https://oz.sputniknews.uz/20230323/jahon-urushi-moskva23-konferentsiyasi-bilan-tugaydi-33167058.html
Jahon urushi “Moskva–23” konferensiyasi bilan tugaydi
Jahon urushi “Moskva–23” konferensiyasi bilan tugaydi
Sputnik O‘zbekiston
Kuni kecha shu yilning asosiy diplomatik voqeasi – Si Szinpinning Vladimir Putin bilan uch kunlik uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Bugun ko‘pchillik tashrifning ehtimoliy... 23.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-23T21:17+0500
2023-03-23T21:17+0500
2023-04-05T18:44+0500
kolumnistlar
xitoy
si szinpin
vladimir putin
g‘arb
oq uy
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/16/33122477_0:317:3078:2048_1920x0_80_0_0_c664a9eb789e892d663043a907c9f952.jpg
TOShKENT, 23 mar - Sputnik Xitoy va Rossiya rahbarlari nimalarga kelishib olgani tafsilotlari allaqachon faol tarzda muhokama qilinmoqda. Ushbu mulohazalar ancha uzoq davom etadi, qolaversa, faqatgina Moskva va Pekinda emas. Ammo, bugun, tasavvur qilinganidek, tashrifning ehtimoliy natijalari – mulohaza uchun eng qiziqarli mavzu.Eng mashhur yevroosiyoliklardan biri — Lev Nikolayevich Gumilov — Rossiya ilm-faniga “irodasi katta insonlar” (“lyudi dlinnoy voli”) tushunchasini olib kirgan. Aslida bu tushuncha o‘z uyini, oilasini tark etib va alohida yashashga majbur bo‘lgan, dashtu dalalar bo‘ylab kezib, kuch yordamida jon saqlashga harakat qilgan mo‘g‘ul yoshlari atamasi bo‘lgan. Ular hayotda o‘z o‘rnini topish uchun katta kuchlar orasida mohirona haraktalanishi, hayot qiyinchiliklarini yengib o‘tishga majbur bo‘lishgan. Muntazam birlashib borib, keyinchalik ular ulkan imperiyani yaratgan kuchga aylandi. Biroq, buning uchun ular dastlab mavjud turmush tarziga qarshi chiqishlari kerak bo‘lgan edi.Muzokaralarga xalal berishga urinish, keyin esa ushbu tashrifni yangiliklar kun tartibidan chetlatish – bular haqida gapirmasa ham bo‘ladi.Avvaliga Rossiya prezidentini aslida otishmalar ostidan olib chiqilgan bolalarni o‘g‘irlashda ayblashadi. Nima ham derdik, bu rus askarlarining ommaviy harbiy jinoyatlari haqidagi soxta narsalarning foydasizligini ko‘rsatadi - hatto xalqaro jinoiy sud ham bulg‘anmaslikka qaror qildi. Va umuman olganda, Yugoslaviya, Iroq, Liviya, Suriyadagi (ro‘yxat davom ettirish mumkin) urush me’morlarining gardaniga kimnidir insoniylik yetishmasligida ayblash tushmagan. Rossiya bolalarni qutqarmoqchi bo‘lgan joyda, G‘arb ularni o‘limga qoldirgan bo‘lardi.Shunday ekan, hatto Xalqaro jinoiy sudning qarori ham Si Szinpinning tashrifiga xalal bermadi. “Xayriyatki” na Xitoy, na Rossiya va hatto AQSh bu sudni tan oladi.Va nihoyat, bu urinishlarning yakuniy akkordi Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri o‘rinbosari baronessa Annabel Goldining Ukraina Qurolli Kuchlariga kam boyitilgan uranli snaradlar yetkazib berish haqidagi bayonoti bo‘ldi. Bu - Oq uyning Moskvadagi muzokaralardan so‘ng tinchlikka chaqiruvlarni qabul qilib bo‘lmasligi haqidagi so‘zlariga qo‘shimcha ravishda, Xitoyning tinchlik tashabbusiga amallar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob. Boshqacha aytganda, G‘arb urush istayotganini ochiq tan oldi.Ammo eng kulguli vaziyat Kiyev hukumatining Si Szinpinga telefon qilishga urinishlari bo‘ldi. Aftidan, Zelenskiyning ofisida o‘tirib faqat telefon gudoklarini eshitishgandek – hattoki, vashingtonlik xo‘jayinlariga nimadir qilib ta’sir ko‘rsatishlari uchun shikoyat qilishdi. Lekin hozircha – natijasiz.Bularning barchasi Xitoy rahbari to‘g‘ri ta’riflab o‘tgan uchrashuvga to‘sqinlik qilmadi: “Endi 100-yil davomida sodir bo‘lmagan o‘zgarishlar bor. Biz birga bo‘lsak, bu o‘zgarishlarni boshqaramiz”.G‘arbning rejalari asosida muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi: Rossiyani tiz cho‘ktirishi kerak bo‘lgan iqtisodiy bliskrig sodir bo‘lmadi. Xitoy bilan hamkorlikning rivojlanishi buni yaqqol tasdiqlaydi.Eski dunyo adolatsizligi tufayli nobud bo‘lmoqda. Ko‘p yillar davomida G‘arb ichkarida demokratik qadriyatlarga sodiqligini e’lon qilib, tashqariga zulmni tarqatdi. Bu erkinlik g‘oyasi savdosi edi, lekin g‘oya evaziga haqiqiy erkinlik berilishi kerak edi. Buning ortida esa - G‘arbga kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan hammasi. Bunday kelishuvdan qoniqmaganlar NATO bombardimonini kutishardi.Yangi dunyo uchun kurash hamon davom etadi va bu kurash oson bo‘lmaydi. Ammo u tashkil etilgandan keyin ham, agar dunyo tartibi yanada adolatli bo‘lishini istasak, nafaqat kuchga, balki manfaatlar muvozanatini saqlash qobiliyatiga ham tayanishimiz kerak bo‘ladi. Bu uning barqarorligini ta’minlashning yagona yo‘li.Ammo u bunday qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik uchun ham “katta irodasiga” ega.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/16/33122477_173:0:2904:2048_1920x0_80_0_0_1a04862ae3141f7c5ba7d31aa9729bcb.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
kolumnistlar, xitoy, si szinpin, vladimir putin, g‘arb, oq uy, rossiya
kolumnistlar, xitoy, si szinpin, vladimir putin, g‘arb, oq uy, rossiya
Jahon urushi “Moskva–23” konferensiyasi bilan tugaydi
21:17 23.03.2023 (yangilandi: 18:44 05.04.2023) Kuni kecha shu yilning asosiy diplomatik voqeasi – Si Szinpinning Vladimir Putin bilan uch kunlik uchrashuvi nihoyasiga yetdi. Bugun ko‘pchillik tashrifning ehtimoliy natijalari haqida mulohaza qilmoqda.
TOShKENT, 23 mar - Sputnik Xitoy va Rossiya rahbarlari nimalarga kelishib olgani tafsilotlari allaqachon faol tarzda muhokama qilinmoqda. Ushbu mulohazalar ancha uzoq davom etadi, qolaversa, faqatgina Moskva va Pekinda emas. Ammo, bugun, tasavvur qilinganidek, tashrifning ehtimoliy natijalari – mulohaza uchun eng qiziqarli mavzu.
Eng mashhur yevroosiyoliklardan biri — Lev Nikolayevich Gumilov — Rossiya ilm-faniga “irodasi katta insonlar” (“lyudi dlinnoy voli”) tushunchasini olib kirgan. Aslida bu tushuncha o‘z uyini, oilasini tark etib va alohida yashashga majbur bo‘lgan, dashtu dalalar bo‘ylab kezib, kuch yordamida jon saqlashga harakat qilgan mo‘g‘ul yoshlari atamasi bo‘lgan. Ular hayotda o‘z o‘rnini topish uchun katta kuchlar orasida mohirona haraktalanishi, hayot qiyinchiliklarini yengib o‘tishga majbur bo‘lishgan. Muntazam birlashib borib, keyinchalik ular ulkan imperiyani yaratgan kuchga aylandi. Biroq, buning uchun ular dastlab mavjud turmush tarziga qarshi chiqishlari kerak bo‘lgan edi.
Qandaydir ma’noda, shu hafta Moskvada “katta irodaga ega insonlar” uchrashdi: Rossiya ham, Xitoy ham jahon hamjamiyatini qanday tashkil qilish kerakligi haqida muqobil nuqtayi nazarni shakllantirib, “qoidalarga asoslangan tartib”ga qarshi chiqishmoqda. Bunday qadamlar, tabiiyki, hozirgi “aslzodalar” – AQSh va uning Yevropadagi ittifoqchilariga xush kelmaydi.
Muzokaralarga xalal berishga urinish, keyin esa ushbu tashrifni yangiliklar kun tartibidan chetlatish – bular haqida gapirmasa ham bo‘ladi.
Avvaliga Rossiya prezidentini aslida otishmalar ostidan olib chiqilgan bolalarni o‘g‘irlashda ayblashadi. Nima ham derdik, bu rus askarlarining ommaviy harbiy jinoyatlari haqidagi soxta narsalarning foydasizligini ko‘rsatadi - hatto xalqaro jinoiy sud ham bulg‘anmaslikka qaror qildi. Va umuman olganda, Yugoslaviya, Iroq, Liviya, Suriyadagi (ro‘yxat davom ettirish mumkin) urush me’morlarining gardaniga kimnidir insoniylik yetishmasligida ayblash tushmagan. Rossiya bolalarni qutqarmoqchi bo‘lgan joyda, G‘arb ularni o‘limga qoldirgan bo‘lardi.
Shunday ekan, hatto Xalqaro jinoiy sudning qarori ham Si Szinpinning tashrifiga xalal bermadi. “Xayriyatki” na Xitoy, na Rossiya va hatto AQSh bu sudni tan oladi.
Shundan so‘ng yanada g‘alati ishga qo‘l urishga qaror qilishdi – Kiyevga Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi. Bir sharq mehmonini boshqa biri bilan muvozanatlashga urinish ishonchsiz ko‘rinadi, ammo bu tushunarli: bu Pekinga uning biqinida yana bir Amerika malayi borligini anglatadi.
Va nihoyat, bu urinishlarning yakuniy akkordi Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri o‘rinbosari baronessa Annabel Goldining Ukraina Qurolli Kuchlariga kam boyitilgan uranli snaradlar yetkazib berish haqidagi bayonoti bo‘ldi. Bu - Oq uyning Moskvadagi muzokaralardan so‘ng tinchlikka chaqiruvlarni qabul qilib bo‘lmasligi haqidagi so‘zlariga qo‘shimcha ravishda, Xitoyning tinchlik tashabbusiga amallar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob. Boshqacha aytganda, G‘arb urush istayotganini ochiq tan oldi.
Ammo eng kulguli vaziyat Kiyev hukumatining Si Szinpinga telefon qilishga urinishlari bo‘ldi. Aftidan, Zelenskiyning ofisida o‘tirib faqat telefon gudoklarini eshitishgandek – hattoki, vashingtonlik xo‘jayinlariga nimadir qilib ta’sir ko‘rsatishlari uchun shikoyat qilishdi. Lekin hozircha – natijasiz.
Bularning barchasi Xitoy rahbari to‘g‘ri ta’riflab o‘tgan uchrashuvga to‘sqinlik qilmadi: “Endi 100-yil davomida sodir bo‘lmagan o‘zgarishlar bor. Biz birga bo‘lsak, bu o‘zgarishlarni boshqaramiz”.
“Moskva-23” — aslida dunyoning mojarodan keyingi tuzilishining konturlarini belgilab beruvchi yangi Tehron konferensiyasidir. Va bunda gap Kiyev rejimiga qarshi kurash haqida emas, balki G‘arb bilan ancha muhim qarama-qarshilik borasida. Ha, kelajakda ishtirokchilar ro‘yxatini kengaytirish kerak bo‘ladi. Ha, g‘alaba sari hali ko‘p yo‘l bor, chunki Ukraina bilan hammasi tugamasligi mumkin. AQSh va uning ittifoqchilari qasos olishga harakat qilishlari ehtimoli yuqori: dunyo bo‘ylab ko‘plab potensial mojaro nuqtalari mavjud. Ammo eski dunyo qo‘riqchilarining aniq muammolari allaqachon ma’lum - bu butun NATO blokining Ukrainadagi Rossiyaga qarshi tura olmayotgani, iqtisodiy muammolar chuqurlashib borayotgan inqiroz va ba’zi G‘arb mamlakatlari aholisining ichki noroziligidan dalolat beradi.
G‘arbning rejalari asosida muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi: Rossiyani tiz cho‘ktirishi kerak bo‘lgan iqtisodiy bliskrig sodir bo‘lmadi. Xitoy bilan hamkorlikning rivojlanishi buni yaqqol tasdiqlaydi.
Eski dunyo adolatsizligi tufayli nobud bo‘lmoqda. Ko‘p yillar davomida G‘arb ichkarida demokratik qadriyatlarga sodiqligini e’lon qilib, tashqariga zulmni tarqatdi. Bu erkinlik g‘oyasi savdosi edi, lekin g‘oya evaziga haqiqiy erkinlik berilishi kerak edi. Buning ortida esa - G‘arbga kerak bo‘lishi mumkin bo‘lgan hammasi. Bunday kelishuvdan qoniqmaganlar NATO bombardimonini kutishardi.
Yangi dunyo uchun kurash hamon davom etadi va bu kurash oson bo‘lmaydi. Ammo u tashkil etilgandan keyin ham, agar dunyo tartibi yanada adolatli bo‘lishini istasak, nafaqat kuchga, balki manfaatlar muvozanatini saqlash qobiliyatiga ham tayanishimiz kerak bo‘ladi. Bu uning barqarorligini ta’minlashning yagona yo‘li.
Ammo u bunday qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik uchun ham “katta irodasiga” ega.