https://oz.sputniknews.uz/20230322/mahalla-33123443.html
“Mahalla nazorati” va “mahalla raisi so‘rovi” institutlari joriy etiladi
“Mahalla nazorati” va “mahalla raisi so‘rovi” institutlari joriy etiladi
Sputnik O‘zbekiston
Mahalla raisi tomonidan muhokamalar o‘tkazish, har oyda mahalla kengashida tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining axborotlarini eshitish, “mahalla nazorati” va “mahalla raisi so‘rovi” institutlari joriy etiladi
2023-03-22T11:28+0500
2023-03-22T11:28+0500
2023-03-22T11:34+0500
jamiyat
mahalla
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/18/20213816_0:78:1500:922_1920x0_80_0_0_6cd282876d4849fbcfb4e5e2d81fc489.jpg
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. O‘zbekistonda "mahalla nazorati” va “mahalla raisi so‘rovi” institutlari joriy etiladi. Bu haqda prezidentning mahalla tizimi xodimlari va faollariga yo‘llagan tabrigidan ma’lum bo‘ldi.Davlat rahbarining ta’kidlashicha, mahallaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi rolini yanada oshirish bundan buyon ham e’tibor markazida bo‘ladi. Shu maqsadda mahalla fuqarolar yig‘iniga o‘zi joylashgan hududdagi xalq deputatlari mahalliy kengashlari sessiyalariga takliflar kiritish, kengash qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etish huquqi berilmoqda.Shavkat Mirziyoyev bu yil mamlakat tarixida birinchi marta tajriba tariqasida har bir hududdagi bitta tumanda “mahalla budjeti” tizimi o‘rnatilganini eslatgan. Mol-mulk va yer solig‘ining bir qismini mahallalarning o‘zida qoldirish ko‘zda tutilmoqda. Bu tajribaning amaliy natijalariga qarab, kelgusida uni butun respublikada yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqamiz.“Bir so‘z bilan aytganda, mahallalarni fuqarolik jamiyatining tayanch ustuniga, chinakam xalqchil tuzilmaga aylantirish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘ramiz”, - deya ta’kidlagan prezident.Avvalroq prezident Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotlagani xabar qilingan edi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/08/18/20213816_84:0:1417:1000_1920x0_80_0_0_b151066f837c33b635a4bc2ee2fe1601.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
mahalla o‘zbekiston
“Mahalla nazorati” va “mahalla raisi so‘rovi” institutlari joriy etiladi
11:28 22.03.2023 (yangilandi: 11:34 22.03.2023) Har oyda mahalla kengashida tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining axborotlarini eshitish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. O‘zbekistonda "mahalla nazorati” va “mahalla raisi so‘rovi” institutlari joriy etiladi. Bu haqda prezidentning mahalla tizimi xodimlari va faollariga yo‘llagan tabrigidan
ma’lum bo‘ldi. Davlat rahbarining ta’kidlashicha, mahallaning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi rolini yanada oshirish bundan buyon ham e’tibor markazida bo‘ladi. Shu maqsadda mahalla fuqarolar yig‘iniga o‘zi joylashgan hududdagi xalq deputatlari mahalliy kengashlari sessiyalariga takliflar kiritish, kengash qarorlari loyihalarini ishlab chiqish va muhokama qilishda ishtirok etish huquqi berilmoqda.
“Shuningdek, aholi o‘rtasida e’tirozlarga sabab bo‘layotgan ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish uchun mahalla raisi tomonidan muhokamalar o‘tkazish, har oyda mahalla kengashida tegishli davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining axborotlarini eshitish amaliyoti yo‘lga qo‘yilib, “mahalla nazorati” va “mahalla raisi so‘rovi” institutlari joriy etiladi”, - deyilgan tabrikda.
Shavkat Mirziyoyev bu yil mamlakat tarixida birinchi marta tajriba tariqasida har bir hududdagi bitta tumanda “mahalla budjeti” tizimi o‘rnatilganini eslatgan. Mol-mulk va yer solig‘ining bir qismini mahallalarning o‘zida qoldirish ko‘zda tutilmoqda. Bu tajribaning amaliy natijalariga qarab, kelgusida uni butun respublikada yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘rib chiqamiz.
“Bir so‘z bilan aytganda, mahallalarni fuqarolik jamiyatining tayanch ustuniga, chinakam xalqchil tuzilmaga aylantirish uchun barcha chora-tadbirlarni ko‘ramiz”, - deya ta’kidlagan prezident.
Avvalroq prezident Mahalla tizimi xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh faollarni mukofotlagani
xabar qilingan edi.