Tarix shamasi: Rossiya askarlari okop qazish vaqtida nemis kaskasini topib olishdi — video

Obuna bo‘lish
Hozir 21-asr bo‘lishiga qaramasdan, Dneprning u tomonida yana nemis "hayvonot bog‘i" paydo bo‘ldi, "Leopard" va boshqalar - muxbir.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya havo-desant kuchlari Dnepr darosi qirg‘og‘ida jangovar pozitsiya tayyorlash vaqtida Ikkinchi jahon urushi davridan qolgan nemis kaskasi va protivogazini topib olishdi.

"Biz Dnepr qirg‘oqlarida jangovar pozitsiyalarimizni tayyorlash vaqtida Ikkinchi jahon urushi davridan qolgan arxeologik topilmalarni topib oldik. Biz ham bobolarimizdek mustahkam turib kurashamiz, ularning yuzini yerga qaratmaymiz!", - deydi jangchi.

RIA Novosti muxbirining so‘zlariga ko‘ra, aksariyat hollarda bugungi mudofaa chiziqlari ulug‘ Vatan urushi davridagi chiziqlar bilan mos keladi.
"Ba’zan ana shunday topilmalar ham uchrab turadi. Bu nimadan darak beradi? Afsuski, hozir 21-asr bo‘lishiga qaramasdan, Dneprning u tomonida yana nemis "hayvonot bog‘i" paydo bo‘ldi, "Leopard" va boshqalar", - deydi muxbir.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0