https://oz.sputniknews.uz/20230323/abdulaziz-komilov-afgoniston-33139661.html
Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonga bordi — video
Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonga bordi — video
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Kobul ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, Afg‘oniston hududi orqali turli tranzit yuklarni tashish hajmini oshirish kabi masalalarni muhokama qildi.
2023-03-23T09:26+0500
2023-03-23T09:26+0500
2023-03-23T10:51+0500
siyosat
afg‘oniston
o‘zbekiston tiv
abdulaziz kamilov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/13/25450066_0:64:1280:784_1920x0_80_0_0_467c8ecd4fe4f73870585d78505d52b5.jpg
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Afg‘onistonda bo‘ldi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdul G‘ani Barodar, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy, mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi mulla Yoqub Mujohid, muvaqqat hukumatning boshqa a’zolari va iqtisodiy tuzilmalar vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.Unda Toshkent va Kobul ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, Afg‘oniston hududi orqali turli tranzit yuklarni tashish hajmini oshirish kabi masalalarni muhokama qildi.Muhim transport-energetika loyihalarini amalga oshirish, xususan, "Termiz–Mozori Sharif–Kobul–Peshovar" temir yo‘lini qurish, "Surxon–Puli-Xumri" yo‘nalishi bo‘ylab elektr tarmog‘ini tortish masalalari alohida ko‘rib chiqildi.Muloqotlar chog‘ida ayollar huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish, qizlarning Afg‘onistonda ta’lim olishini ta’minlash, shuningdek, Termiz shahridagi Ta’lim markazi negizida afg‘on kadrlarini tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.Uchrashuvlar doirasida suv-energetika sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/13/25450066_0:11:1280:971_1920x0_80_0_0_3b23f67a8cf9d2b946be92b050880baf.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
afg‘oniston o‘zbekiston abdulaziz komilov
afg‘oniston o‘zbekiston abdulaziz komilov
Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegatsiya Afg‘onistonga bordi — video
09:26 23.03.2023 (yangilandi: 10:51 23.03.2023) Toshkent va Kobul Afg‘oniston hududi orqali turli tranzit yuklarni tashish hajmini oshirish kabi masalalarni muhokama qildi.
TOShKENT, 23 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Afg‘onistonda bo‘ldi, deya xabar berdi
“Dunyo” AA. O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston bosh vaziri o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Mulla Abdul G‘ani Barodar, tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Amirxon Muttaqiy, mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi mulla Yoqub Mujohid, muvaqqat hukumatning boshqa a’zolari va iqtisodiy tuzilmalar vakillari bilan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.
Unda Toshkent va Kobul ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, Afg‘oniston hududi orqali turli tranzit yuklarni tashish hajmini oshirish kabi masalalarni muhokama qildi.
Muhim transport-energetika loyihalarini amalga oshirish, xususan, "Termiz–Mozori Sharif–Kobul–Peshovar" temir yo‘lini qurish, "Surxon–Puli-Xumri" yo‘nalishi bo‘ylab elektr tarmog‘ini tortish masalalari alohida ko‘rib chiqildi.
Tomonlar ishning amaliy bosqichiga tezroq o‘tish zarurligini ta’kidladilar va ikki tomonlama kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishga tayyor ekanliklarini tasdiqlashdi.
Muloqotlar chog‘ida ayollar huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish, qizlarning Afg‘onistonda ta’lim olishini ta’minlash, shuningdek, Termiz shahridagi Ta’lim markazi negizida afg‘on kadrlarini tayyorlash zarurligi ta’kidlandi.
Uchrashuvlar doirasida suv-energetika sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.