Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 23-martning asosiy xabarlari

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishZashitniki Otechestva
Zashitniki Otechestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi LXRning Artemovka hamda Xarkov viloyatining Dvurechnaya va Berestovoe aholi punktlari hududlarida UQKning 70 nafar harbiy xizmatchisi, BMP, ikkita pikap, "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasi va AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimini tashkil qildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhi LXRning Chervonaya Dibrova, DXRning Yampolovka va Terni aholi punktlarii hududida dushmanning 80 dan ortiq harbiylari, ikkita zirhli texnikasi, uchta pikapi va D-30 gaubitsasini yo‘q qildi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi bo‘linmalari va artilleriyasining faol harakati natijasida 250 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, oltita tank, beshta zirhli jangovar mashina, yettita texnika va D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Lastochkino aholi punkti yaqinida UQKning 53-mexanizatsiyalashgan brigadasi o‘q-dori ombori yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Vostok" qo‘shinlari guruhi DXRning Ugledar va Novomixaylovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalariga zarba berdi. Dushmanning ushbu yo‘nalishlarda umumiy yo‘qotishlari 50 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, bitta pikap, uchta yengil avtomobil, shuningdek, D-20 va D-30 gaubitsalarini tashkil etdi.
Xerson yo‘nalishida kuniga 15 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi va beshta texnika yong‘in hujumi natijasida yo‘q qilindi.
Aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriya bir sutkada Ukraina Qurolli Kuchlarining 114 ta hududda joylashgan 76 ta artilleriya bo‘linmalarini yo‘q qildi.
Zaporoje viloyati Zaliznichnoe qishlog‘i yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 65-mexanizatsiyalashgan brigadasining yoqilg‘i-moylash materiallari ombori yo‘q qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyoti Xarkov viloyati Boguslavka qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-24 samolyotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari o‘tgan sutka davomida AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS reaktiv tizimining beshta raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, Lugansk Xalq Respublikasining Zaliman, Kreminnaya, Donetsk Xalq Respublikasining Vladimirovka, Vasilevka, Pavlovka, Xarkov viloyatining Berestovoe, Lozovaya va Xerson viloyatining Aleshki aholi punktlari hududlarida Ukraina Quroli kuchlarning 16ta uchuvchisiz apparati yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 404 ta samolyot, 224 ta vertolot, 3 544 ta uchuvchisiz uchish apparati, 414 ta zenit-raketa majmuasi, 8 384 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1 071 ta ko‘p sonli raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 4415 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 9073 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0