Ulkan globus va 50 metrli quyosh soati — Mirzo Ulug‘bek haqida 5 ta fakt

CC BY-SA 3.0 / LoggaWiggler / Pamatnik Ulugbeku v SamarkandePamatnik Mirzo Ulugbeku v Samarkande.
Pamatnik Mirzo Ulugbeku v Samarkande. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2023
Obuna bo‘lish
Atoqli davlat arbobi, matematik va astronom olim Mirzo Ulug‘bek haqida 5 ta fakt haqida Sputnik materialida o‘qing.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Bugun 22-mart – Mirzo Ulug‘bek tavallud topgan kun. Ulug‘bek hokimiyatni boshqarar ekan, 40-yil davomida madrasalar qurib, ilm arboblariga homiylik qildi, shuningdek, buyuk matematik, astronom degan ulug‘ nomlarga sazovor bo‘ldi.
Atoqli davlat arbobi, matematik va astronom olim Mirzo Ulug‘bek haqida 5 ta fakt haqida Sputnik materialida o‘qing.
Ulug‘bek boshqaruv ishlarini 15 yoshidan boshlagan
Mirzo Ulug‘bek 15 yoshida 1409-yilda Movarounnahrni idora etishni Turkiston viloyati bilan birga Shohmalik yordamida boshqargan. U 19 yoshidan Movarounnahrga mustaqil idora etgan. U hokimiyatni boshqarar ekan, 40-yil davomida madrasalar qurib, ilm arboblariga homiylik qildi, shuningdek, buyuk matematik, astronom degan ulug‘ nomlarga sazovor bo‘ldi.
© Mirzo Ulug‘bek muzeyi Mirzo Ulug‘bek
Mirzo Ulug‘bek  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2023
Harbiy yurishdagi “arg‘ay o‘t” usuli Mirzo Ulug‘bekka g‘alaba olib keldi
Ulug‘bek o‘z hukmronligi davomida 2-marta yirik harbiy yurish qildi. U 1425-yili o‘zining Mo‘g‘ulistonga qilgan birinchi yirik harbiy yurishi chog‘ida qo‘shin miqdori haqida dushman noto‘g‘ri tasavvurga ega bo‘lishi uchun har bir jangchisiga tunda besh yerda gulxan yoqishni buyurgan.
Ulug‘bek qo‘llagan bu usul harbiy san’atda arg‘ay o‘t (mo‘g‘ulcha arg‘a – aldash, turkcha – o‘t, olov) deb nomlanadi. U dushmanni chalg‘itish maqsadida qo‘shin miqdorini bo‘rttirib, ko‘paytirib ko‘rsatish uchun ishlatiladi. Yurish Ulug‘bek g‘alabasi bilan tugagan.
© Mirzo Ulug‘bek muzeyi Mirzo Ulug‘bek
Mirzo Ulug‘bek  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2023
Ulug‘bek Samarqandda ikkita madrasada dars bergan
Ulug‘bek Registon ansambli tarkibida va ikkinchisi Go‘ri Amir ansambli tarkibida ikkita madrasa barpo etgan. Boshqa yirik olimlar qatorida Ulug‘bekning o‘zi ham bu madrasalarning har birida haftada bir marotaba ma’ruza o‘qigan.
CC BY-SA 4.0 / Igor Pinigin / Ulugh Beg's Astronomic ObservatorySoxranivshayasya podzemnaya chast glavnogo kvadranta observatorii Ulugbeka
Soxranivshayasya podzemnaya chast glavnogo kvadranta observatorii Ulugbeka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2023
Ulkan globus va 50 metrli quyosh soati
Mirzo Ulug‘bek Samarqandda observatoriya qurib, yulduzlarni tekshirdi, "Ziji Ko‘ragoniy" nomli yulduzlar xaritasini tuzdi. XV asrda Samarqanddagi Mirzo Ulug‘bek qurdirgan rasadxonada kattagina globus bo‘lgan. Unda iqlimlarning chegaralari, tog‘lar, cho‘llar, dengizlar va darolar ko‘rsatilgan.
© Mirzo Ulug‘bek muzeyi Mirzo Ulug‘bek
Mirzo Ulug‘bek  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2023
O‘sha vaqt dunyodagi ikkinchi globusni Samarqand astronomlari yasashgan. Ulug‘bekning o‘limidan keyin u mutaassiblar tomonidan yo‘qotilgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, Ulug‘bek Samarqandda balandligi 50 metrli quyosh soati yasagan. Ushbu noyob soat ham saqlanib qolmagan.
Chinnidan saroy
XV asrning 40-yillarida Ulug‘bek Samarqandning Cho‘ponota tepaligida, devorlari chinnidan saroy bunyod ettirgan. Ulug‘bek va boshqa olimlar saroyda samoviy kuzatuv, ilmiy tadqiqotlardan so‘ng hordiq chiqarishgan. Chinnixonaning ko‘shkida rangli shishalar ishlatilgan. Arxeologik qazishmalar jarayonida Chinnixonadan topilgan tosh taxtachalardan biriga “baxtli bo‘l” yozuvi borligi aniqlangan.
Yangiliklar lentasi
0