qilishini ta’kidlagan edi, “buning esa o‘ziga yarasha javobi bor.Keyin biz sizni ogohlantirmadik, demang”.
MHO hududida Britaniya uranidan jangovar foydalanishga tezkor javob berish uchun RF qurolli kuchlari yuqori aniqlikda va uzoq masofaga zarba beruvchi qurollarning keng assortimentiga ega. Rossiya qurollarini tanlash Kremlning siyosiy qarorining darajasiga bog‘liq. Inglizlarni “Poseydon”dan jangovar maqsadda foydalanganida Temza darosi bo‘g‘zida balandligi “1000 fut bo‘lgan sunami”ni ko‘rish imkoniyati juda havotirlantiradi.
Yugoslaviya ssenariysi
Britaniya Rossiyaning uran snaradlari bilan bog‘liq ayblovlariga shunday javob berdi: “Britaniya armiyasi o‘nlab yillar davomida o‘zining zirhni teshuvchi snaradlarida zaiflashtirilgan urandan foydalanib keladi. Bu yadroviy qurolga hech qanday aloqasi bo‘lmagan standart komponent”. Shunga qaramay, Britaniya AQSh va Germaniyaga Kiyev rejimiga o‘z tanklari va piyoda jangovar mashinalari uchun zaiflashtirilgan uran o‘q-dorilarini yetkazib berish imkonini beruvchi vaziyatni yaratish payida. Amerikaliklar oldindan va’da qilgan va zamonaviyroq M1A2 o‘rniga M1A1 modifikatsiyasidagi 30 ta Abrams tanklarini kuzgacha ta’mirlash va Kiyevga yetkazib berish uchun imkon qadar tezlashgani bejizga emas.
Uran o‘zakli snaradlar Leopard-2, M1 Abrams, Challenger-2 tanklari, Bradley va Marder piyoda jangovar mashinalarida qo‘llaniladi. Nega NATO endi kam boyitilgan uranli o‘q-dorilariga tayanmoqda? Chunki ular UQKning halokatli holatini ko‘rib turibdi va ular qanday qilib bo‘lsa ham Ukraina va 50ta G‘arb donorlarining sharmandali harbiy mag‘lubiyatining oldini olishga urinishmoqda. Metallni kuydiradigan kumulyativ o‘q-dorilaridan farqli o‘laroq, kam boyitilgan uran o‘zakli metall (tezlik, massa va zichlik) tufayli zirhni samarali teshib o‘tadi. Uran sayyoradagi eng og‘ir elementlardan biri bo‘lib, zaiflashtirilgan uran yadroviy yoqilg‘i yoki yadro kallaklari ishlab chiqarishning qo‘shimcha mahsulotidir.
“Chellenjer” zambaragining old qismi o‘q otilishining aniqligini oshiradi va shu bilan birga dushman zirhini buzish uchun zarur bo‘lgan o‘qning dastlabki tezligini pasaytiradi. “Ovchi-mergan”(Hunter-Killer) rejimida Britaniya tanki 20 nishondan atigi 8 tasini uradi. L26 va L27 zaiflashtirilganuran yadroli Challenger -2 snaradlari 580 mm - 700 mm gacha bo‘lgan qalinlikdagi zirhni 2 km masofadan urishi mumkin.
Zamonaviy Amerika analogiM829A3 ham 700 mm gacha zirhni buza oladi. T-72B3 tankining frontal proeksiyasining himoyasi 590 mm, T-80U esa 780 mm. Rossiya T-90M ning xavfsizlik va jangovar kuchi ancha yuqori, mutaxassislar bitta Ural "Proriv" ini ikkita zamonaviy "Abrams" ga teng deb hisoblashadi. Biroq, bu muammoning mohiyati emas. Zaiflashtirilgan uran jangovar hududlarni doimiy muddatgazaharlaydi.
Britaniyaning L26 va L27 zirhni teshuvchi snaradlaridan foydalanish (Amerika va Germaniya analoglari) atrof-muhit va tinch aholi uchun halokatli oqibatlarga olib keladi. Kam boytilgan uran zarbasi havoga o‘ta zaharli radioaktiv zarralarni chiqaradi, ular 40 km dan ortiq masofaga oson nafas olinadigan chang shaklida tarqaladi. Ularning yarim parchalanish (yo‘q bo‘lib ketish) davri taxminan 4 milliard yilni tashkil qiladi. 1999-yilda Yugoslaviyaning "radioaktiv bombardimonidan" so‘ng Serbiyaning ko‘p qismlari huvillab qolgan.
Onkologiya statistikasi keskin o‘sdi. Birgina Pchinsk tumanida har yili 35 dan 50 yoshgacha bo‘lgan 800 ga yaqin odam (aholining taxminan bir foizi) saraton kasalligidan vafot etmoqda. Bu yerda 24-yil oldin Amerikaning A-10 Thunderbolt hujum samolyotlari Yugoslaviya qo‘shinlari pozitsiyalariga uran-238 va uran-236 bo‘lgan kassetali o‘q-dorilarni tashlagan edi.
Shimoliy Atlantika alyansi Yugoslaviyada 31 000 dan ortiq, jami 15 tonnaga yaqin zaiflashtirilgan uran o‘q-dorilarini ishlatgan. AQSh, Italiya, Chexiya, Gretsiya, Ispaniya va Belgiyadan kelgan "tinchlikparvarlar" ham azob chekishdi: yuzlab odamlar kasal bo‘lishdi va bir necha oy ichida o‘nlab odamlar onkologiyadan vafot etdi. Amerika askarlarining Pentagonga qilgan da’volari Xalqaro Sud tomonidan qabul qilinmadi. Italiya sudlari o‘n yil ichida Yugoslaviyaning uran o‘q-dorilari bilan "do‘stona" bombardimon qilinishi natijasida jabrlangan harbiy xizmatchilarning 253 ta da’vosini qanoatlantirdi.
BMTning Maxsus komissiyasi sabab-oqibat munosabatlarini o‘rnatolmadi. Biroq, 1999-yil may oyida OAVga oshkor qilingan BMTning maxfiy hisobotida zaiflashtirilganuran qurollari haqida shunday baho berilgan: “Bu turdagi o‘q-dorilar yadroviy chiqindilar, undan foydalanish juda xavfli va zararlidir”.
Iroqda tarix takrorlandi. Amerikaning nufuzli Military Watch Magazine nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 2003-yilda zaiflashtirilgan uran o‘q-dorilaridan foydalangandan so‘ng, shifokorlar leykemiya, o‘pka, miya, oshqozon osti bezi va jinsiy a’zolar saratoni ko‘payishini qayd etishgan. Tug‘ma mutatsiyalar soni ko‘p martaga oshgan.
Amerikaliklar ayniqsa, Al-Falluja shahrini zaiflashtirilgan uran bilan bombardimon qilishgan va 4800 nafar aholi ishtirokidagi so‘rovnoma professor Kris Basbini portlashlar va saraton kasalligining tez o‘sishi o‘rtasida bog‘liqlik bor degan xulosaga keltirdi: “Bunday effekt yaratish uchun 2004-yilda juda jiddiy mutagen ta’sir ko‘rsatilishi kerak edi”, aholi uchun oqibatlar “bomba va uranning ionlashtiruvchi nurlanish ta’siridan so‘ng Xirosimada omon qolganlarda bo‘lgan oqibatlarga o‘xshash” edi.
Shundan so‘ng, Moskva Kiyev rejimiga zaiflashtirilgan uran bilan NATO snaradlarini yetkazib berishga qanday munosabat bildirishi kerak? Rossiya o‘z qo‘shinlari yoki yangi hududlarning tinch aholisiga qarshi bunday qurol qo‘llanilishiga qanday munosabatda bo‘lishi mumkin? Eng yomon. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 21-mart kuni Xitoy rahbari Si Szinpin bilan qo‘shma matbuot anjumani chog‘ida G‘arb tomonidan Ukraina HHT da“adroviy komponentga ega qurol” qo‘llanilishiga Rossiyaning majburan munosabat bildirishi haqidagi bayonoti hech kimda illyuziyalar qoldirmasligi kerak.
Agar Vashington “gegemonlikni” saqlab qolish uchun Rossiya bilan “oxirgi ukraingacha” urushini “ohirgi yevropalik va amerikalikkacha” global mojarosiga aylantirmoqchi bo‘lsa, ehtimol “1000 futlik sunami”ni birinchi bo‘lib inglizlar emas, boshqalar ko‘radi.
Ko‘p qutbli dunyo haqiqatiga qaytish AQSh va Amerika chegarachilari uchun og‘riqli, ammo bu agressiv NATO blokining barcha mamlakatlariga turli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan, eng qattiq (yadroviy) jazoning muqobilidir.