Xorijiy davlatlar rahbarlari Mirziyoyevni Navro‘z bilan tabriklashmoqda

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTorjestva po sluchayu Navruza v parke "Yangi Uzbekiston". Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil prazdnichnoe meropriyatie i serdechno pozdravil narod.
Torjestva po sluchayu Navruza v parke Yangi Uzbekiston. Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev posetil prazdnichnoe meropriyatie i serdechno pozdravil narod. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2023
Obuna bo‘lish
Navro‘z munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti nomiga qutlovlar kelmoqda.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli din va jamoat arboblaridan O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari bildirilgan qutlovlar kelmoqda, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev o‘z tabrigida birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan mustahkam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikka asoslangan Qozog‘iston-O‘zbekiston strategik sherikligi va ittifoqchiligi bundan buyon ham ikki qardosh xalqlarning farovonligi yo‘lida jadal rivojlanib borishiga ishonishini bildirgan.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov joriy yil ikki davlat uchun taraqqiyot yili bo‘lishiga ishonishini ma’lum qilgan. “Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi mushtarak ma’naviy qadriyatlar, do‘stlik va strategik sheriklikka asoslangan ko‘p qirrali munosabatlar izchil rivojlanaversin”, - deya tilak bildirgan Japarov.
Tojikiston rahbari Emomali Rahmon o‘z tabrigida ikki mamlakat yangi orzu-niyatlar bilan, Navro‘zning o‘chmas qadriyatlariga amal qilgan holda, strategik sheriklik va ittifoqchilik doirasida yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini bundan buyon ham kengaytirib borishi va rivojlantirishiga ishonchi komilligini ta’kidlagan.
Turkmaniston yetakchisi Serdar Berdimuhamedov esa Navro‘z xalqlarni yaqinlashtirishda muhim o‘rin tutishi va ikki davlat o‘rtasidagi ishonchli munosabatlarning mustahkamlanishiga xizmat qilishini qayd etgan.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev “boy ma’naviy merosga ega qardosh xalqlarimiz farovonligi yo‘lida hamda sherikligimiz va hamjihatligimizni asrab-avaylash, doimo mustahkamlab borish maqsadida birgalikdagi sa’y-harakatlarimizni davom ettirishimizga ishonchim komil” deya tabrik yo‘llagan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston rahbariga Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, Saudiya Arabistoni valiahdi Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum, shuningdek, Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili, Iroq prezidenti Abdullatif Rashid va boshqalar tabrik yo‘llagan.
Yangiliklar lentasi
0