Epidemiya qayd etilgan mamlakatlar soni yana 4 taga ko‘paydi — JSST

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishLechenie bolnix s COVID-19
Lechenie bolnix s COVID-19    - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.03.2023
Obuna bo‘lish
Epidemiya qayd etilgan mamlakatlar soni jami 24 taga yetdi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Yana to‘rt mamlakatda vabo epidemiyasi qayd etildi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga (JSST) tayanib xabar berdi.
JSST hisobotiga ko‘ra, Yer yuzida vabo kasalligining tarqalish xavfi juda yuqori.

“2023 yil 11-fevraldan global vaziyat yomonlashmoqda. Epidemiya qayd etilgan mamlakatlar soni yana 4 taga ko‘payib, jami 24 taga yetdi”, — deyiladi tashkilot hujjatida.

Vabodan jabr ko‘rgan davlatlarning aksariyati Afrika va Yaqin Sharq mintaqasida joylashgan. Mutaxassislar mart oyida kuzatiladigan "Freddi" tropik sikloni tufayli endi Malavi va Mozambikda vaziyat yomonlashishi mumkinligidan xavotirda.
O‘z navbatida, xalqaro ekspertlar vaboga chalinganlar o‘rtasida o‘lim darajasi sezilarli darajada ortganini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0