Maxsus operatsiya: 21-martning asosiy voqealari
20:01 21.03.2023 (yangilandi: 18:44 05.04.2023)
© Sputnik / Aleksey Mayshev
/ Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqelari.
Mudofaa vazirligi hisoboti:
Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhining Xarkov viloyati Dvurechnaya, Timkovka, Lugansk Xalq Respublikasining Novoselovskoe va Stelmaxovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 80 nafargacha harbiy xizmatchilari, uchta zirhli jangovar mashinasi va D-20 gaubitsasini yo‘q qildi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlar guruhining LXRning Nevskoe, DXRning Yampolovka va Grigorovka aholi punktlari hududlarida UQKning 95 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar texnikasi, shuningdek, D-20 va D-30 gaubitsalarini yo‘q qildi.
Donesk yo‘nalishida "Janub" kuchlar guruhi dushmanning 160 nafar harbiy xizmatchisi, uchta zirhli jangovar mashinasi, to‘rtta avtomashina va bir D-20 gaubitsasini yo‘q qildi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Sharq" qo‘shinlar guruhi DXRning Ugledar, Novomixaylovka va Zaporojye viloyatining Preobrajenka aholi punktlari hududlarida UQKning 30 dan ortiq harbiy xizmatchilari, ikkita pikapi va D-30 gaubitsasini yo‘q qildi.
Xerson yo‘nalishida bir sutkada 40 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta avtomashina, ikkita "Akatsiya" o‘ziyurar gaubitsasi, shuningdek, AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida Ukraina Qurolli Kuchlarining 107 hududda joylashgan 95 ta artilleriya bo‘linmalari ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi.
Undan tashqari, DXRning Shandrigolovo, Zaporojye viloyatidagi Orexov va Xerson viloyatidagi Belozerka aholi punktlari hududlarida uchta AN/TPQ-37 artilleriyaga qarshi radiolokatsion stansiyalari yo‘q qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyoti DXRning Nikanorovka qishlog‘i yaqinidagi havo jangida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Su-25 samolyotini urib tushirdi.
Havo Mudofaa tizimlari kun davomida Xarkov viloyatining Tokarevka, LXRning Krasnorechenskoe, Chervonopovka, Novovodanoe, Kremennaya, Ploschanka, Voyevodovka, Rubejnoe, Barannikovka, DXRning Zeleniy Gay, Urojaynoe, Blagodatnoe, Vladimirovka, Yevgenovka, Staromlinovka, Zaporojye viloyatining Ulyanovka va Pologi, Xerson viloyatining Novaya Zburyevka va Krinki aholi punktlari hududlarida UQKning 31ta uchuvchisiz apparati urib tushirildi.
Undan tashqari AQShda ishlab chiqilgan HIMARS reaktiv tizimining 3ta raketasi tutib olindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 403 ta samolyot, 223 ta vertolot, 3 502 ta uchuvchisiz uchish apparati, 414 ta zenit-raketa kompleksi, 8 363 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1 070 ta ko‘p sonli raketa tizimlari jangovar texnikasi, 4403 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 9039 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.