Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rogov Melitopoldagi portlashni terakt deb atadi

© Sputnik / RIA NovostiChlen glavnogo soveta voyenno-grajdanskoy administratsii Zaporojskoy oblasti Vladimir Rogov. Arxivnoe foto
Chlen glavnogo soveta voyenno-grajdanskoy administratsii Zaporojskoy oblasti Vladimir Rogov. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2023
Obuna bo‘lish
Melitopolda 23-mart kuni ertalab ko‘chalardan birida qo‘lbola portlash moslamasi ishga tushdi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Zaporojye viloyati Melitopol shahridagi portlash uning ortida Ukraina maxsus xizmatlari turgan teraktdir. Bu haqda “Biz Rossiya bilanmiz” harakati raisi, viloyat ma’muriyati bosh kengashi a’zosi Vladimir Rogov ma’lum qildi.
“Bu, shubhasiz, uning ortida Ukraina maxsus xizmatlari turgan teraktdir. Zelenskiy rejimi yana bir bor o‘zining terrorchilik mohiyatini ko‘rsatdi. Ular shaharda osuda hayotni qayta tiklayotganlarni portlatib, xursand bo‘lishmoqda. Bu qo‘rqitish usuli va terrorchilarning ozod qilingan Zaporojye viloyati hududidagi vaziyatni izdan chiqarishga bo‘lgan urishini”, - dedi Rogov RIA Novosti bilan suhbatda.
Melitopolda 23-mart kuni ertalab ko‘chalardan birida qo‘lbola portlash moslamasi ishga tushdi. Natijada bir nafar politsiya xodimi jarohatlangan, hozir u kasalxonada. Hodisa joyida muxatassislar ish olib bormoqda.
Yangiliklar lentasi
0