Polshaning MiG-29 va Makedoniyaning Su-25 samolyotlari Ukrainaga yordam bermaydi

CC BY 4.0 / Julian Herzog / Polish Air Force Mikoyan-Gurevich MiG-29AMig-29 polskix VVS na Berlinskom aviasalone.
Mig-29 polskix VVS na Berlinskom aviasalone. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2023
Obuna bo‘lish
Ukrainadagi harbiy mojaroda Rossiya barcha kerakli vositalar, huquqlar va erkinlik darajasiga ega bo‘lgan holda o‘zini himoya qilmoqda va u yarim yo‘lda to‘xtamaydi.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. G‘arbning Kiyev rejimiga eskirgan qurollarni yetkazib berishi "mustaqil" aholining kamayishiga va Ukraina davlatchiligining o‘z joniga qasd qilishiga samarali yordam beradi. Polshaning MiG-29 va Makedoniyaning Su-25 samolyotlari – NATOning “eski buyumlarni” UQKning qurbonligiga aylatirishiga misoldir.
20 mart kuni Pentagon o‘z arsenalidan 350 mln dollarlik yangi o‘q-dorilar partiyasini yetkazib berishini e’lon qildi. Summa nisbatan kichik, 70 ming 155-mm artilleriya snaradlariga teng va bu UKQning oylik normasi. Uning tarkibiga: daryo patrul katerlari, HIMARS reaktiv snaradlar, HARM antiradar raketalari, 155-mm artilleriya snaradlari, 81-mm minomotlar va AT4 granatamotlari, shuningdek, o‘q-dorilar kiradi.
Kiyev uzoq kutgan F-16 qiruvchi samolyotlari Pentagonning sovg‘alar ro‘yxatida ko‘rinmadi. Lekin Varshava Kiyevga va’da qilingan yigirmata samolyotdan birinchi to‘rtta MiG-29 qiruvchisini topshirdi. Polsha armiyasi 22 ta MiG-29A va Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan oltita MiG-29UB bilan qurollangan. Bu samolyotlar 2002-yilda Germaniyadan 1 yevroga sotib olingan edi.

Bunga yonma-yon ravishda Slovakiya Ukrainaga Slovakiya armiyasi tomonidan hisobdan chiqarilgan 13 ta MiG-29 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berishga tayyorligini tasdiqladi (buning uchun Bratislava 900 mln dollar tovon puli oladi). Avvalroq Shimoliy Makedoniya Kiyevga 22-yil avval “mustaqil” Ukrainadan sotib olingan, kapital ta’mirlanishi kerak bo‘lgan to‘rtta Su-25 hujumchi samolyotlarini topshirgan edi.

Ukraina Havo-harbiy kuchlari qo‘mondoni Sergey Golubsov TheTimes gazetasiga bergan intervyusida “Biz F-16 ni kutgunimizcha mening eng yaxshi uchuvchilarim halok bo‘lmoqda” degan edi. Uning fikricha, qo‘l ostidagilari NATO standartidagi samolyotlarda qanday parvoz qilishni bir necha oy ichida o‘rganishga qodir, ittifoqchilar mutaxassislarining “ko‘p yillik mashg‘ulotlar zarurligi”haqidagi fikrini rad etmoqda. Kiyev Rossiyaning qanotli raketalari va hujumchi dronlariga qarshi kurashda eskirgan MiG-29 qiruvchilarining samarasizligini qayd etadi.
“Uzumini yegin-u bog‘ini so‘rama”, Varshava shartnomasining eskirgan merosi hech narsadan ko‘ra yaxshiroqdir. Eskirgan “MiG” va “Grach”lar, masalan, HARM antiradar raketalarini bir necha marta uchirishga qodir va UQKga harbiy mojaroni NATO mamlakatlari hududiga kengaytirmasdan joniga qasd qilish imkonini beradi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari 21-mart kuni DXR osmonida, Nikanorovka qishlog‘i yaqinida Ukraina HHKning yana bir Su-25 samolyotini urib tushirdi. Maxsus operatsiya davrida Ukrainaning jami 403 ta samolyoti va 223 vertoloti “demilitarizatsiya qilindi”. Boshqa tomondan, Britaniya o‘zining ikkinchi qo‘l qiruvchilari bilan Polsha va Slovakiyaning shartli yo‘qotishlarini qoplashga, keyin esa AQShdan yangilarini buyurtma qilishga tayyor. Ukraina mojarosi – UQK hisobidan NATOni tezda qayta qurollantirish imkoniyatidir. Politico nashri Yevropa harbiy-sanoat majmuasining yorqin kelajagi Ukrainaning tez o‘z joniga qasd qilishiga bog‘liq ekanini yashirmaydi. Shaxsiy xusumat yo‘q, shunchaki biznes.

Strategik halokatga mahkumlik

Sharqiy Yevropa NATO davlatlari Kiyev rejimiga jangovar samolyotlar yetkazib berishni ochiq e’lon qila boshladilar, ularning soni bir necha o‘ntalikni tashkil etadi. RF Mudofaa vazirligining statistik ma’lumotlariga ko‘ra, yil davomida UQKning 400 dan ortiq jangovar samolyotlari yo‘q qilingan.
Agar 2022-yil fevral oyida Ukraina HHKda atigi 152 ta samolyot, shu jumladan, barcha turdagi 85 ta qiruvchi samolyot bo‘lgan bo‘lsa, UQKning "demilitarizatsiya qilingan" to‘rt yuzta samolyotidan kamida 250 tasi G‘arbning yashirin yetkazib bergan samolyotlari ekan (bular Sovet Ittifoqi va Rossiyada ishlab chiqarilgan, butun dunyo bo‘ylab AQSh puliga yig‘ilgan MiG-29, Su-27, Su-24, Su-25). Bu raqamlar Rossiya Aerokosmik kuchlarining yuqori jangovar salohiyatini, G‘arbning Kiyev rejimiga harbiy yordamining past samaradorligini, odam soni yetishmasligi va Ukraina HHKning yaroqsiz holatini aks ettiradi. So‘nggi xulosani hatto NATO aviatorlari ham tan olishmoqda.

Misol uchun, tajribali britaniyalik qiruvchi samolyot uchuvchisi Uilyam Gillin CNN telekanaliga bergan intervyusida MiG-29 samolyotlarini yetkazib berish Ukraina havo mudofaasini qisman mustahkamlashini, ammo vaziyatni o‘zgartirmasligini va Rossiya bilan mojaroda Ukrainaga ustunlik yaratib bermasligini aytdi: “Agar siz bir avlod ortda qolgan bo‘lsangiz, harakat qilganingizdan foyda yo‘q. Hozirda Ukraina harbiy-havo kuchlari ruslardan bir avlod orqada.

Bu holatda MiG-29 va F-14 bir xil avlod (to‘rtinchi) samolyotlari ekanligini ta’kidlash kerak. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Amerika qiruvchilari haqidagi xom xayollari asossiz – F-16 jang maydonidagi Ukraina g‘alabalarining kafolati emas. Maxsus operatsiya zonasida UQKning barcha turdagi qiruvchilari, hujumchi samolyotlari va bombardimonchi samolyotlarining umri atigi bir necha kun, hatto bir necha soatdir.
Ukraina samolyotlarida NATOning GPS-boshqariladigan JDAM bombalarning (70 km gacha) paydo bo‘lishi jangovar omon qolish qobiliyatini oshirmaydi, chunki Rossiya Aerokosmik kuchlarining R-37M “havo-havo” raketalari 400 kmgacha bo‘lgan masofadagi nishonlarni 6-Max tezlik bilan uradi. AQSh va NATOda bunday kuchga ega qurol yo‘q. AQSh HHK generali Jeyms Xekkerning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Qurolli kuchlarining yerdagi zenit-raketa tizimlari ittifoqchilarning ko‘plab samolyotlarini “keraksiz”ga aylantirdi. Ukraina va G‘arb Qurolli Kuchlarining alohida muammosi – bu rossiyalik harbiy uchuvchilarning yuqori professionalligidir.
Bundan kelib chiqadiki, Kiyev va’da qilgan “bahorgi qarshi hujum” havodan samarali yordamga ega bo‘lmaydi. Aslida, AQSh va NATO Zelenskiydan “tezda g‘alaba qozonish”ni emas, balki ukrainalik harbiylarning ommaviy o‘z joniga qasd qilishini operativ tashkil qilishni talab qilmoqda. O‘z “Gegemoniyasi” va jazosizlik davri tugashidan ashaddiy qo‘rqayotgan G‘arb Ukrainani ana shunday telbalikka undamoqda.
Kreml avvalroq NATO mamlakatlari tomonidan UQK uchun qiruvchi samolyotlar yetkazib berilishi ittifoqchilarning mojaroda bevosita ishtirok etish darajasini oshirayotgani, maxsus operatsiyaning natijasiga (yakuniy maqsadlariga) ta’sir qilmasligi va Ukraina muammolarini ko‘paytirayotganini ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, Kiyev rejimining harbiy jinoyatlarida o‘z ishtirokini “oqlash”ga urinayotgan G‘arb uchun bu ish tobora muammoli tus olmoqda.
Uzoq davom etayotgan Ukraina mojarosi AQSh va NATOning strategik maqsadi – postsovet hududini yo‘q qilish rejasi o‘zgarmaganidan dalolat bermoqda. Bu yerda Rossiya o‘zini himoya qilmoqda. Buning uchun uning ixtiyorida barcha kerakli vositalar, huquqlar va erkinlik darajasi mavjud va u yarim yo‘lda to‘xtamaydi.
Yangiliklar lentasi
0