https://oz.sputniknews.uz/20230322/neyron-tarmoqlar-kasb-33125441.html
Kelajakda neyron tarmoqlar ko‘plab kasb egalarini ishsiz qoldirishi mumkin — tadqiqot
Kelajakda neyron tarmoqlar ko‘plab kasb egalarini ishsiz qoldirishi mumkin — tadqiqot
Sputnik O‘zbekiston
Ayrim kompaniya vakillari allaqachon ChatGPT sun’iy intellektni tushunadigan xodimlarni qidirishni boshlagan.
2023-03-22T13:16+0500
2023-03-22T13:16+0500
2023-04-05T18:44+0500
rossiya
sun’iy intellekt
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27462621_280:0:3921:2048_1920x0_80_0_0_962fe45e225b2c8fa6528e065d65f438.jpg
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Kelajakda neyron tarmoqlar ko‘plab mutaxassislarni, jumladan, dizaynerlar, kopirayterlar, marketologlar, dasturchilarni ishsiz qoldirishi mumkin, deya xabar berdi RIA Novosti.Qayd etilishicha, hozirda neyron tarmoqlar, ehtimol, kelajakda bir qator kasblar bo‘yicha mutaxassislarni to‘liq almashtirishi mumkinligi haqida qizg‘in muhokamalar davom etmoqda.Rossiyadagi kompaniyalar rahbarlari va tashkilotlardagi bo‘lim boshliqlari ishtirok etgan so‘rov natijasiga ko‘ra, respondentlarning 18 foizi bu sodir bo‘lishiga ishonchi komil va deyarli yarmi (47 foiz) bu ehtimol, lekin yaqin kelajakda emas, deb hisoblaydi. Yana 24 % neyron tarmoq xodimni to‘liq o‘rnini bosa olmaydi, lekin u bir qator vazifalarni hal qilishda yordam beradi, degan fikrda.Sun’iy intellekt imkoniyatlariga ishongan tadqiqot ishtirokchilarining fikriga ko‘ra, kelajakda neyron tarmoq dizayn, marketing, dasturlash va logistika, buxgalteriya, savdo, HR, moliya, sotsiologiya, huquqshunosik, jurnalistika, o‘qituvchilik kabi kasblarning o‘rnini bosadi.Bundan tashqari, tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, respondentlarning 55 foizi ChatGPT sun’iy intellektli chat-botdan xabardor. Shuningdek, ish beruvchilarning 22 foizi ChatGPT ni tushunadigan xodimlarni qidirmoqda.Asosan, bunday xodimlar IT sohalarida moliya va qurilish, avtomobil biznesi, sanoat, marketing, xizmat ko‘rsatish, sotish, tibbiyot va energetika sohasida ishlaydigan kompaniyalarda qidirilmoqda.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/19/27462621_735:0:3466:2048_1920x0_80_0_0_d944a1948a89753b531eb8e834dffe3f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya neyron tarmoqlar chatgpt xakida haqida
rossiya neyron tarmoqlar chatgpt xakida haqida
Kelajakda neyron tarmoqlar ko‘plab kasb egalarini ishsiz qoldirishi mumkin — tadqiqot
13:16 22.03.2023 (yangilandi: 18:44 05.04.2023) Ayrim kompaniya vakillari allaqachon ChatGPT sun’iy intellektni tushunadigan xodimlarni qidirishni boshlagan.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Kelajakda neyron tarmoqlar ko‘plab mutaxassislarni, jumladan, dizaynerlar, kopirayterlar, marketologlar, dasturchilarni ishsiz qoldirishi mumkin, deya xabar berdi
RIA Novosti. Qayd etilishicha, hozirda neyron tarmoqlar, ehtimol, kelajakda bir qator kasblar bo‘yicha mutaxassislarni to‘liq almashtirishi mumkinligi haqida qizg‘in muhokamalar davom etmoqda.
Rossiyadagi kompaniyalar rahbarlari va tashkilotlardagi bo‘lim boshliqlari ishtirok etgan so‘rov natijasiga ko‘ra, respondentlarning 18 foizi bu sodir bo‘lishiga ishonchi komil va deyarli yarmi (47 foiz) bu ehtimol, lekin yaqin kelajakda emas, deb hisoblaydi. Yana 24 % neyron tarmoq xodimni to‘liq o‘rnini bosa olmaydi, lekin u bir qator vazifalarni hal qilishda yordam beradi, degan fikrda.
Sun’iy intellekt imkoniyatlariga ishongan tadqiqot ishtirokchilarining fikriga ko‘ra, kelajakda neyron tarmoq dizayn, marketing, dasturlash va logistika, buxgalteriya, savdo, HR, moliya, sotsiologiya, huquqshunosik, jurnalistika, o‘qituvchilik kabi kasblarning o‘rnini bosadi.
Bundan tashqari, tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, respondentlarning 55 foizi ChatGPT sun’iy intellektli chat-botdan xabardor. Shuningdek, ish beruvchilarning 22 foizi ChatGPT ni tushunadigan xodimlarni qidirmoqda.
Asosan, bunday xodimlar IT sohalarida moliya va qurilish, avtomobil biznesi, sanoat, marketing, xizmat ko‘rsatish, sotish, tibbiyot va energetika sohasida ishlaydigan kompaniyalarda qidirilmoqda.