https://oz.sputniknews.uz/20230322/shimoliy-oqim-33133936.html
Shols AQShga “Shimoliy oqimlardagi” hodisa ma’lumotlarini yashirishda yordam bermoqda - Xersh
Shols AQShga “Shimoliy oqimlardagi” hodisa ma’lumotlarini yashirishda yordam bermoqda - Xersh
Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Germaniya kansleri Olaf Shols kuzdan buyon “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlaridagi qo‘poruvchilik haqidagi ma’lumotlarni... 22.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-22T18:50+0500
2023-03-22T18:50+0500
2023-03-22T18:50+0500
dunyoda
shimoliy oqim-2
olaf shols
aqsh
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0e/29955737_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_a5a762650f8ea64b2abbd710b84e371c.jpg
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Germaniya kansleri Olaf Shols kuzdan buyon “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlaridagi qo‘poruvchilik haqidagi ma’lumotlarni yashirishda yordam bergan. Bu haqda amerikalik publitsist Seymur Xersh o‘z manbalariga tayangan holda ma’lum qildi.“Ta’kidlash joizki, kansler Shols <...> aftidan, o‘tgan yil kuzidan beri Bayden (AQSh prezidenti Jo Bayden) ma’muriyatiga Boltiq dengizidagi operatsiya yashirishda ko‘maklashib kelmoqda”, - deyiladi Xershning “Substack” platformasida chop etilgan maqolasida.“Mart boshida prezident Bayden Vashingtonda Germaniya kansleri Olaf Sholsni qabul qildi. <...> O‘shandan buyon biror bir hukumat tomonidan chop etilgan bayonot yoki yozma kelishuvlar ma’lum qilinmadi, biroq menga diplomatik ma’lumotlardan foydalanish imkoni bo‘lgan manba ular gaz quvurlaridagi fosh qilish (qo‘poruvchiliklar) masalalarini muhokama qilishganini aytdi”, - deya ta’kidlagan amerikalik jurnalist.Jurnalist va Pulitser mukofoti sovrindori Seymur Xersh 8-fevral kuni Vashingtonning “Shimoliy oqimlar”dagi portlashlarga aloqadorligi haqida maqola chop etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik g‘avvoslar NATO mashg‘ulotlari chog‘ida portlovchi moddalarni o‘rnatishgan, portlatish to‘g‘risidagi qarorni esa shaxsan AQSh prezidenti Jo Bayden milliy xavfsizlik jamoasi bilan to‘qqiz oylik muhokamalardan so‘ng qabul qilgan.AQSh "Shimoliy oqim"larni portlatib o‘z oyog‘iga bolta urdi - amerikalik jurnalist
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0b/0e/29955737_7:0:2738:2048_1920x0_80_0_0_5a861d16b32fc3765d4b57311744649c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, shimoliy oqim-2, olaf shols, aqsh
dunyoda, shimoliy oqim-2, olaf shols, aqsh
Shols AQShga “Shimoliy oqimlardagi” hodisa ma’lumotlarini yashirishda yordam bermoqda - Xersh
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Germaniya kansleri Olaf Shols kuzdan buyon “Shimoliy oqim” va “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlaridagi qo‘poruvchilik haqidagi ma’lumotlarni yashirishda yordam bergan. Bu haqda amerikalik publitsist Seymur Xersh o‘z manbalariga tayangan holda ma’lum qildi.
“Ta’kidlash joizki, kansler Shols <...> aftidan, o‘tgan yil kuzidan beri Bayden (AQSh prezidenti Jo Bayden) ma’muriyatiga Boltiq dengizidagi operatsiya yashirishda ko‘maklashib kelmoqda”, - deyiladi Xershning
“Substack” platformasida chop etilgan maqolasida.
“Mart boshida prezident Bayden Vashingtonda Germaniya kansleri Olaf Sholsni qabul qildi. <...> O‘shandan buyon biror bir hukumat tomonidan chop etilgan bayonot yoki yozma kelishuvlar ma’lum qilinmadi, biroq menga diplomatik ma’lumotlardan foydalanish imkoni bo‘lgan manba ular gaz quvurlaridagi fosh qilish (qo‘poruvchiliklar) masalalarini muhokama qilishganini aytdi”, - deya ta’kidlagan amerikalik jurnalist.
Jurnalist va Pulitser mukofoti sovrindori Seymur Xersh 8-fevral kuni Vashingtonning “Shimoliy oqimlar”dagi portlashlarga aloqadorligi haqida maqola chop etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik g‘avvoslar NATO mashg‘ulotlari chog‘ida portlovchi moddalarni o‘rnatishgan, portlatish to‘g‘risidagi qarorni esa shaxsan AQSh prezidenti Jo Bayden milliy xavfsizlik jamoasi bilan to‘qqiz oylik muhokamalardan so‘ng qabul qilgan.