Putin va Si “Katta yurish”ni davom ettiradi
© POOL / Mediabankka o‘tishRabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Braziliyu dlya uchastiya sammite BRIKS
© POOL
/ Obuna bo‘lish
Putin va Si Atlantik dunyo tartibi tanazullini birgalikda kuztishga tayyorlanishmoqda va bu yo‘lda ularining "Katta yurish"ini hech kim to‘xtata olmaydi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Vladimir Putin va Si Szinpinning dushanba kuni boshlangan Moskva sammiti chorshanba kuniga qadar, oliy martabali mehmon kutib olinguncha davom etadi.
Biroq, shubhasiz, barcha asosiy masalalar dushanba kuni - Kremldagi norasmiy muloqot paytida va do‘stona yakkama-yakka kechki ovqat paytida hal qilinadi.
O‘tgan yil davomida ikki davlat rahbarlari faqat bir marta – sentabr oyida Samarqandda (ShHT sammiti doirasida) uchrashgan, biroq delegatsiyalar uchrashuvi bo‘lgan, norasmiy muloqot esa vaqt bo‘yicha aniq cheklangan. Muntazam telefon suhbatlari yuzma-yuz muloqot o‘rnini bosa olmaydi, endi Putin va Si Szinpinda hamma narsani muhokama qilish uchun yetarli vaqt bo‘ladi. Ammo, ular nimani muhokama qilishadi?
Bu savol G‘arbda ham, Rossiyada ham ko‘p odamlarni hayajonlantirdi, ba’zilar hozirgi uchrashuvni tarixiy deb atashdi, boshqalari esa undan katta natijalar kutishdi - masalan, Rossiya va Xitoyning Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatish va muzokaralarni boshlash haqidagi qo‘shma taklifi. Moskva va Kiyev Xitoy vositachiligida yoki Rossiyaga Xitoy qurollarini yetkazib berish haqidagi bashoratlar. Ammo bularning barchasi hech narsa anglatmaydi, shunchaki folbinlik - chunki bularning hech biri sodir bo‘lmaydi. Lekin bu bilan Putin va Si o‘rtasidagi uchrashuvning ahamiyati kamaymaydi - aksincha, aynan sensatsiyalarning yo‘qligi Rossiya-Xitoy munosabatlari yanada mustahkamlanib borishining eng muhim belgisidir. Putin aytganidek, Rossiya-Xitoy munosabatlari - "global barqarorlikning tamal toshidir".
Shu sababli ham Putin va Si ataylab ikki davlat yaqinlashish yo‘nalishini belgilab olishdi. Bu yo‘nalish Ukrainadagi mojaro Rossiya va G‘arb o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarama-qarshilikka olib kelmasidan oldin boshlangan edi. Tabiiyki, Rossiya-Xitoy yaqinlashuvi 90-yillarda (Szan Szemin davrida) boshlanib 2000-yillarda Xu Szintao davrida ham davom etgan bo‘lsa-da, ammo u vaqtlarda Moskva va Pekin bir-birimizga qanchalik zarurligini hali anglab yetmagan edi. Lekin munosabatlarning strategik jihati har ikki tomonning ongli tanlovi edi, lekin ular vaqti kelib Atlantika gegemoniga qarshi yelkama-yelka turishga to‘g‘ri kelishi haqida o‘ylamagan edi.
Rossiya birinchi bo‘lib bunga ishonishiga to‘g‘ri keldi: Putinning Munxendagi nutqi, qaytmas nuqtaga aylandi. Uch yil o‘tgach, Xitoy Amerikaning "Katta ikkilik" to‘g‘risidagi taklifini rad etdi. Chin yurti bunda yashiringan tuzoqni o‘z vaqtida payqab oldi. 2010 yillarning boshlariga kelib, Rossiya va Xitoy o‘z hamkorligi ko‘lamini belgilab olishi kerak edi: uni yangi, yuqori bosqichga ko‘tarish kerakligi aniq bo‘lgandi.
Ammo o‘shanda har ikki davlatdagi ichki vaziyat bunga intilish uchun qulay emasdi – bizda Putin hali hukumat boshlig‘i sifatida Kremlga qaytgani yo‘q edi, Xitoy esa birinchi shaxsni almashtirishga hozirlik ko‘rayotgan edi.
Faqat 2012-yilda ishonch paydo bo‘ldi: Putin yana prezident bo‘ldi (nafaqat oligarxlarning emas, balki elitaning g‘arbparast qismining qarshiligi va "Bolotnaya isoni"ni yengib o‘tdi) va Si esa XKP boshqardi. 2013-yil bahorida u XXR raisi ham bo‘ldi va Moskvaga birinchi tashrifi chog‘ida o‘sha “Katta ikkilik” tuzildi. Shundan so‘ng ular 40 marotaba uchrashishdi.
O‘shanda ham Si va Putin do‘stlariga ishonishlari mumkinligini va ularning munosabatlarida vaqt chegarasi yo‘qligini tushunishgan. Ya’ni, siz uzoq vaqt ishlashingiz mumkin - ikki tomonlama munosabatlarda ham, jahon sahnasida ham (va o‘zaro ta’sirning bu qismi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda). Rahbarlarning shaxsiy ishonchi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarda eng muhim omil hisoblanadi – busiz, Xrushov va Mao tajribasi ko‘rsatganidek, eng kuchli o‘zaro manfaatli ittifoq ham barbod bo‘lishi mumkin.
Xitoy va Rossiyaning mentaliteti va madaniyatidagi farqga qaramay, Putin va Si bir-biriga soya solishi va ayyorlik qilishlari shart emas, ular ochiq va halol bo‘lishga qodir. Ishonchsizlik unsurlari avvalroq ikki davlatning yaqinlashishiga Si va Putin o‘rtasidagi shaxsiy munosabatlarda emas, balki elita va hokimiyat tomonidan bir-birini baholashda to‘sqinlik qilgan. Bundan tashqari, bunday ishonchsizlik umumiy dushmanimiz tomonidan ham, mamlakatlarimizdagi g‘arbparast kuchlar tomonidan ham faol ravishda qizdirildi.
Masalan, Pekinda Tramp hokimiyat tepasiga kelganidan keyin (Xitoy bilan savdo urushini boshlagan) ular Rossiyaning Qo‘shma Shtatlar tomon burilishi ehtimolidan jiddiyroq qo‘rqishdi: agar Moskva Vashington bilan kelishishni xohlasa va bunga qodir bo‘lsachi? Ukrainadagi qarama-qarshiliklar tugaganidan so‘ng esa Pekinga orqa o‘girib olsachi? Yoki dushman bo‘lmasa-da shunchaki neytral kuzatuvchiga aylanib olsachi? Shubhasiz, bu qo‘rquvlarning barchasi o‘sha vaqtlarda ham shunchaki xomxayol bo‘lib tuyular edi, sabab: Trampning faoliyati "yashirin davlat" tomonidan bloklab qo‘yilgani tufayli emas, balki Moskva hatto nazariy jihatdan Vashingtonning hech qanday g‘oyalariga ishonmasdi va Xitoyni ushlab turish bo‘yicha takliflarida ishtirok etmas edi.
Lekin bir narsani unutmaslik kerak, o‘sha yillarda Rossiyaning o‘zida ham ayrim "ekspert" deb ataladigan odamlar "hokimiyat o‘zgarishini", ya’ni Putinning ketishi haqidagi mavzularni tez-tez muhokama qilishar edi. Va xitoyliklar albatta bu variantni ham hisobga olishlari kerak edi.
Rossiya tarixini hisobga olsak, masalan, Xrushovdek bir ahmoq kelib, Amerika bilan o‘ynashni boshlaydi, bundan hech qanday naf bo‘lmaydi, albatta, lekin Xitoy bilan munosabatlar buzilishi mumkin.
Rossiyada 2020-yilgi konstitutsiyaviy islohotdan so‘ng barcha noaniqliklarga barham berildi: nafaqat Putin va Si bir-biriga ishonch bildirishi mumkin, balki har ikki hokimiyatini ham ortiqcha tashvishlar chalg‘itib qo‘ymaydi.
Maxsus operatsiya boshlanganidan keyin esa Rossiya elitasining yangilanishi ham tezlashdi va agar avvallari ko‘pchilik Putinning “Sharqga burilishini” yetarlicha jiddiy qabul qilmagan bo‘lsa, endi kechagi "g‘arbliklar" ham boradigan joyi yo‘q.
G‘arbni tanlaganlar (yoki undan haligacha xalos bo‘lmaganlar) Xitoy rahbarining navbatdagi saylovlar haqida "Ishonchim komilki, rus xalqi sizni qo‘llab-quvvatlaydi" deganidan so‘ng “Si Szinpin Putinni Rossiya prezidentligiga nomzod qilib ko‘rsatdi” degan sarlavhalarga ahmoqona kulishlari mumkin, xolos.
Fuqarolarimizni Rossiya Xitoyning vassaliga aylanib borayotganiga ishontirishga urinishlar faqat ruslar va xitoylarni bir-biridan ajratib, urishtirishdan umidvor bo‘lgan g‘alamislar uchun foydalidir. Ammo Putin va Si bu yo‘lda o‘zlarining "Katta yurish"ini to‘xtatmoqchi emas va hech kim ularni bu yo‘ldan chetlata olmaydi.