https://oz.sputniknews.uz/20230322/zaxarova-33123627.html
Zaxarova Britaniyani Ukrainani yo‘q qilish niyatidalikda aybladi
Zaxarova Britaniyani Ukrainani yo‘q qilish niyatidalikda aybladi
Sputnik O‘zbekiston
Avvalroq Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Annabel Goldi London Kiyevga zaiflashtirilgan uranli o‘q-dorilarni yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.
2023-03-22T12:26+0500
2023-03-22T12:26+0500
2023-04-05T18:44+0500
mariya zaxarova
ukraina
qurol-yarog‘
rossiya
buyuk britaniya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/16/33124514_0:0:2747:1546_1920x0_80_0_0_68354e1887386337b39b3e81ea42dbf5.jpg
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Buyuk Britaniyaning Kiyevga tarkibida zaiflashtirilgan uran bo‘lgan o‘q-dorilarni topshirish haqidagi bayonoti Ukrainadagi haqiqiy tajovuzkor kim ekanligini ko‘rsatdi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Sputnik radiosidagi mualliflik dasturi efirida ma’lum qildi.Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Londonning Kiyevga zaiflashtirilgan uranli snaradlarni yetkazib berish rejasi kollektiv G‘arbning Ukrainani batamom yo‘q qilish niyati borligidan dalolat beradi.Shuningdek, Rossiya TIV rasmiy vakili zaiflashtirilgan uranli snaradlardan foydalanish aholi hududini genotsid qilish ekanini qo‘shimcha qildi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Annabel Goldi London Kiyevga zaiflashtirilgan uranli o‘q-dorilarni yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/16/33124514_306:0:2747:1831_1920x0_80_0_0_6608ba127875e80eadba53128701f5cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
buyuk britaniya ukraina uran o‘q dori snarad zaiflashtirilgan uranli
buyuk britaniya ukraina uran o‘q dori snarad zaiflashtirilgan uranli
Zaxarova Britaniyani Ukrainani yo‘q qilish niyatidalikda aybladi
12:26 22.03.2023 (yangilandi: 18:44 05.04.2023) Rossiya TIV rasmiy vakili Londonning Kiyevga zaiflashtirilgan uranli o‘q-dorilarni yetkazib berishga tayyorligi borasidagi bayonotiga munosabat bildirdi.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Buyuk Britaniyaning Kiyevga tarkibida zaiflashtirilgan uran bo‘lgan o‘q-dorilarni topshirish haqidagi bayonoti Ukrainadagi haqiqiy tajovuzkor kim ekanligini ko‘rsatdi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Sputnik radiosidagi mualliflik dasturi efirida
ma’lum qildi. “Bu Ukraina atrofidagi vaziyatni tajovuz, mojaro va ziddiyatning yangi bosqichiga olib chiqish, sifatli yangi o‘lchov bag‘ishlashga qaratilgan Britaniyaning galdagi provokatsiyasi”, - dedi Zaxarova.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Londonning Kiyevga zaiflashtirilgan uranli snaradlarni yetkazib berish rejasi kollektiv G‘arbning Ukrainani batamom yo‘q qilish niyati borligidan dalolat beradi.
Shuningdek, Rossiya TIV rasmiy vakili zaiflashtirilgan uranli snaradlardan foydalanish aholi hududini genotsid qilish ekanini qo‘shimcha qildi.
“Ushbu turdagi qurollar (birlashtirilgan uran o‘q-dorilari) himoyalangan infratuzilma va zirhli transport vositalarini yo‘q qilishda o‘q-dorilarning kirib borish qobiliyatini oshirish uchun ishlatiladi. Ya’ni, an’anaviy o‘q-dorilar bilan taqqoslanmaydigan va inson salomatligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan zararli ta’sirni keltirib chiqarish uchun. Buni tushunadiganlar kam va men bunday bayonot bilan chiqqan britaniyalik xonim buning oqibatlardan to‘liq xabardor ekanligiga ishonchim komil emas", - deydi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Annabel Goldi London Kiyevga zaiflashtirilgan uranli o‘q-dorilarni yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qilgan edi.