O‘zbekistonda 6 balli zilzila sodir bo‘ldi

© Depositphotos.com / Vchalup2Detektor lji ili seysmograf dlya obnarujeniya zemletraseniy
Detektor lji ili seysmograf dlya obnarujeniya zemletraseniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2023
Obuna bo‘lish
Afg‘onistondagi kuchli zilzila kuchi O‘zbekistonning deyarli barcha hududida sezildi. Surxondaryo viloyatida uning kuchi 5-6 ballni tashkil etdi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. O‘zbekistonda kuchli zilzila kuzatildi.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar berishicha, 21-mart kuni Toshkent vaqti bilan 21:47 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘lgan. Zilzila koordinatalari: 36,41 gradus shimoliy kenglik; 70,98 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6,6. Chuqurlik 220 km. Zilzila episentri Toshkentdan 561 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududa sezilish kuchi:
Surxondaryo viloyatida 5-6 ball, 342 km.
Farg‘ona viloyatida 5 ball, 447 km.
Sirdaryo viloyatida 5 ball, 493 km.
Jizzax viloyatida 5 ball, 496 km.
Andijon viloyatida 5 ball, 500 km.
Samarqand viloyatida 5 ball, 504 km.
Namangan viloyatida 5 ball, 514 km.
Qashqadaryo viloyatida 5 ball, 532 km.
Toshkent shahrida 5 ball, 561 km.
Navoiy viloyatida 5 ball, 639 km.
Buxoro viloyatida 5 ball, 684 km.
Xorazm viloyatida 4-5 ball, 1060 km.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ball, 1184 km.
Zilzila paytida qanday jon saqlash kerak - mutaxassisning uch maslahati - video
Yangiliklar lentasi
0