"Halokat chamadoni"da nimalar bo‘lishi kerak?

Obuna bo‘lish
Favqulodda vaziyatda eng kerakli shaxsiy buyumlar ro‘yxati bilan batafsil infografikamizda tanishing.
Yer qimirlashi, yong‘inlarva boshqa turli tabiiy va favqulodda haolatlar sodir bo‘lganda, inson o‘y uyini zudlik bilan tark etishga majbur bo‘lishi mumkin.
Ana shunday vaziyatda barcha kerakli buyumlarni to‘plash uchun vaqt juda kam bo‘ladi. Sputnik O‘zbekiston Favqulodda Vaziyatlar vazirligi bilan maslahatlashgan holda shaxsiy favqulodda buyumlar to‘plami haqida infografika tayyorladi.
Unda FV sodir bo‘lganda xavfli joyni tezda tark etish vaqti kishi o‘zi bilan olib ketishi mumkin bo‘lgan, eng zarur buyumlar, hujjatlar, dorilar va boshqa kerakli narsalar ro‘yxati keltirilgan.
Alohida ta’kidlash joizki, bu standast buyumlar to‘plamidir, agar sizda qandli diabet, yurak xuruji, allergiya yoki boshqa surunkali kasallik bo‘lsa va doimiy ichib yuradigan dori vositalar talab etilsa, unda albatta ularni ham ushbu ro‘yxatga kiritish kerak.
Favqulodda vaziyatda eng kerakli buyumlar ro‘yxati bilan batafsil infografikamizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0