Lukashenko Ukrainaga uranli snaradlar yetkazib berilishiga Rossiya qanday javob berishini aytdi

© Press-slujba prezidenta BelarusiPrezident Belarusi Aleksandr Lukashenko
Prezident Belarusi Aleksandr Lukashenko
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.03.2023
Obuna bo‘lish
Lukashenko Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan tugagan uran snaradlaridan foydalanish jazosiz qolmasligi haqida ogohlantirdi.
TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Agar Buyuk Britaniya Ukrainaga kam boyitilgan uranli snaradlar yetkazib bersa, Rossiya Belarusga “haqiqiy uranli o‘q-dorilar” berishi mumkin, dedi respublika prezidenti Aleksandr Lukashenko. RIA Novosti xabariga asosan.
"<...> Rossiya bizga haqiqiy uran bilan o‘q-dorilar yetkazib beradi. <…> Agar ular (G‘arb davlatlari — tahr.) aqldan ozgan bo‘lsalar, bu jarayonga turtki beradilar", - deya qo‘shimcha qildi u.
"Bu o‘q-dorilar Rossiya qo‘shinlari pozitsiyalarida portlashi bilan siz javob dahshatli bo‘lishini ko‘rasiz, bu butun sayyora uchun saboq bo‘ladi", - dedi prezident.
Shu bilan birga, u Ukraina Qurolli Kuchlari ixtiyoriga kam boyitilgan uranli snaradlar yetkazib berilishi haqidagi gaplarni "safsata" deb atadi va agar G‘arb siyosatchilari oqilona ish tutsa, bunday qadamga bormasliklarini ta’kidladi.
Belarus prezidenti G‘arbni “aqldan ozgan” siyosatni to‘xtatib, Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish sari harakat qilishga chaqirdi. Uning eslatishicha, Rossiya, Xitoy va boshqa ko‘plab davlatlar vaziyatni diplomatik yo‘l bilan tartibga solish tarafdori.
Eslatib o‘tamiz, bir kun avval Buyuk Britaniya mudofaa vaziri o‘rinbosari Annabel Goldi London Ukraina Qurolli kuchlariga o‘q-dorilar, jumladan, kam boyitilgan uranli zirhni teshib o‘tuvchi snaradlar yetkazib berilishini aytgan edi.
Harbiy ekspert Konstantin Sivkovning ta’kidlashicha, kam boyitilgan uranli qurollardan foydalanilganda, radioaktiv chang yerga cho‘kadi, u juda zaharlidir va uzoq vaqt davomida zararsizlanmaydi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday o‘q-dorilardan foydalanish askarlar va mahalliy aholida saraton kasalligining tarqalishiga olib kelishi mumkin. AQSh qo‘shinlari “Cho‘l bo‘roni” operatsiyasi, Yugoslaviyani bombardimon qilish va 2003-yilda Iroqqa bostirib kirishda ana shunday kam boyitilgan uranli o‘qlaridan foydalangan. Buning oqibatida ushbu hududlardar keyinchalik saraton kasaliga chalinish holatlari keskin ko‘paygan i qayd etilgan.
Yangiliklar lentasi
0