https://oz.sputniknews.uz/20230321/maxsus-harbiy-operatsiya-33110592.html
Maxsus harbiy operatsiya: Ukrainaning qarshi hujum istiqbollari
Maxsus harbiy operatsiya: Ukrainaning qarshi hujum istiqbollari
Sputnik O‘zbekiston
Vashington Amerikaning “gegemonligini” saqlab qolishga va UQKning qarshi hujumini tezlashtirishga harakat qilmoqda. 21.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-21T21:09+0500
2023-03-21T21:09+0500
2023-04-05T18:44+0500
kolumnistlar
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0a/32776284_0:0:3071:1728_1920x0_80_0_0_5249eabb3bbc27e15f7bbb9168f91e55.jpg
Lekin buning uchun Kiyevda zarur zaxiralar, o‘q-dorilar, zirhli texnika va zarba beruvchi samolyotlar mavjud emas. Majburiy safarbar qilingan va NATO instruktorlari tomonidan shoshilinch ravishda “tarbiyalangan” Ukraina armiyasi nihoyatda qo‘rqib ketgan odamlar “ommasiga” aylanib bormoqda va amerikalik xo‘jayinlar ularni o‘z joniga qasd qilishga majbur qilmoqda. Kiyevning asosiy mug‘ombiri urushda allaqachon mag‘lub ekanligini, ehtimol, tushunib yetgan, ammo AQSh xudbin maqsadlariga erishish uchun o‘nlab va yuz minglab Ukraina fuqarolarini o‘ylamasdan qurbon qilishni talab qilmoqda.UQK Bosh shtabi “Baxmut qal’asi”ni Rossiyaga qarshi "ukrainchilik"ning mafkuraviy ramzi sifatida himoya qilib, olti oy ichida Artyomovsk hududida o‘zining 60 mingdan ortiq harbiy xizmatchilarini ma’nisiz o‘limga mahkum etdi. Ayni paytda, Rossiya qurshovining maydoni qisqarmoqda, “qal’a”dagi Ukraina bo‘linmalari uchun ta’minot yo‘llari to‘sib qo‘yilgan, hatto UQKning “maxfiy yo‘llari” ham Rossiya artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutilmoqda. “Vagner” XHK hujum otradlari Artyomovsk hududining 70 foizini nazorat qiladi. Hujum to‘lqini g‘arbga qarab siljimoqda – Slavansk, Kramatorsk, Seversk uchun jang boshlanadi.Rus qo‘shinlari Avdeyevkaga bir vaqtning o‘zida ikki tomonlama hujum qilib, UQKning Donesk shimolidagi mustahkamlangan hududini “qaynab turgan qozon”ga aylantirmoqda. Ukraina Bosh shtabi “bor-budini ishga solish”ga majbur – zaxiralarni zudlik bilan Artyomovsk va Avdeyevkaga yuborishi kerak. Stepovoe (Petrovskoe) posolkasi ozod qilingandan so‘ng, rus qo‘shinlari Avdeyevkaga boruvchi temir yo‘l liniyasini to‘sib qo‘yishdi. Bu holat esa UQK uchun voqealar rivoji juda salbiy tus olishini bashorat qiladi.Rossiya qo‘shinlari Svatovo-Kremennaya yo‘nalishidagi hududda ham samarali tashabbusga ega – Ukraina mudofaa chegaralariga hujum qilinmoqda va Xarkov bilan LXR chegarasi bo‘ylab, Kupansk yaqinidagi Svatovo shimoli-g‘arbida va Kremennaya g‘arbida olg‘a siljimoqda.Ukraina tuzilmalarida og‘ir zirhli texnika va artilleriya qurollari yetishmayapti, ularsiz ittifoqchilar va’da qilgan 150 ta “Leopard” ham o‘t ocha olmaydi. Obyektiv nuqtayi nazardan, UQK qarshi hujumga qodir emas, ammo AQSh va NATO “hal qiluvchi daqiqa” boshlanganini e’lon qilib, Kiyevdan yangi qurbonlar talab qilmoqda. Bunday strategiyaning maqsadi – Amerika “qoidalari” bo‘yicha Rossiyani jiddiy yo‘qotishlar tahdidi asosida Ukraina bilan muzokaralar olib borishiga majbur qilishdir, chunki AQSh uzoq muddatga Yevropada “tiqilib” qolishni istamaydi. Strategiya, shubhasiz, muvaffaqiyatsiz, chunki Rossiya qo‘shinlari UXT da yetakchilik qilmoqda va Moskva yarim yo‘lda to‘xtamaydi.Oxirgi imkoniyat yoki oxirgi yo‘lUQKning katta yo‘qotishlarini (250 minggacha halok bo‘lganlar) yashirgan Kiyev ommaviy safarbarlikning yangi to‘lqinini ko‘tarmoqda. Vashington eski zirhli transport vositalari va piyoda jangovar mashinalarni yetkazib bermoqda. NATO mutaxassislari umumiy soni yuz ming nafargacha harbiy xizmatchidan iborat uchta UQKning armiya korpusini qarshi hujumga shoshilinch ravishda tayyorlamoqda. Ushbu tuzilmalarning jangovar tayyorgarligi va zarba kuchi aniq emas.NATO mamlakatlaridagi “yosh jangchi kursi” dan so‘ng, Ukrainaning qo‘shimcha kuchlari Kremennaya yaqiniga yetib keldi. UQK qo‘mondonligi vaqtinchalik Kiyev rejimi ostida bo‘lgan DXRdagi Drujkovka, Kramatorsk va Slavansk shaharlari hududlarida qo‘shinlar guruhini oshirmoqda. Kechasi ushbu aholi punktlarida gusenitsali va g‘ildirakli texnikalar harakati qayd etilgan.UQK bo‘linmalari Zaporojye va Xerson viloyatlarida Rossiya pozitsiyalarining kuchini muntazam ravishda va natijasi muvaffaqiyatsiz bo‘lgan sinovlardan o‘tkazishga harakat qilmoqda. Rossiya qo‘shinlari Dnepr bo‘ylab, Xerson shahri yaqinidagi Ukraina desantlarini tartib bilan qirib tashlamoqda. Shu orada esa, UQK Bosh shtabi rus guruhini ikkiga bo‘lib, Melitopol va undan keyin Qrimga yetib borish uchun harbiy to‘qnashuv janubiy qismiga (Zaporojye shahri tomonidan) zarba berishni orzu qilmoqda.Vashington tajribali askarlar sonining qisqarishi, Ukraina armiyasining o‘q-dorilari va havo mudofaa tizimlarining taqchilligidan xavotirda. Pentagon qurollarning cheksiz oqimini UQKning jangovar barqarorligining asosi deb hisoblaydi, garchi bu avvalroq Vyetnam, Iroq va Afg‘onistondagi qo‘g‘irchoq rejimlarga yordam bermagan. Amerika harbiy-sanoat kompleksi (bu esa barcha NATO mamlakatlari harbiy-sanoat kompleksining 90 foizini tashkil qiladi) Kiyev talabiga binoan qurol va o‘q-dorilarni ishlab chiqarish quvvatini tezda oshira olmaydi. Mudofaa vazirligi va AQSh Kongressi tezda ko‘p yillik o‘q-dorilar xarid qilishni tashkil qilish va ishlab chiqarish quvvatini oshirishga kirishdi, ammo “ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirish va zaxiralarni to‘ldirish uchun yillar kerak bo‘ladi”.“Ukraina tajribasi shuni ko‘rsatdiki, bizda uzoq davom etadigan jangovar harakatlar uchun etarlicha qurol-aslahalar yo‘q”,– xabar berdi Amerikaning Breaking Defense nashri. 19FortyFive portalining ta’kidlashicha, Rossiya Ukrainada AQSh harbiy qudrati haqidagi sharmandali haqiqatni oshkor qildi.Yevropalik "donorlar" UQK uchun yil davomida bir million miqdorda 155-mm snarad sotib olishga va’da berishdi (ma’lumot uchun, bu kuniga atigi 3000 ta snaradga to‘g‘ri keladi, ya’ni “snarad ochligi” yana davom etadi). Financial Times rasmiylar va ishlab chiqaruvchilarga tayanib, YeIda porox va snaradlar ishlab chiqarish uchun boshqa portlovchi moddalarning surunkali taqchilligi haqida xabar berdi – o‘q-dorilar ishlab chiqarishni tezda oshirish imkoniyati mavjud emas. G‘arb xom xayollari tobora puchga chiqmoqda.Chexiya prezidenti Petr Pavelning fikricha, Ukraina asosiy qarshi hujumni faqat bir marta amalga oshira oladi va “bu bir necha oy ichida amalga oshishi kerak”. Imkoniyatlar darchasi 2023-yilda ochiq, keyin esa G‘arb yordamining hozirgi darajasini saqlab qolish imkonsiz bo‘ladi. Qolaversa, vaziyat holati mavhum “urush charchoqlari” ga emas, balki Rossiya mudofaa sanoatining ishlab chiqarish va texnologik ustunligiga bog‘liq bo‘ladi. Rossiya maxsus operatsiya strategiyasi va taktikasini kuchaytirish ehtimoli asl maqsadlarga, ya’ni Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishga erishishni tezlashtiradi. Bu dunyo xavfsizligining yangi tizimini – teng va bo‘linmas, Amerika o‘ylab topgan “qoidalari”siz, “gegemoniya” va Gaaga sudlarida o‘zboshimchalik bilan elon qilinmagan tizimni shakllantirish uchun kerak.Ukraina mojarosi fonida The American Conservative “Bir qutbli gegemon AQShning azoblarini” tasdiqladi va esga oldi: “Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh tomonidan qo‘zg‘atilgan urushlar bevosita 10 milliondan ortiq odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi... AQSh o‘z va’dalarini, shartnomalarini buzishi va kelishuvlardan voz kechishi bilan taniqli. Bu ro‘yxat uzun: 1990-yilda AQSh bergan va’dalar – NATOni sobiq Varshava bloki mamlakatlariga sharqqa siljitmaslik, raketaga qarshi mudofaa, Xalqaro ishlar bo‘yicha Rossiya kengashi shartnomalarini, strategik hujum qurollari, qo‘shma kompleks harakatlar rejasi, Liviya va boshqalar bilan kelishuvlarni bekor qilish. AQSh gegemonlikka bo‘ysunmagan davlatlarga bostirib kirib, xalqaro huquqni bir necha bor buzgan... AQSh ellikka yaqin mamlakatlarning siyosatiga aralashgan. Bu vayronkor xatti-harakatlarni e’tiborsiz qoldiradigan kunlar o‘z nihoyasiga yetmoqda”.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/0a/32776284_330:0:3059:2047_1920x0_80_0_0_bcc9c21babc642245829b3661d27a405.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Aleksandr Xrolenko
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/649/87/6498751_261:0:928:666_100x100_80_0_0_f49586da20af8e3af637d21ad51d893d.jpg
kolumnistlar, ukraina, rossiya
kolumnistlar, ukraina, rossiya
Maxsus harbiy operatsiya: Ukrainaning qarshi hujum istiqbollari
21:09 21.03.2023 (yangilandi: 18:44 05.04.2023) Vashington Amerikaning “gegemonligini” saqlab qolishga va UQKning qarshi hujumini tezlashtirishga harakat qilmoqda.
Lekin buning uchun Kiyevda zarur zaxiralar, o‘q-dorilar, zirhli texnika va zarba beruvchi samolyotlar mavjud emas. Majburiy safarbar qilingan va NATO instruktorlari tomonidan shoshilinch ravishda “tarbiyalangan” Ukraina armiyasi nihoyatda qo‘rqib ketgan odamlar “ommasiga” aylanib bormoqda va amerikalik xo‘jayinlar ularni o‘z joniga qasd qilishga majbur qilmoqda. Kiyevning asosiy mug‘ombiri urushda allaqachon mag‘lub ekanligini, ehtimol, tushunib yetgan, ammo AQSh xudbin maqsadlariga erishish uchun o‘nlab va yuz minglab Ukraina fuqarolarini o‘ylamasdan qurbon qilishni talab qilmoqda.
UQK Bosh shtabi “Baxmut qal’asi”ni Rossiyaga qarshi "ukrainchilik"ning mafkuraviy ramzi sifatida himoya qilib, olti oy ichida Artyomovsk hududida o‘zining 60 mingdan ortiq harbiy xizmatchilarini ma’nisiz o‘limga mahkum etdi. Ayni paytda, Rossiya qurshovining maydoni qisqarmoqda, “qal’a”dagi Ukraina bo‘linmalari uchun ta’minot yo‘llari to‘sib qo‘yilgan, hatto UQKning “maxfiy yo‘llari” ham Rossiya artilleriyasi tomonidan o‘qqa tutilmoqda. “Vagner” XHK hujum otradlari Artyomovsk hududining 70 foizini nazorat qiladi. Hujum to‘lqini g‘arbga qarab siljimoqda – Slavansk, Kramatorsk, Seversk uchun jang boshlanadi.
Rus qo‘shinlari Avdeyevkaga bir vaqtning o‘zida ikki tomonlama hujum qilib, UQKning Donesk shimolidagi mustahkamlangan hududini “qaynab turgan qozon”ga aylantirmoqda. Ukraina Bosh shtabi “bor-budini ishga solish”ga majbur – zaxiralarni zudlik bilan Artyomovsk va Avdeyevkaga yuborishi kerak. Stepovoe (Petrovskoe) posolkasi ozod qilingandan so‘ng, rus qo‘shinlari Avdeyevkaga boruvchi temir yo‘l liniyasini to‘sib qo‘yishdi. Bu holat esa UQK uchun voqealar rivoji juda salbiy tus olishini bashorat qiladi.
Rossiya qo‘shinlari Svatovo-Kremennaya yo‘nalishidagi hududda ham samarali tashabbusga ega – Ukraina mudofaa chegaralariga hujum qilinmoqda va Xarkov bilan LXR chegarasi bo‘ylab, Kupansk yaqinidagi Svatovo shimoli-g‘arbida va Kremennaya g‘arbida olg‘a siljimoqda.
Ukraina tuzilmalarida og‘ir zirhli texnika va artilleriya qurollari yetishmayapti, ularsiz ittifoqchilar va’da qilgan 150 ta “Leopard” ham o‘t ocha olmaydi. Obyektiv nuqtayi nazardan, UQK qarshi hujumga qodir emas, ammo AQSh va NATO “hal qiluvchi daqiqa” boshlanganini e’lon qilib, Kiyevdan yangi qurbonlar talab qilmoqda. Bunday strategiyaning maqsadi – Amerika “qoidalari” bo‘yicha Rossiyani jiddiy yo‘qotishlar tahdidi asosida Ukraina bilan muzokaralar olib borishiga majbur qilishdir, chunki AQSh uzoq muddatga Yevropada “tiqilib” qolishni istamaydi. Strategiya, shubhasiz, muvaffaqiyatsiz, chunki Rossiya qo‘shinlari UXT da yetakchilik qilmoqda va Moskva yarim yo‘lda to‘xtamaydi.
Oxirgi imkoniyat yoki oxirgi yo‘l
UQKning katta yo‘qotishlarini (250 minggacha halok bo‘lganlar) yashirgan Kiyev ommaviy safarbarlikning yangi to‘lqinini ko‘tarmoqda. Vashington eski zirhli transport vositalari va piyoda jangovar mashinalarni yetkazib bermoqda. NATO mutaxassislari umumiy soni yuz ming nafargacha harbiy xizmatchidan iborat uchta UQKning armiya korpusini qarshi hujumga shoshilinch ravishda tayyorlamoqda. Ushbu tuzilmalarning jangovar tayyorgarligi va zarba kuchi aniq emas.
NATO mamlakatlaridagi “yosh jangchi kursi” dan so‘ng, Ukrainaning qo‘shimcha kuchlari Kremennaya yaqiniga yetib keldi. UQK qo‘mondonligi vaqtinchalik Kiyev rejimi ostida bo‘lgan DXRdagi Drujkovka, Kramatorsk va Slavansk shaharlari hududlarida qo‘shinlar guruhini oshirmoqda. Kechasi ushbu aholi punktlarida gusenitsali va g‘ildirakli texnikalar harakati qayd etilgan.
UQK bo‘linmalari Zaporojye va Xerson viloyatlarida Rossiya pozitsiyalarining kuchini muntazam ravishda va natijasi muvaffaqiyatsiz bo‘lgan sinovlardan o‘tkazishga harakat qilmoqda. Rossiya qo‘shinlari Dnepr bo‘ylab, Xerson shahri yaqinidagi Ukraina desantlarini tartib bilan qirib tashlamoqda. Shu orada esa, UQK Bosh shtabi rus guruhini ikkiga bo‘lib, Melitopol va undan keyin Qrimga yetib borish uchun harbiy to‘qnashuv janubiy qismiga (Zaporojye shahri tomonidan) zarba berishni orzu qilmoqda.
Vashington tajribali askarlar sonining qisqarishi, Ukraina armiyasining o‘q-dorilari va havo mudofaa tizimlarining taqchilligidan xavotirda. Pentagon qurollarning cheksiz oqimini UQKning jangovar barqarorligining asosi deb hisoblaydi, garchi bu avvalroq Vyetnam, Iroq va Afg‘onistondagi qo‘g‘irchoq rejimlarga yordam bermagan. Amerika harbiy-sanoat kompleksi (bu esa barcha NATO mamlakatlari harbiy-sanoat kompleksining 90 foizini tashkil qiladi) Kiyev talabiga binoan qurol va o‘q-dorilarni ishlab chiqarish quvvatini tezda oshira olmaydi. Mudofaa vazirligi va AQSh Kongressi tezda ko‘p yillik o‘q-dorilar xarid qilishni tashkil qilish va ishlab chiqarish quvvatini oshirishga kirishdi, ammo “ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirish va zaxiralarni to‘ldirish uchun yillar kerak bo‘ladi”.
“Ukraina tajribasi shuni ko‘rsatdiki, bizda uzoq davom etadigan jangovar harakatlar uchun etarlicha qurol-aslahalar yo‘q”,– xabar berdi Amerikaning Breaking Defense nashri. 19FortyFive portalining ta’kidlashicha, Rossiya Ukrainada AQSh harbiy qudrati haqidagi sharmandali haqiqatni oshkor qildi.
Yevropalik "donorlar" UQK uchun yil davomida bir million miqdorda 155-mm snarad sotib olishga va’da berishdi (ma’lumot uchun, bu kuniga atigi 3000 ta snaradga to‘g‘ri keladi, ya’ni “snarad ochligi” yana davom etadi). Financial Times rasmiylar va ishlab chiqaruvchilarga tayanib, YeIda porox va snaradlar ishlab chiqarish uchun boshqa portlovchi moddalarning surunkali taqchilligi haqida xabar berdi – o‘q-dorilar ishlab chiqarishni tezda oshirish imkoniyati mavjud emas. G‘arb xom xayollari tobora puchga chiqmoqda.
Chexiya prezidenti Petr Pavelning fikricha, Ukraina asosiy qarshi hujumni faqat bir marta amalga oshira oladi va “bu bir necha oy ichida amalga oshishi kerak”. Imkoniyatlar darchasi 2023-yilda ochiq, keyin esa G‘arb yordamining hozirgi darajasini saqlab qolish imkonsiz bo‘ladi. Qolaversa, vaziyat holati mavhum “urush charchoqlari” ga emas, balki Rossiya mudofaa sanoatining ishlab chiqarish va texnologik ustunligiga bog‘liq bo‘ladi. Rossiya maxsus operatsiya strategiyasi va taktikasini kuchaytirish ehtimoli asl maqsadlarga, ya’ni Ukrainani demilitarizatsiya va denatsifikatsiya qilishga erishishni tezlashtiradi. Bu dunyo xavfsizligining yangi tizimini – teng va bo‘linmas, Amerika o‘ylab topgan “qoidalari”siz, “gegemoniya” va Gaaga sudlarida o‘zboshimchalik bilan elon qilinmagan tizimni shakllantirish uchun kerak.
Ukraina mojarosi fonida The American Conservative “Bir qutbli gegemon AQShning azoblarini” tasdiqladi va esga oldi: “Ikkinchi jahon urushidan keyin AQSh tomonidan qo‘zg‘atilgan urushlar bevosita 10 milliondan ortiq odamlarning o‘limiga sabab bo‘ldi... AQSh o‘z va’dalarini, shartnomalarini buzishi va kelishuvlardan voz kechishi bilan taniqli. Bu ro‘yxat uzun: 1990-yilda AQSh bergan va’dalar – NATOni sobiq Varshava bloki mamlakatlariga sharqqa siljitmaslik, raketaga qarshi mudofaa, Xalqaro ishlar bo‘yicha Rossiya kengashi shartnomalarini, strategik hujum qurollari, qo‘shma kompleks harakatlar rejasi, Liviya va boshqalar bilan kelishuvlarni bekor qilish. AQSh gegemonlikka bo‘ysunmagan davlatlarga bostirib kirib, xalqaro huquqni bir necha bor buzgan... AQSh ellikka yaqin mamlakatlarning siyosatiga aralashgan. Bu vayronkor xatti-harakatlarni e’tiborsiz qoldiradigan kunlar o‘z nihoyasiga yetmoqda”.