https://oz.sputniknews.uz/20230322/uran-33130779.html
Serbiyalik yurist: Ukrainada uran qo‘llanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, bu harbiy jinoyat
Serbiyalik yurist: Ukrainada uran qo‘llanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, bu harbiy jinoyat
Sputnik O‘zbekiston
Yurist zaiflashtirilgan uranning yarim yemirilish davri 4,5 mlrd yilni tashkil etishini ta’kidladi. 22.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-22T17:33+0500
2023-03-22T17:33+0500
2023-03-22T17:59+0500
dunyoda
ukraina
buyuk britaniya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/16/33132161_0:240:2791:1809_1920x0_80_0_0_89e529b8742241384af06d0e7e991bf3.jpg
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Ukrainada G‘arbning zaiflashtirilgan uranli snaradlaridan foydalanish harbiy jinoyat bo‘ladi. Bu haqda serbiyalik advokat Srdjan Aleksich ma’lum qildi.Yurist zaiflashtirilgan uranning yarim yemirilish davri 4,5 mlrd yilni tashkil etishini ta’kidladi. Bu uran qo‘llanilgan hudud deyarli abadiy atrofni radiatsiya bilan zaharlashini anglatadi. Bunday holat NATOning Yugoslaviyani bombardimon qilgan paytda ham ro‘y bergandi.“Alyans bombardirovka chog‘ida 15 tonna zaiflashtirilgan uran tashlaganini tan oladi, biroq, Serbiya ma’lumotlariga ko‘ra, u ko‘proq bo‘lgan. Hatto 15 tonna - bu Xirosima va Nagasakida bo‘lgandan ko‘ra 100-marta ko‘proq radiatsiya”, - dedi u.Aleksichning so‘zlariga ko‘ra, uran Serbiya aholisida saraton kasalligini keltirib chiqargan. Bundan tashqari, mamlakatning ko‘plab aholisi bepushtlik va bolalar kasalliklardan aziyat chekadi.1999 yil 24-mart kuni NATO Yugoslaviyani bombardimon qilgan, nafaqat harbiylarga, balki tinch aholiga ham hujum qilgan. Hujum chog‘ida 2,5 ming kishi, jumladan, 87 bola halok bo‘lgan.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Annabel Goldi London Kiyevga zaiflashtirilgan uranli o‘q-dorilarni yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin Ukrainaga zaiflashtirilgan uranli o‘q-dori yetkazib berish keng ko‘lamdagi fojiaga olib kelishi va birinchi navbatda Yevropaga ta’sir qilishini ma’lum qildi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa Britaniyani Ukrainani yo‘q qilish niyatidalikda aybladi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/16/33132161_29:0:2760:2048_1920x0_80_0_0_741ec45b0f077eedf54d01f4a2bd84dd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, ukraina, buyuk britaniya
dunyoda, ukraina, buyuk britaniya
Serbiyalik yurist: Ukrainada uran qo‘llanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak, bu harbiy jinoyat
17:33 22.03.2023 (yangilandi: 17:59 22.03.2023) Yurist zaiflashtirilgan uranning yarim yemirilish davri 4,5 mlrd yilni tashkil etishini ta’kidladi.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Ukrainada G‘arbning zaiflashtirilgan uranli snaradlaridan foydalanish harbiy jinoyat bo‘ladi. Bu haqda serbiyalik advokat Srdjan Aleksich ma’lum qildi.
“Zaiflashtirilgan uranli snaradlar qo‘llanadigan Ukraina hududidagi bechora odamlarga achinaman. Bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak, uning harbiy qo‘llanishi taqiqlanishi shart, bu harbiy jinoyat”, - dedi Aleksich RIA Novostiga bergan
intervyusida.Yurist zaiflashtirilgan uranning yarim yemirilish davri 4,5 mlrd yilni tashkil etishini ta’kidladi. Bu uran qo‘llanilgan hudud deyarli abadiy atrofni radiatsiya bilan zaharlashini anglatadi. Bunday holat NATOning Yugoslaviyani bombardimon qilgan paytda ham ro‘y bergandi.
“Alyans bombardirovka chog‘ida 15 tonna zaiflashtirilgan uran tashlaganini tan oladi, biroq, Serbiya ma’lumotlariga ko‘ra, u ko‘proq bo‘lgan. Hatto 15 tonna - bu Xirosima va Nagasakida bo‘lgandan ko‘ra 100-marta ko‘proq radiatsiya”, - dedi u.
Aleksichning so‘zlariga ko‘ra, uran Serbiya aholisida saraton kasalligini keltirib chiqargan. Bundan tashqari, mamlakatning ko‘plab aholisi bepushtlik va bolalar kasalliklardan aziyat chekadi.
1999 yil 24-mart kuni NATO Yugoslaviyani bombardimon qilgan, nafaqat harbiylarga, balki tinch aholiga ham hujum qilgan. Hujum chog‘ida 2,5 ming kishi, jumladan, 87 bola halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Annabel Goldi London Kiyevga zaiflashtirilgan uranli o‘q-dorilarni yetkazib berishga tayyorligini ma’lum qilgan edi. Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin Ukrainaga zaiflashtirilgan uranli o‘q-dori yetkazib berish keng ko‘lamdagi fojiaga olib kelishi va birinchi navbatda Yevropaga ta’sir qilishini
ma’lum qildi. Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova esa Britaniyani Ukrainani yo‘q qilish niyatidalikda
aybladi.