https://oz.sputniknews.uz/20230321/si-tszinpin-33102712.html
Si Szinpin xalqaro tashrif uchun nega birinchi Rossiyani tanladi?
Si Szinpin xalqaro tashrif uchun nega birinchi Rossiyani tanladi?
Sputnik O‘zbekiston
Xitoy rahbari Mishustin bilan tanishganidan xursandligini bildirib, pandemiya tufayli so‘nggi yillarda tashriflar imkonsiz bo‘lganini ta’kidladi.
2023-03-21T17:31+0500
2023-03-21T17:31+0500
2023-04-05T18:44+0500
dunyoda
xitoy
vladimir putin
si szinpin
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/14/33065475_0:231:2980:1907_1920x0_80_0_0_68887dca638626a5e8ef1e5bcaa049c5.jpg
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Xitoy raisi Si Szinpin qayta saylanganidan keyingi ilk xalqaro tashrif uchun Rossiyani tarixiy mantiqdan kelib chiqib tanladi. U bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuvda ma’lum qildi.Xitoy rahbari “do‘stona Rossiya”ga tashrif buyurganidan va Mishustin bilan tanishganidan xursandligini bildirib, pandemiya tufayli so‘nggi yillarda tashriflar imkonsiz bo‘lganini ta’kidladi.U Rossiya hukumati rahbariga Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashining yangi bosh vaziri Li San bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imkon qadar tezroq Xitoyga tashrif buyurishni taklif qildi.O‘z navbatida Mishustin Si Szinpinni qayta saylangani bilan tabrikladi va Xitoy rahbarining ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga qaratayotgan alohida e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi. U Si Szinpinning qayta saylanganidan keyin ilk xorijiy tashrifini Rossiyaga amalga oshirgani muhimligini ta’kidladi.Shuningdek, u Li Sanni yuqori lavozimga tayinlangani bilan tabriklashni so‘radi va ular hamkorlikda konstruktiv ishlarni yo‘lga qo‘yishlariga ishonch bildirdi.Si Szinpin bir kun avval davlat tashrifi bilan Moskvaga keldi. Kecha u Kremlda prezident Vladimir Putin bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi, bugun esa rasmiy muzokaralarbo‘lib o‘tadi. Tashrif 22-martga qadar davom etadi.Si Szinpin davlat rahbari sifatida 2013-yildan beri Rossiyaga sakkiz marta tashrif buyurdi, bu boshqa mamlakatlardan ko‘p. Umuman olganda, so‘nggi o‘n yil ichida Vladimir Putin va Si Szinpin turli formatlarda 40-martadan ortiq uchrashgan.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/14/33065475_240:0:2971:2048_1920x0_80_0_0_317ece56bb6935eb29c442397f380ab6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya xitoy vladimir putin si szinpin
rossiya xitoy vladimir putin si szinpin
Si Szinpin xalqaro tashrif uchun nega birinchi Rossiyani tanladi?
17:31 21.03.2023 (yangilandi: 18:44 05.04.2023) Xitoy rahbari Mishustin bilan tanishganidan xursandligini bildirib, pandemiya tufayli so‘nggi yillarda tashriflar imkonsiz bo‘lganini ta’kidladi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Xitoy raisi Si Szinpin qayta saylanganidan keyingi ilk xalqaro tashrif uchun Rossiyani tarixiy mantiqdan kelib chiqib tanladi. U bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuvda
ma’lum qildi. “Biz Xitoy rahbarining xorijiy tashrifining birinchi bekati sifatida Rossiyani tanladik. Bu tarixiy mantiqqa to‘g‘ri keladi. Chunki biz bir-birimizga eng yirik qo‘shni davlatlarmiz, shuningdek, har tomonlama strategik hamkorlarmiz”, - dedi u.
Xitoy rahbari “do‘stona Rossiya”ga tashrif buyurganidan va Mishustin bilan tanishganidan xursandligini bildirib, pandemiya tufayli so‘nggi yillarda tashriflar imkonsiz bo‘lganini ta’kidladi.
U Rossiya hukumati rahbariga Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashining yangi bosh vaziri Li San bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun imkon qadar tezroq Xitoyga tashrif buyurishni taklif qildi.
O‘z navbatida Mishustin Si Szinpinni qayta saylangani bilan tabrikladi va Xitoy rahbarining ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga qaratayotgan alohida e’tibori uchun minnatdorlik bildirdi. U Si Szinpinning qayta saylanganidan keyin ilk xorijiy tashrifini Rossiyaga amalga oshirgani muhimligini ta’kidladi.
“Bu yangi davrga kirayotgan Rossiya-Xitoy munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatidan dalolat beradi”, - dedi Mishustin.
Shuningdek, u Li Sanni yuqori lavozimga tayinlangani bilan tabriklashni so‘radi va ular hamkorlikda konstruktiv ishlarni yo‘lga qo‘yishlariga ishonch bildirdi.
Si Szinpin bir kun avval davlat tashrifi bilan Moskvaga
keldi. Kecha u Kremlda prezident Vladimir Putin bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi, bugun esa rasmiy muzokaralarbo‘lib o‘tadi. Tashrif 22-martga qadar davom etadi.
Si Szinpin davlat rahbari sifatida 2013-yildan beri Rossiyaga sakkiz marta tashrif buyurdi, bu boshqa mamlakatlardan ko‘p. Umuman olganda, so‘nggi o‘n yil ichida Vladimir Putin va Si Szinpin turli formatlarda 40-martadan ortiq uchrashgan.